Qadimgi Troya, Frigiya, Lidiya, Urartu podsholiklari.
Reja:
Troya podsholigi.
Yunon-Troya urushi.
Frigiya podsholigi.
Lidiya podsholigi
Urartu podsholigi
1. Troya podsholigi. Kichik Osiyoning shimoli-g`arbiy burchagida Gissarlik tepaligi qad ko`tarib turadi. Arxeolog olimlar bu tepalikni qazib ochganlarida, u qadimgi Troya shahrining o`rni ekanligini aniqlaganlar. Bundan 4 ming yil muqaddam bu shahar Troada viloyatining markazi bo`lgan. Miloddan avvalgi XXII asrda shahar dushmanlar tomonidan talanib, vayron qilinib, yondirilgarv. Keyinchalik Troya o`zini tiklab olgan. Miloddan avvalgi XVIII–XIII asrlarda Troya podsholigi gullab-yashnagan. Troyada xettlar, luvinlar, firigiylar, yunonlar va boshqa qabilalar yashaganlar.
Bu davrda Troya shahri ham rivoj topgan. Uning atrofi tosh va pishiq g`ishtlar bilan o`ralgan, mustahkam devor bilan o`rab olingan edi. Shahanichida podsho saroyi, ma`muriy binolar, ibodatxona, badavlat kishilar, amir-amaldorlar va sarkardalarning muhtasham uylari qad ko`tarib turardi. Bu davlat shu shahar nomi bilan Troya podsholigi deyilgan. Davlat tepasida shoh turib, u oqsoqollar kengashi va xalq yig`ini bilan maslahatlashib ish yuritgan. Podsholik otadan bolaga meros bo`lib o`tgan. Troyaliklar og`ir aslaha bilan qurollangan nayzadorlar, o`q-yoy bilan qurollangan piyoda, otliq va ot qo`shilgan jang aravalardan iborat kuchli qo`shin tuzganlar. Miloddan avvalgi XVIII–XIII asrlar orasida podsholikda dehqonchilik, hunarmandchilik, chorvachilik va savdo-sotiq rivojlangan. Troyaliklar yilqichilikka alohida e`tibor berganlar. Ular otlardan xo`jalik va harbiy maqsadlarda foydalanganlar. Yunon tarixchisi Gerodot troyaliklarni «ot o`rgatuvchilar» deb ataydi, ularning jang aravalarini ham esga oladi.
Miloddan avvalgi 1300-yilda Troyada qattiq zilzila bo`lib, shahar katta talafot ko`radi.
Do'stlaringiz bilan baham: |