Kationlarning birinchi analitik guruhiga xarakteristika.
Birinchi analitik guruhiga К+, Na+, NH4+, va Mg2+ kationlari kiradi. Bu kationlarning hammasi rangsiz, shuning uchun ham anion rangli bo’lgan takdirdagina (masalan CrO2-4, MnO-4 va boshkalar) ularning tuzlari ham rangli bo’ladi. Kaliy, natriy, va ammoniyning deyarli hamma tuzlari, shuningdek, ularning gidroksidlari suvda yaxshi eriydi.
Kaliy, natriy metallari D.I.Mendeleev davriy sistemasining 1 guruh elementlariga kiradi. Ularning gidroksidlari kuchli ishqorlardir. Natriy, ammoniy va kaliyning nitrat, xlorid, qarbonat, fosfat va sulfidlari yaxshi eruvchan tuzlardir. Ammoniy ioni o’zining xossalariga ko’ra ishqoriy metallar ionlar guruhiga yakin turadi, lyokin u hosil qiladigan ammoniy gidroksid kuchsiz asosdir.
Ammoniy tuzlari o’zining suvdagi eritmalarida gidrolizlanadi, natriy va kaliy tuzlaridan esa kuchsiz Kislotalarning (sirka Kislota, qarbonat Kislota va boshkalarning) tuzlarigina gidrolizlanadi. Ammoniyning hamma tuzlari, kaliy, natriy tuzlaridan farkli ularok, kizdirilganda parchalanib uchib ketadi.
( NH4)2SO4 + KOH → K2SO4 + 2H2O + 2NH3↑ + HCI yoki
NH4+ + OH- → H2O + NH3↑
Ajralib chikayotgan ammiakni o’tkir xididan qizil lakmus kogozining kuqarishidan bilib olish mumkin. Ammoniy tuzlarining shu xossasidan eritmalardan uning ionlarini yukotishda foydalaniladi.
Magniy metali davriy sistemaning ikkinchi guruhiga joylashgan, u К+, Na+? NH+ kationlaridan o’z xossalariga ko’ra fark qiladi.
4
Mg(OH)2 suvda eriydi, kuchsiz asoslar katorida turadi. MgCO3, Mg2(OH)2CO3, Mg3(PO4)2, MgHPO4 ва (MgOH)3PO4 ikkinchi analitik guruh kationlarining tuzlariga uxshab suvda kam eriydi. Lyokin Kislota va ammoniy tuzlari eritmalarida erishi tufayli magniy birinchi kationlar guruhiga kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |