Qadimgi Troya, Frigiya, Lidiya, Urartu podsholiklari. Reja


Download 70.5 Kb.
bet3/13
Sana14.05.2023
Hajmi70.5 Kb.
#1459417
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
1479927461 66199

3. Frigiya podsholigi. Frigiya Kichik Osiyo g`arbidagi quldorlik davlatlaridan biridir. U Kichik Osiyo g`arbiy qismining o`rtasida joylashgan tog`li mamlakat. Frigiyadan ko`p irmoqli Sangariy daryosi oqib o`tadi. Uning iqlimi mo`tadil bo`lib, yog`ingarchilik bahor va qish oylarida ko`proq bo`ladi. Frigiyada xettlarga mansub qabilalar ham yashaganlar.
Miloddan avvalgi II mingyillik o`rtalarida Makedoniya va Frigiyadan juda ko`p qabilalar ko`chib kelib, ular o`zlarini frigeylar deb atashgan. Miloddan avvalgi II mingyillikning ikkinchi yarmida frigeylar Frigiya podsholigiga asos soladilar. Ular Troya urushi davrida troyaliklar bilan yelkama-yelka turib yunonlarga qarshi kurashganlar. Troyaliklar yunonlardan yengilgach, Frigiya Troyani o`z ta`siriga olgan. Miloddan avvalgi XII asr oxirida Frigiya qo`shinlarining sharqqa uyushtirgan hujumlari ossurlar tomonidan to`xtatilgan.
Miloddan avvalgi X–VIII asrlarda Frigiya podsholigi kuchayadi. Sangariy daryosining o`ng sohilida joylashgan Gordion shahri podsholik poytaxti edi. Frigiyaliklar oddiy dehqondan chiqqan podsholari Gordiya bilan g`ururlanganlar. Gordiyaning o`g`li shoh Midas davrida Frigiya podsholigi o`z kuch-qudratini saqlab tuigan. U ilm, fan va madaniyat homiysi bo`lgan shohlardan edi. Midas podsholik chegaralarini kengaytirish uchun Sharq tomon yurish qilgan. Midas qo`shinlari Ossuriya shohi Saigon II qo`shinlari bilan tog`lik joyda bo`lib o`tgan jangda yengilgan. Ossurlar 3000 qal`a, 10 shahar, 2400 asir va behisob boyliklarni qo`lga kiritganlar. Midas Ossuriya hukmronligini tan olib, Ossur shohiga o`lpon to`lashga majbur bo`lgan.
Miloddan avvalgi XIII asr oxirlarida atrofdan bo`lgan qo`shni qabilalarning to`xtovsiz hujumlari natijasida Frigiya qo`shinlari mag`lubiyatga uchragach, shoh Midas o`z joniga qasd qilgan. Miloddan avvalgi VII asr boshlarida Frigiya podsholigi kuchsizlanib, dastlab Lidiya ta`siriga, keyinchalik eroniylar, yunon-makedonlar, rimliklar va vizantiyaliklar ta`siriga tushib qolgan.

Download 70.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling