O’zdavtemiryo’lnazorat ơzbekiston respublikasi temir yơllarida poezdlar harakati va manyovr ishlari bơyicha


HARAKAT TARKIBINI TORMOZ BOSHMOQLARI BILAN


Download 1.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet107/117
Sana14.12.2022
Hajmi1.68 Mb.
#1002323
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   117
Bog'liq
4a33eab78cb6dceda812bd551208c9be

HARAKAT TARKIBINI TORMOZ BOSHMOQLARI BILAN
MAHKAMLASHNING ME’YORLARI VA ASOSIY QOIDALARI 
1. 
Ushbu Yuriqnomaning 11-bobida bayon etilgan talablarga muvofiq vagonlar 
stansiya yo’llarida mahkamlanganida quyidagi eng kam me'yorlarga tayanish zarur: 
1.1. Gorizontal va nishabligi 0,0005 gacha bo’lgan yo’llarda istalgan sondagi 
vagonlarni (harakat tarkibi, vagonlar guruhi yoki yakka vagonni) ikki tomondan mahkamlash 
uchun bittadan tormoz boshmog’i; 
1.2. Nishabligi 0,0005 dan katta bo’lgan yo’llarda mahkamlanish me'yorlari quyidagi 
hisob formulalari bo’yicha aniqlanadi: 
1.2.1. yakka vagonlar, shuningdek, og’irligi (brutto) bo’yicha bir turdagi harakat 
tarkibidan tashkil topgan tarkib yoki guruhlar: ularning turidan qat’iy nazar yuklangan yoki 
bo’sh yuk vagonlar, motorvagon harakat takribini o’z ichiga oluvchi yo’lovchi park vagonlari; 
refrijerator vagonlar, guruhda (seksiyada) barcha vagonlar ortilgan yoki bo’sh (shu jumladan 
mashina bo’limi bilan bo’sh seksiya) bo’lish sharti bilan; ish faoliyatida bo’lmagan 
lokomotivlar yig’masi; 
1.2.2. aralash (og’irligi bo’yicha har turli) yuklangan va bo’sh vagonlardan yoki turli 
og’irlikdagi yuklangan vagonlardan (tormoz boshmoqlari o’qlarga yuklamasi 15 t (brutto) dan 
kam bo’lmagan vagonlar ostiga qo’yillishi, bunday vagonlar bo’lmagan taqdirda – o’qlar 
yuklamasi kamroq bo’lgan, lekin mahkamlanayotgan guruh uchun eng maksimal bo’lgan 
vagonlar ostiga qo’yillishi sharti bilan) tashkil topgan tarkib va guruhlar mahkamlanganda. 
Ushbu ilovaning 1.2.1 va 1.2.2 bandlarida ko’rsatilgan shartlar bajarilganda (1) 
formula qo’llaniladi: 
bunda: K - tormoz boshmoqlarining zaruriy miqdori; 
n - tarkibdagi (guruhdagi) o’qlar soni; 
i - yo’l yoki yo’l bo’lagi nishabligining mingliklardagi o’rtacha kattaligi; 
(1,5 i +1) - har 200 o’qqa tormoz boshmoqlari miqdori; 
1.2.3. og’irligi bo’yicha har turli vagonlardan tashkil topgan tarkiblar yoki 
guruhlarning mahkamlanishida, agar tormoz boshmoqlari bo’sh vagonlar ostiga, o’qlarga 
yuklamasi 15 t (brutto) dan kam bo’lgan vagonlar (guruhdagi eng og’ir bo’lmagan vagonlar) 
ostiga yoki o’qlarga yuklamasi noma'lum bo’lgan vagonlar ostiga qo’yilganda, (2) formula 
qo’llaniladi: 
bunda: (4 i+1) - har 200 o’qqa tormoz boshmoqlari miqdori; 

Download 1.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling