"Sana, oy, soat, minut.
№___dispetcherlik buyrug’i bilan _____peregonda poezdlar harakati (aloqa turi
ko’rsatiladi) bo’yicha tiklandi. Telefon aloqasi bo’yicha navbatchilikni toshpirdim:
DSP ………… (imzo)
Operator ……… (imzo)".
Navbatchilikka kirishgan stansiya navbatchisi va operatorning familiyalari qo’shni
stansiyaga xabar qilinadi, u yerda bu familiyalar poezd telefonogrammalari
jurnaliga
navbatchilikni qabul qilish va topshirish xaqidagi yozuvdan so’ng yozib qo’yiladi.
149. Bir tomondan stansiya navbatchisi bo’lmagan alohida punkt bilan chegaralangan
peregonda telefon aloqa vositalariga o’tilgan bo’lsa, stansiya navbatchisi bor bo’lgan qo’shni
stansiyaning poezd telefonogrammalari jurnalida poezdlar harakati to’g’risidagi poezd
dispetcheri bilan so’zlashuvlar poezd telefonogrammalari uchun belgilangan shakllarda qayd
etiladi, ushbu Yo’riqnomaning 152-bandida ko’zda tutilgan dispetcherning buyrug’i
bilan
almashtiriladigan 2- shakl bundan mustasno, u ushbu Yo’riqnomaning 42-bandida ko’zda
tutilgan poezd dispetcheri buyrug’i
matni bilan almashtiriladi, buyruq matnidagi
"Avtoblokirovka" so’zi "Blokirovka" so’ziga almashishi bilan.
150. Poezd telefonogrammasini uzatishdan avval
stansiya navbatchilari yoki
operatorlar o’zlarining lavozim va familiyalarini o’zaro xabar qilishlari lozim.
Familiyalar poezd telefonogrammalari jurnaliga avvaldan yozilganlariga mos kelgan
taqdirdagina telefonogrammalar uzatish va qabul qilishga ruxsat etiladi.
151. Poezd telefonogrammasi jo’natilgandan so’ng uning
matni telefonogrammani
qabul qilgan xodim tomonidan so’zma-so’z qaytarish yo’li bilan to’g’riligi tekshiriladi.
Takroriy uzatilgan matn jo’natilgan telefonogrammaga mos bo’lsa, telefonogrammani uzatgan
stansiya navbatchisi yoki operator buni "To’g’ri" so’zi bilan tasdiqlaydi, shundan keyin ikkala
stansiyaning poezd telefonogrammalar jurnalida telefonogrammani
uzatish va qabul qilish
vaqti qayd etilib, stansiya navbatchisi yoki operatorning imzosi bilan tasdiqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: