Tayyorladi: 1-son davolash fakulteti 110-a guruh talabasi Qodirov Rahmatullo Ko`riladigan masalalar: Aromatik geterofunksional birikmalar haqida - Geterofunksional aromatik birikmalar asosini benzol xalqasi tashkil etadi. Ular qatoriga para-aminofenol, para-aminobenzoy kislota, sulfanil kislota, salitsil kislota va uning hosilalari kiradi.
Para-aminofenol va uning hosilalari - P-aminofenol toksik modda, lekin uning hosilalari dorivor moddalar sifatida tibbiyotda keng qo`llaniladi.p-aminofenolning etil spirt bilan hosil qilgan murakkab efiri fenetidin deyiladi.Fenetidinni atsetillab og`riq qoldiruvchi, isitma tushiruvchi modda fenatsetin olinadi.Fenatsetin analgetik(og`riqni qoldiruvchi), issiqni tushiruvchi preparat sifatida ishlatiladi.p-aminofenolning N-asetil hosilasi «paratsetamol» nomi bilan tibbiyotda og`riq qoldiruvchi va isitma tushiruvchi modda sifatida keng qo`llaniladi.
Para-aminobenzoy kislota va uning hosilalari - p-aminobenzoy kislota mikroorganizmlar o`sishida ishtirok etadigan folat kislota tarkibiga kiradi. Folat kislota organizmning o`sishini boshqaradi, nuklein kislotalar va oqsillar metabolizmida muhim rol o`ynaydi. Tibbiyotda folat kislota kamqonlikni, jigar xastaliklarini davolashda qo`llaniladi. p-aminobenzoy kislotaning efirlari mahallliy og`riq qoldirish xususiyatiga (anesteziya) ega. Tibbiyotda uning etil efiri va N-dietil-aminoetil efirlari anestezin va novakain nomi bilan ishlatiladi. Novokain suvda yomon eriydi, shuning uchun tibbiyotda uning yaxshi eriydigan tuzlari (novokain gidroxlorid) ishlatiladi.
Salitsil kislota va uning hosilalari - Salitsil kislota antirevmatik, issiqni qoldiruvchi va zamburug`ga qarshi ta’sirga ega. Lekin salitsil kislotaning kuchli kislotali xossasi oshqozon-ichak tizimiga ta`sir qiladi, shu sababli uning hosilalari ishlatiladi.Salitsil kislota efirlari organizmning haroratini pasaytirish, og`riqni qoldirish va shamollashga qarshi ishlatiladi.Metilsalitsilat shilliq pardalarga ta’sir etganligi uchun sof holda va surtma mazlar tarkibida revmatizmni davolashda ishlatiladi.
Salitsil kislota va uning hosilalari - Fenilsalitsilat (salol) ichak kasalliklarini davolashda dezinfeksiyalovchi vosita sifatida ishlatiladi.Natriy salitsilat tibbiyotda isitma tushiruvchi va yallig`lanishga qarshi dorivor modda sifatida qo`llaniladi. U shilliq pardalarga kuchli ta’sir etmaydi, shuning uchun eritma holida ichish tavsiya etiladi. Asetilsalitsil kislota tibbiyotda revmatizmni davolashda, isitma tushiruvchi va og`riq qoldiruvchi vosita sifatida ishlatiladi. U oz miqdorda qonni suyultiruvchi xossaga ham ega.
Sulfanil kislota va uning hosilalari - Sulfanil kislota deb, tarkibida sulfoamid amino- guruhlarini saqlagan birikmaga aytiladi.Sulfanil kislota anilinni sulfolab olinadi.Sulfanil kislota va uning hosilalari sulfanilamidlar antibakterial faollikka ega. Sulfanil kislotaning amidi (sulfanilamid) streptotsid deb ataladi va antibakterial xususiyatiga ega bo`lgan sulfanilamid preparatlarining birinchi vakili hisoblanadi
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!!!
Do'stlaringiz bilan baham: |