O'zdjtu rasmiy zakovat klubi bahorgi mavsum reyting o'yinlari
Download 48.48 Kb.
|
4-tur savollari
O'zDJTU Rasmiy zakovat klubi bahorgi mavsum reyting o'yinlari 4-tur 07.04.2022 1.1970-yilda Yaponiyada butunjahon ko'rgazmasi bo'lib o'tgan. Ko'rgazmaning sovet pavilyonida Chaykovskiy pianinosini, Tolstoy siyohdonini ko'rish mumkin edi. Bir sovet respublikasining poytaxtida 4 yil oldin yuz bergan voqeaga ishlangan maket yaponlarda katta qiziqish uyg'otadi. Maketdagi apparat tugmasini bosganda voqeadan keyingi ko'rinish paydo bo'lsa, tugma qayta bosilganida shaharning voqeadan oldingi holati paydo bo'lardi. Diqqat savol: Uzoqqa ketmagan holda ana shu shaharni toping Javob: Toshkent Izoh: Maket 1966-yilda Toshkentda sodir bo'lgan talofatli zilzilaga bag'ishlangan edi. Apparat knopkasi bosilganda Toshkent shahrining zilziladan oldingi va keyingi holatini ko‘rish mumkin edi. Yaponiyada zilzilalar ko'p bo'lishini hisobga oladigan bo'lsak bu maket ularda qiziqish uyg'otishi tabiiy. 2. 19-asrda omma oldida qo'lqopsiz ko'rinish hurmatsizlik belgisi hisoblangan. Shuning uchun ham odamlar uni yechmasdan kun bo'yi taqib yurishgan. Bu moda natijasida esa ko'plab joylardagi mis ALFA larni billur ALFA larga almashtirish ehtiyoji tug'ilgan. Diqqat savol: ALFA nima ekanligini ikki so'zda ayting. Javob: Eshik tutqichlari Izoh: Mis tutqichlarni hadeb ushlagandan qo'lqoplar qorayib ketgan. Shuning uchun ham ularni billurga almashtirishgan. 3. Anatoliy Mixaxonov ismli shaxs bolaligidan polda, ya'ni yerda uxlashga majbur bo'lgan. U mana shu sport bilan professional tarzda shug'ullangan birinchi rossiyalik hisoblanadi. Diqqat savol: Qaysi sport ekanligini uzun bo'lmagan so'zda yozib bering Javob: Sumo Izoh: Anatoliy Mixaxonov bolaligidan og'ir vaznga ega bo'lgan va krovatlar uni ko'tara olmagan. 1-sinfligidayoq Anatoliy 120 kg edi. 3. Hindu qabilalari ularning vafot etgan ajdodlari kechqurundan ertalabgacha SHUNDAY QILADI deb hisoblashgan. Bir siyosatchining kostyumi tez-tez SHUNDAY QILGANI uchun doim teshik-teshik bo'lib qolar edi. Diqqat savol: Shunday qilish deganda qaysi ishni nazarda tutdik? Javob: Sigaret chekish Qabul: Chekish Izoh: Hindu qabilalari osmondagi yulduzlarni o'zlarining vafot etgan ajdodlarining chekishi deb hisoblashgan. Uinston Cherchill doimiy chekishi natijasida kiyimlari teshilib ketar edi. 4. Qadim zamonlarda BUNING natijasida kelib chiqqan yong'inni yoki umuman o'chirishmagan yoki olovga qora sigir sutini, kvas, pivo yoki tuxum sepishgan. Diqqat savol: Ajralib turuvchi jihati BUNING ko'rinishida bo'lgan o'smirning ism-familiyasini yozib bering Javob: Garri Potter Izoh: Gap chaqmoq haqida ketayotgan edi. 5. Yapon yozuvchisi Ryunoske Akutagava shunday degan: ,,Inson hayoti gugurt qutisiga o'xshaydi. U bilan jiddiy munosabatda bo'lish- kulgulidir. Jiddiy munosabatda bo'lmaslik esa... Diqqat savol: Iqtibosni yakunlang. Javob: U bilan jiddiy munosabatda bo'lmaslik- xavflidir. 