Qadimgi Troya, Frigiya, Lidiya, Urartu podsholiklari. Reja


Download 70.5 Kb.
bet7/13
Sana14.05.2023
Hajmi70.5 Kb.
#1459417
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Bog'liq
1479927461 66199

5. Lidiyaliklar madaniyati. Lidiyaliklar o`zlariga xos madaniyat yaratgan xalqlardan biridir. Ular Kichik Osiyo yunonlarining alifbosi asosida o`z yozuvlarini yaratganlar. Ularda turli harbiy jismoniy mashqlar, o`yinlar va raqslar keng tarqalgan edi. Lidiyaliklarda musiqa madaniyati ham yuksak darajada rivoj topgan. Ilmiy, amaliy bilimlar, xususan tabobat sohasida lidiyalik tabiblar mashhur bo`lganlar. Ular giyoh va mevalardan shifobaxsh dorilar tayyorlash ilmini yaxshi bilganlar.
Lidiyaliklar mustahkam qaPalar, muhtasham saroylar, podsholari Giges, Agiattga bag`ishlab chiroyli maqbaralar qurganlar. Lidiya me`morlari murakkab sun`iy suy omborlari bunyod etganlar. Haykaltaroshlik, rassomchilik va tasviriy san`atning boshqa sohalarida ham ular shuhrat qozonganlar. Zargarlar oltin, kumush va tog` xrustallaridan taqinchoqlar, zeb-ziynat buyumlari, rasmli vazalar yasashga mohir bo`lishgan.
Qadimgi lidiyaliklar Sandon, Attis va Sabiziy kabi o`luvchi va tiriluvchi xudolarga e`tiqod qilganlar. Ular Ulug` ona, ona xudo, Kibeli, Ma kabi xudolarni juda ulug`laganlar. Ular hosildorlik va urush xudolari ramzida ifodalanganlar. Lidiya madaniyati yunon va sharq xalqlari madaniyatiga kuchli ta`sir ko`rsatgan. Lidiyaliklar yunon va sharq xalqlari madaniyatidan ko`p narsalarni o`rganganlar.
Urartu podsholigi
1. Urartuning tabiati va aholisi. Urartu janubi-g`arbiy Osiyodagi qadimgi quldorlik davlatlaridan biri bo`lgan. Bu davlat kuchaygan vaqtida Kavkazorti viloyatlari Dajla va Frot daryosining boshlanishidagi yerlarni egallagan edi. Uning katta qismini Kavkaz va Arman tog`lari egallab yotadi. Urartudan Kura, Araks, Frot va Dajla irmoqlari oqib o`tadi. Tog`lar orasida Van, Urmiya va Sevan ko`llari joylashgan. Ayni paytda tog`lar orasidan juda ko`p soy va jilg`alar oqib chiqadi. o`lka iqlimi har xil bo`lib, yozi u qadar issiq emas. Qish va bahorda qor va yomg`ir ko`proq yog`adi. Tog`larda turli xil giyohlar, butalar va daraxtlar o`sib, unda xilma-xil hayvon va parrandalar yashaydi. Yer osti temir, qo`rg`oshin, misga boy. Tog`lar va daryo vodiylari go`zal bo`lib, yam-yashil o`tloqlar bilan qoplangan. Arxeolog olimlarning ma`lumotiga ko`ra Kavkazorti va Urartu hududida bir necha ming yillardan beri aholi yashab keladi. Dastlab ular ovchilik va termachilik bilan shug`ullanganlar. Miloddan avvalgi V–IV mingyilliklarda Kura va Araks daryolari vodiysida dehqonchilik va chorvachilik bilan shug`ullanuvchi qabilalar yashaganlar. Bular hozirgi arman va gruzinlarning ota-bobolari – urartlar edilar. Urartuda xett, hurrit va ossur qabilalariga mansub aholi ham yashagan.

Download 70.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling