Qadimgi Troya, Frigiya, Lidiya, Urartu podsholiklari. Reja


Urartlarning diniy e`tiqodi


Download 70.5 Kb.
bet13/13
Sana14.05.2023
Hajmi70.5 Kb.
#1459417
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
1479927461 66199

5. Urartlarning diniy e`tiqodi. Urartlarda diniy e`tiqod xilma-xil va ko`p qirrali bo`lgan. Urartlarning ota-bobolari dastlab tabiat hodisalari va buyumlariga, xususan quyosh, momaqaldiroq, tog`, tosh va daraxtlarga topinganlar. «Mxer Kapusi» degan manbada Xald darvozasining xudolari sanab o`tilgan.
Urartuda muqaddas daraxtga topinish ham keng tarqalgan edi. Turli buyumlarda muqaddas daraxtga topinish manzaralari saqlanib qolgan. Unda muqaddas daraxt surati yonida muqaddas tosh ustunlar, qanotli sheriar tasviri ifodalangan. Tog` xudosi Xaldga sig`inish bilan birga, urartlar tabiat va hosildorlik ma`budasiga ham G`tiqod qilganlar. Bu ma`buda yirtqich hayvonlar va o`simliklar homiysi ham hisoblangan. Urartlarda Teysheba momaqaldiroq va bo`ron, Ard quyosh, Xald tog` xudosi bo`lib, ularning nomi qadimgi Urartu yozuvlarida tez-tez tilga olinadi. Lekin ular orasida Xaldning nomi birinchi o`rinda turgan. Chunki u oliy xudo hisoblangan. Keyinchalik Xald urush xudosiga, podsho va davlatning homiysiga aylantirilgan. Nayza bilan qalqon jangovar xudoning va uning yerdagi noibining ilohiy hokimiyat ramzi hisoblangan. Urartu podsholari esa dinning oliy ruhoniysi sifatida ta`riflangan.
Shunday qilib urartlar qo`shni xalqlar madaniyatidan bahramand bo`lib o`zlariga xos madaniyat yaratganlar. Urartu xalqlari madaniyati Kavkaz va Old Osiyo xalqlari madaniyatining rivojiga ijobiy ta`sir etgan.
Foydalanilgan adabiyotlar.


1. Arxeologlar hikoya qiladi. To’plam. Toshkent, 1974.
2. Arsixovskiy A. Arxeologiya asoslari. Toshkent, 1970.
3. Askarov A, Alьbaum L.Poseleniye Kuchuktepa. Tashkent, 1970.
4. Borisovskiy A.I. Drevneysheye proshloye chelovechestva. Moskva. Nauka, 1980.
5. Kabirov J, Sagdullayev A.O’rta Osiyo arxeologiyasi. Toshkent, 1990.
6. Muhammadjonov A. Qadimgi Buxoro. Toshkent, 1991.
7. Okladnikov A.P. Paleolit i mezolit Sredney Azii. Vkn. Srednyaya Aziya v epoxu kamnya i bronzi. M. - L., 1966.
8. Tolstov S.P. Qadimgi Xorazm madaniyatini izlab. Toshkent, 1964.
9. Taylor E.B. Pervobыtnaya kul’tura. Per. s angl. D. A. Koropchevskogo.M., 1989.
10. Cheboksarov N.N., Cheboksarova I.A. Narodы, rasы, kulьturiы. M.: Nauka, 1985.
11.O’zbekiston tarixi. Sagdullayev A., Eshov B. tahriri ostida. Toshkent.Universitet, 1997, 2-nashri, 1999.
Download 70.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling