O’zbyekiston ryespublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi
Download 80.34 Kb.
|
analitik kimyo
Qolloid eritmalar.Uchinchi gruppa kationlarining sulfidlari va gidroksidlari qolloid eritmalar hosil qilishga moyil, bunday eritma hosil bo’lishi tufayli cho’kma hosil bo’lmaydi yoki eritmani tsentrifugalash yuli bilan undan cho’kmani ajratish mumkin bo’lmay qoladi. Xususan , mishyak va nikel sulfidlari va temir gidroksidlarning qolloid eritmalari juda barqarordir. Qolloid eritmalar chin eritmalardan zarrachalarining ulchami, optik va molekulyar – kinetik xossalari bilan fark qiladi. Chin eritmalarda erigan modda molekulalarga kadar (yoki ionlarga kadar) maydalangan bo’ladi. Ularda dispersionmuhit (ya‘ni erituvchi) va dispers faza (erigan modda) orasida chegara hosil bo’lmaydi. Qolloid eritmalar dispers (maydalanganlik) darajasi bo’yicha dagal dispers sistemalar bilan chin eritmalar urtasidagi oralik holatni egallaydi. Qolloid eeritmalardagi zarrachalarning ulchami 1 nm bilan 100 nm orasida bo’ladi (1nanometr = 10-9m). Qolloid zarrachalr ionlar yoki molekulalar majmuidan iborat. Qolloid zarrachalarni ultramikroskop yordamida ko’rish mumkin. Qolloid eritmalar chin eritmalardan o’zining optik xususiyatlari bilan fark qiladi. Agar qolloid eritma orkali yoruglikning kuchli nuri o’tkazilsa, yoruglikning yoyilishi natijasida korongida yaxshi yorug konus – Tindal effekti xodisasi vujudga keladi. Chin eritmalar orkali o’tayotgan yoruglik sezilarli darajada yoyilmaydi. Qolloid eritmalar oddiy filtr kogozdan o’tadi, ammo yarim o’tkazgich pardalar (pergament kogoz, hayvon pufagi, qollodiy pardalar)orkali o’ta olmaydi. Qolloid eritmalardagi zarrachalar bir xil zaryadlangan,ular o’zaro birikib, yirik agregatlar hosil qilib cho’kmaga tusha olmaydi. Masalan, Fe(OH)3 ning zarrachalari yuzasida FeО+ ionlari adsorbilanadi va barcha qolloid zarrachalarni musbat zaryadli qilib kuyadi. Buni FeCI3 tuzi tarkibidagi Fe3+ ionining gidrolizlanishi natijasida qolloid holatga o’tishi misolida ko’rish mumkin. FeCI3 tuzining gidrolizlanish tenglamasi: FeCI3 + НОН ↔ Fe(OH) CI2 + Н CI Fe(OH) CI2 + НОН ↔ Fe(OH)2CI + Н CI Fe(OH)2CI +НОН ↔ Fe(OH)3 + НCI Oraliq maxsulot Fe(OH)2CI bir molekula suvni yo’qotib, FeOCI ga aylanadi va u quyidagicha dissotsilanadi: FeOCI ↔ FeO+ + CI- Eritmada FeO+ va CI- ionlari pydo bo’ladi. Suvda erimaydigan Fe(OH)3 gidroksidiga FeO+ va CI- ionlarining ta‘sirida quyidagicha tuzilishga ega bo’lgan qolloid zarracha hosil bo’ladi: {[ mFe(OH)3] nFeO+ (n-х)CI}xCI- yadro
Download 80.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling