O’zbyekiston ryespublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi
Download 80.34 Kb.
|
analitik kimyo
Kationlar aralashmasini sistemali ravishda analiz qilishda IV- V gruppa kationlarining sulfidlaridan iborat cho’kmadan gruppa reagenti ta‘sirida V gruppa kationlarining sulfidlaricho’kmada qoladi. Gruppa reagenti sifatida ammoniy polisulfid (NH4)2Sn ishlatiladi.Beshinchi gruppa kationlari mishyak, surma va kalay gidroksidlari amfoter xosssalarni namoyon etadi, ya‘ni ular ham Kislota, ham asos kabi dissotsilanadi: As3+ + 3OH- ↔ As(OH)3 ↔ 3H+ + AsO3-3 Eritma muhitining o’zgarishi muvozanatni siljishiga sabab bo’ladi. Ishqoriy muhitda anionlar (AsO3-3, AsO3-4 , SbO3-3 , SbO2-4, ва SnO2-3) Kislotali muhitda kationlar (As3+, As5+, Sb3+, Sb5+, Sn4+, ва Sn2+) hosil bo’ladi. Ishqoriy muhitda hosil bo’lgan tuzlar suvda yaxshi eriydi, neytral yoki ishqoriy muhitda V gruppa kationlarini cho’ktirish mumkin emas. Cho’ktirishni vodorod sulfid H2S bilan fakat Kislotali muhitda amalga oshirish mumkin. Beshinchi gruppa kationlarining kuchli Kislota klodiklari bilan hosil qilgan tuzlarining suvdagi eritmalari Kislotali muhitga ega. Uch valentli mishyak va surma, ikki valentli kalay birikmalari ishqoriy muhitda qaytaruvchi, besh valentli mishyak va surma birikmalari esa, Kislotali muhitda oksidlovchi xossalarini namoyon etadi. Beshinchi gruppa kationlaridan mishyak birikmalari muxim biologik ahamiyatga ega.
Mishyak juda kam miqdorda bo’lsa ham hayvon va o’simliklar organizmida bo’ladi. O’simliklar tarkibida mishyak kam bo’lsa ham, ammo ularning usishiga va rivojlanishiga sezilarli ta‘sir ko’rsatadi.tuprokda kaliy arsenit К2АsО3 tuzining bo’lishi arpa, qaram va shu kabi boshka o’simliklarning hosildorligi ortishiga olib keladi. Mishyak birikmalari zaxarli bo’lgani uchun kishlok xujaligi zararkunandalariga qarshi ko’rashda ishlatiladi. Download 80.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling