Vodorod sulfid va yodli suv bilan o’tkaziladigan reaktsiyalar
а) As3+ ioniga xos reaktsiyalar
Vodorod sulfid bilan o’tkaziladigan reaktsiya. Arsenitlarning Kislotali muhitdagi eritmalari orkali vodoord sulfid o’tkazilganda mishyak (III) sulfidning sarik cho’kmasi hosil bo’ladi:
2Na3AsO3 + 6HCI + 3H2S = As2S3 + 6NaCI + 6H2O
Reaktsiyaning bajarilishi. Probirkaga 4-5 tomchi natriy arsenit eritmasidan olib, unga ushancha xlorid Kislota qo’shiladi, hosil bo’lgan eritmaga vodorod sulfid yuboriladi. Cho’kma As2S3 hosil bo’ladi va u ammoniy polisulfida eriydi:
As2S3 + 2(NH4)2S3 = As2S5 +2(NH4)2S As2S5 + 3(NH4)2S = 2(NH4)3AsS4
As2S3 ishqoriy metallarning sulfidlarida erib tioarsenit Kislota tuzlarini hosil qiladi:
As2S3 + 3Na2S = 2Na3AsS3
As2S3 ishqorlarda eriganda tioarsenit yoki arsenat Kislota tuzlari hosil bo’ladi: As2S3 + 6NaOH = Na3AsS3 + Na3AsO3 + 3H2O
Kalay, surma sulfidlaridan farkli ravishda As2S3 ammoniy qarbonatda eriydi: As2S3 + 3(NH4)2CO3 = (NH4)3AsS3 + 3CO2
Mishyak (III) sulfid kontsentrlangan nitrat Kislotada erib, mishyak va oltingugurt arsenat
hamda sulfat Kislotaga kadar oksidlanadi:
3 As2S3 + 28HNO3 + 4H2O = 6H3AsO4 + 9H2SO4 + 28NO
Kontsentrlangan HCI da mishyak (III) – sulfid erimaydi, ana shu xossasi bilan u surma va kalay sulfidlaridan farq qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |