O‘zbyekiston ryespublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti «Neft va gaz»
V.2. Konlar bo‘yicha neft va gaz qazib olishni
Download 1.16 Mb.
|
G‘arbiy Toshli
- Bu sahifa navigatsiya:
- V.3. G‘arbiy Toshli konini ishlatishning iqtisodiy tahlili.
V.2. Konlar bo‘yicha neft va gaz qazib olishni
rejalashtirishning xususiyatlari. Bizning mamlakatimizda gaz qazib chiqarish, uni bir joydan ikkinchi joyga yetqazib berish, qayta ishlash va saqlash hamda istemolchiga yetqazib berish bir buti nish jarayoni sanaladi. Undan tashqari gaz maxsulotlarini ishlatish yil fasillariga qarab,kata sanoat tarmoqlarining istemoldarajasini o‘zgarishini hisobga olinishi va gaz istemolchilarini gaz bilan uzluksiz ta’minlashni tashkil etish asosiy vazifadir. Mamlakatning rivojlanishida yoqilg‘i energetika maxsulotlarining ahamiyatini idrok yetgan holda gazning bu boradagi har bir tizimida rejalashtirilib boriladi. Bularni amalga oshirish mavjud gaz quvurlarini yuqori quvatga ega qilib tanlanadi, hamda ularni yangilarini qurish rejalashtiriladi. Bu ishlar bilan Respublikamizdagi bir qator loyihalashtirish institutlari ishlab kelmoqda. Albatta, bunday hollarda masalaning iqtisodiy tomonlarini chuqur tahlil qilish maqsadga muofiqdir. Gaz konlarini ishlatish jarayonida uning ko‘rsatkichlariga lozim bo‘lgan o‘zgartirishlar kiritilib turiladi. Bunga asosiy sabab, gaz zahiralarining holati, yangi konlarning ochilish, gaz uchun yangi istemolchilarning paydo bo‘lishi bilan bog‘liq. Bu jarayonning barchasi texnik-iqtisodiy tomondan baholanib boriladi. V.3. G‘arbiy Toshli konini ishlatishning iqtisodiy tahlili. Konni ishlatishni iqtisodiy tahlil qilish uchun so‘ngi yillardagi qazib chiqarish ko‘rsatkichlari, maxsulotning tannarxi, ishlab chiqarish xarajatlari, maxsulotning sotilish bahosi, qazib chiqarishning o‘zgarishi va shu kabi boshqa ko‘rsatkichlardan foydalaniladi. Tahlil uchun avvalo ushbu yillarda qazib chiqarilgan maxsulot miqdorini aniqlaymiz. Qyil=q·n·k Bu yerda: Qyil- bir yilda qazib chiqarilgan maxsulot miqdori, mln. m3 da; q- quduqning o‘rtacha kunli debiti, ming. m3; n-ishlayotgan quduqlar soni, dona; k- quduqlarni ishlatish koeffitsiyenti. Yuqoridagi formula asosida hisoblashlar bo‘yicha 2015, 2016, 2017 yillarda kondan qazib chiqarilgan neftning miqdori quyidagicha Q2015y= 9,706 ming tonna Q2016y= 14,804ming tonna Q2017y= 16,171ming tonna Keltirilgan ko‘rsatkichlardan foydalanib kondagi quduqlardan qazib chiqarilgan neftning yillar mobaynida o‘zgarishini aniqlaymiz. ΔQ2017y= Q2016y - Q2015y= Q2 – Q1 ΔQ1= 14,804-9,706 = 5,098 ming tonna ΔQ1=16,171-14,804=1,367 ming tonna Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, kondan qazib olinayotgan maqsulot miqdori 2010 yilda 2009 yildagiga nisbatan ortgan. Konda mehnat unimdorligi quyidagi fo‘rmula orqali hisoblanadi: Pu= Bu yerda: – qazib chiqarish hajmi, ming.tonna ; – kondagi ishchilar soni. Mehnat unimdorligini hisoblashda qazib chiqarilgan neftning miqdori shu hudud uchun belgilangan neftning sotilish narxiga ko‘paytiriladi. Pu= ; Bu yerda:S– neftning sotilish narxi, so‘m/tonna 2015 yil uchun Pu= = 41,857 mln.so‘m 2016 yil uchun Pu= = 63,842 mln.so‘m 2017 yil uchun Pu= =69,737 mln.so‘m Umumiy rentabellik har bir solishtiriladigan yillar uchun quyidagi formula bilan aniqlanadi: R= ; Bu yerda: – olinadigan foyda, ming so‘m; –asosiy fondlar, ming so‘m; – aylanma fondlar, ming so‘m. Kondagi qazib chiqarish, texnik, tashkiliy va texnologik tadbirlarning iqtisodiy samaradorligi quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi: E=(С1–С2)·Q Bu yerda:E–iqtisodiy samaradorlik, so‘mda; С1– neftning solishtirma narxi, so‘m/tonna; С2– neftning tannarxi,so‘m/tonna; Q–neft qazib chiqarish miqdori ming tonna. Yuqoridagi ko‘rsatkichlarga muofiq konda tahlil qilinayotgan yillarda neft qazib chiqarishning iqtisodiy samaradorligini aniqlaymiz. 2017 yilda iqtisodiy ko‘rsatkichlar quyidagini tashkil etadi: Neftning: tannarxi– 115000 so‘m/tonna; sotilish narxi– 138000 so‘m/tonna; Neft qazib chiqarish bo‘yicha iqtisodiy samara quyidagicha aniqlanadi: 2015 yil uchun E=(138000–115000)· 9,706 = 223,238 mln.so‘m 2016 yil uchun E=(138000–115000)· 14,804=340,492 mln.so‘m 2017 yil uchun E=(138000–115000)· 16,171=371,933 mln.so‘m Download 1.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling