Benzolning geterofunksional hosilalari Tayyorladi: 1-son davolash fakulteti 110-a guruh talabasi Qodirov Rahmatullo
Download 4.18 Kb.
|
Benzolning geterofunksional hosilalari-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Aromatik geterofunksional birikmalar haqida
- Para-aminobenzoy kislota va uning hosilalari
- Salitsil kislota va uning hosilalari
- Sulfanil kislota va uning hosilalari
- E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!!!
Benzolning geterofunksional hosilalari Benzolning geterofunksional hosilalariTayyorladi: 1-son davolash fakulteti 110-a guruh talabasi Qodirov RahmatulloKo`riladigan masalalar:1. Aromatik geterofunksional birikmalar haqida 2. Para-aminofenol va uning hosilalari 3. Para-aminobenzoy kislota va uning hosilalari 4. Salitsil kislota va uning hosilalari 5. Sulfanil kislota va uning hosilalari Aromatik geterofunksional birikmalar haqidaGeterofunksional aromatik birikmalar asosini benzol xalqasi tashkil etadi. Ular qatoriga para-aminofenol, para-aminobenzoy kislota, sulfanil kislota, salitsil kislota va uning hosilalari kiradi. Para-aminofenol va uning hosilalariP-aminofenol toksik modda, lekin uning hosilalari dorivor moddalar sifatida tibbiyotda keng qo`llaniladi.p-aminofenolning etil spirt bilan hosil qilgan murakkab efiri fenetidin deyiladi.Fenetidinni atsetillab og`riq qoldiruvchi, isitma tushiruvchi modda fenatsetin olinadi.Fenatsetin analgetik(og`riqni qoldiruvchi), issiqni tushiruvchi preparat sifatida ishlatiladi.p-aminofenolning N-asetil hosilasi «paratsetamol» nomi bilan tibbiyotda og`riq qoldiruvchi va isitma tushiruvchi modda sifatida keng qo`llaniladi. Para-aminobenzoy kislota va uning hosilalarip-aminobenzoy kislota mikroorganizmlar o`sishida ishtirok etadigan folat kislota tarkibiga kiradi. Folat kislota organizmning o`sishini boshqaradi, nuklein kislotalar va oqsillar metabolizmida muhim rol o`ynaydi. Tibbiyotda folat kislota kamqonlikni, jigar xastaliklarini davolashda qo`llaniladi. p-aminobenzoy kislotaning efirlari mahallliy og`riq qoldirish xususiyatiga (anesteziya) ega. Tibbiyotda uning etil efiri va N-dietil-aminoetil efirlari anestezin va novakain nomi bilan ishlatiladi. Novokain suvda yomon eriydi, shuning uchun tibbiyotda uning yaxshi eriydigan tuzlari (novokain gidroxlorid) ishlatiladi. Salitsil kislota va uning hosilalariSalitsil kislota antirevmatik, issiqni qoldiruvchi va zamburug`ga qarshi ta’sirga ega. Lekin salitsil kislotaning kuchli kislotali xossasi oshqozon-ichak tizimiga ta`sir qiladi, shu sababli uning hosilalari ishlatiladi.Salitsil kislota efirlari organizmning haroratini pasaytirish, og`riqni qoldirish va shamollashga qarshi ishlatiladi.Metilsalitsilat shilliq pardalarga ta’sir etganligi uchun sof holda va surtma mazlar tarkibida revmatizmni davolashda ishlatiladi. Salitsil kislota va uning hosilalariFenilsalitsilat (salol) ichak kasalliklarini davolashda dezinfeksiyalovchi vosita sifatida ishlatiladi.Natriy salitsilat tibbiyotda isitma tushiruvchi va yallig`lanishga qarshi dorivor modda sifatida qo`llaniladi. U shilliq pardalarga kuchli ta’sir etmaydi, shuning uchun eritma holida ichish tavsiya etiladi. Asetilsalitsil kislota tibbiyotda revmatizmni davolashda, isitma tushiruvchi va og`riq qoldiruvchi vosita sifatida ishlatiladi. U oz miqdorda qonni suyultiruvchi xossaga ham ega. Sulfanil kislota va uning hosilalariSulfanil kislota deb, tarkibida sulfoamid amino- guruhlarini saqlagan birikmaga aytiladi.Sulfanil kislota anilinni sulfolab olinadi.Sulfanil kislota va uning hosilalari sulfanilamidlar antibakterial faollikka ega. Sulfanil kislotaning amidi (sulfanilamid) streptotsid deb ataladi va antibakterial xususiyatiga ega bo`lgan sulfanilamid preparatlarining birinchi vakili hisoblanadi E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!!!http://fayllar.org Download 4.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling