Qadimgi Troya, Frigiya, Lidiya, Urartu podsholiklari. Reja
Download 70.5 Kb.
|
1479927461 66199
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mustaqil o`qish. Troya oti va yunonlar hiylasi.
2. Yunon-Troya urushi. Miloddan avvalgi 1260-yilda esa Miken shohi Agamennon boshliq yuryen shahar-davlatlarining floti Troya ustiga bostirib keladi. Troya shohi Priam frigiyalik, likiyalik va frakiyaliklarni yordamga chaqiradi. Yunonlar bilan troyaliklar o`rtasidagi urush 10 yil davom etadi. Yunpnlar shaharni jang bilan ololmay, hiyla bilan uni egallaydilar, shahar qo`lga olingach, u talon-taroj qilinib, yondirib yuboriladi. Yunonlar behisob asir va katta o`ljalar bilan vatanlariga qaytadilar. Shahar 400 yilcha xarob bo`lib yotadi. Miloddan avvalgi 700-yilda yunonlar Troya o`rnida yangi Ilion degan shahar barpo qiladilar. Shu tariqa Troya o`zini o`nglay olmay, dastlab Frigiya so`ng Lidiya podsholigiga qaram bo`lib qoladi. Keyinchalik Troya yerlari Eron, Makedoniya, Pergom, Rim va Vizantiya davlatlari tarkibiga kiradi.
Mustaqil o`qish. Troya oti va yunonlar hiylasi. Yunonlar Troyani ishg`ol qilish uchun uzluksiz janglar olib boradilar. Ular har qancha urinishmasin shaharga kira olmaydilar. Chunki troyaliklar o`z shaharlarini mardonavor himoya qiladilar. Shaharni jang bilan ololmagan yunonlar hiyla ishlatishga jazm qiladilar. Ular Yunonistonning Itaka oroli shohi Odisseyning maslahati bilan yog`ochdan katta ot yasaydilar. Yog`och ot ichiga jasur jangchilarni joylab, uni Troya shahri devori tagiga olib borib qo`yadilar. Yunon askarlari shahar devori atrofidan chekinib Egey dengizidagi orollarning biriga borib joylashadilar. Troyaliklar yunonlar hiylasidan bexabar ulkan yog`och otni shaharga olib kiradilar va tomosha qiladilar. Tomoshadan keyin hamma uyquga ketadi. Hamma uyquga ketganiga ishonch hosil qilgan yunon jangchilari ot ichidan chiqib, uyquda yotgan troya jangchilarini o`ldirib, shahar darvozasini ochadilar. Oroldan qaytib kelib darvoza ortida kutib turgan yunon jangchilari seldek shaharga bostirib kiradilar. Shaharda mudofaachilar bilan yunonlar o`rtasida ayovsiz jang boshlanadi. Yunonlar gaflatda qolgan troyaliklarni – erkaklar-u ayollarni, qariyalar-u bolalarni beayov qiradilar. Shaharni talon-taroj qilib, unga o`t qo`yadilar. Yunonlar behisob boyliklarni qo`lga kiritib aholini asir qilib haydab ketadilar. Download 70.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling