Ammoniy polisulfidning t‘siri. Ammoniy polisulfid (NH4)2Sn sariq rang eritma, uammoniy sulfidda oltingugurtni eritish yuli bilan olinadi. Uning formo’lasi soddalashtirilgan holda (NH4)2S2.
Ammoniy polisulfid ta‘sirida V gruppa kationlarining sulfidlari IV gruppa mis gruppachasi sulfidlaridan ajratiladi, ya‘ni, u erituvchi – gruppa reagenti hisoblanadi. Mishyak, surma va kalay sulfidlari bilan IV gruppa kationlari sulfidlaridan iborat cho’kmaga ammoniy polisulfid eritmasi ta‘sir ettirilganda V gruppa kationlarining sulfidlari tiotuzlar hosil qilib eriydi. IV gruppa kationlarining sulfidlari esa cho’kmada qoladi.
Beshinchi grupa kationlari sulfidlarining gruppa reagenti hisoblangan ammoniy polisulfidning erituvchi xususiyati uning oksidlovchi xosasi bilan tushuntiriladi. Ammoniy polisulfid tarkibida vodorod peroksidning kompleks ioni [O2]2- ga o’xshash kuchli oksidlovchi bo’lgan [S2]2- kompleks ioni mavjud. V gruppa kationlarining sulfid birikmalariga ta‘sir ettirilganda ammoniy polisulfid avvalkationlarni yuqori oksidlanish darajasiga kadar oksidlaydi, so’ngra tiotuzlar hosil qiladi:
SnS + (NH4)2S2 = SnS2 + (NH4)2S SnS2 + (NH4)2S = (NH4)2SnS3
Do'stlaringiz bilan baham: |