6. Bolalar o'quv mussasasining saytida "Alfa" deb nomlangan arqon tortish bo'yicha tanlov haqida eslatib o'tilgan. Muallifning so'zlariga ko'ra, jamoalar oltita ishtirokchidan iborat bo'lishi kerak. Diqqat savol: Alfa bilan qaysi so'zni almashtirdik? Javob: Sholg'om Izoh: Mashhur sholg'om ertagiga taqlid qilingan 7. Muayyan bir videorolikda, g'alaba qozonishning, umuman, iloji bo'lmagan tetris o'yini namoyish etiladi. O'yinchi mag'lubiyatga duchor bo'lganida, unga XX asrning eng mashhur fotosuratlaridan birini ko'rsatishardi. Diqqat savol: Ushbu tetrisdagi barcha figuralar nimaning shaklida ishlanganini yo chizib bering yoki yozib bering. Javob: Svastika Izoh: Yiqilayotgan svastikalardan, tabiiyki, tetris qatorini yig'ib bo'lmaydi. Yutqazgan paytingizda esa sizga Reyxstag uzra hilpirayotgan bayroq fotosurati ko'rsatilgan. 8. Ehtimol, ixtirochi Berronning xotini yaxshiroq xotiraga ega bo'lganda, u biz o'rgangandan bir yarim baravar uzunroq bo'lgan bo'lardi. Diqqat savol: Uni chiziqcha orqali yozib bering. Javob: Pin-kod Izoh: Jon Shepard-Barron bankomatlar uchun PIN-kod ixtirochi hisoblanadi. U o'z tajribalarini oltita raqamni eslab qololmagan lekin to'rttasi bilan chiqisholgan xotinida o'tkazgan. 9. Geografiya bo'yicha bilimlaringizni sinab ko'rishga qaror qildik. Ushbu surat 200 000 dan sal ko'proq odamlar yashaydigan ingliz posyolkasida olingan. Diqqat savol: Rasmga yaxshilab e'tibor bergan holda ushbu aholi punktining nomini toping Javob: Grinvich Izoh: Grinvich observatoriyasidan chiqadigan ushbu lazer nuri 0 chi meridianni bildiradi. Nurning yashil rangda (ingliz tilidan-,,green'') ekanligi katta yordam edi. 10. Jia ismli bir multserial qahramoni qiz bola bo'lishiga qaramay o'z shaxsiyatini yashirgan holda jinoyatchilik bilan kurashadi. IKS Jia uchun ALFA vazifasini o'taydi. Diqqat savol: IKS ni 2 so'zda ALFA ni esa bitta so'zda yozib bering. Javob: IKS- superqahramon kostyumi ALFA- paranji (qabul chadra, burka) Izoh: "Paranjidagi qasoskor" nomli serial qahramoni Pokistonning ilk superqahramon personaji hisoblanadi. Aslida, Jia boshlang'ich sinflar o'qituvchisidir, lekin ba'zida u yovuzlarga qarshi kurashishiga to'g'ri keladi va o'z paranjisini kiyadi. 11. Yangi Zelandiya regbichilari buni o'yindan oldingi marosim raqsining yakuniy bosqichida SHUNDAY QILISHADI. Siz ham papuaslarning milliy raqsi sing-sing ga o'ynasangiz SHUNDAY QILISHINGIZ kerak bo'ladi. Deyarli oltmish yil oldin, o'zining tug'ilgan kunida bir Nobel laureati ham SHUNDAY QILGAN edi. Diqqat savol: SHUNDAY QILISH deganda nimani nazarda tutdik? Javob: tilni ko'rsatish Izoh: Savolda aytib o'tilgan Nobel laureati esa Albert Eynshteyn edi. 12. 1986 yilda Britaniyaning Virjiniya orollarida Maykl Jeksonning surati tushirilgan pochta markalari paydo bo'ldi. Biroq, bir qonun mavjudligi sababli markalarni chiqarish to'xtatildi, chunki BUNDAY odamlardan faqatgina Buyuk Britaniyaning Qirollik oilasi a'zolarining rasmlarini markalarga tushirish mumkin edi. Diqqat savol: Bunday odamlar deganda qanday odamlarni nazarda tutdik? Javob: Tirik odamlar Izoh: Maykl Jekson 2009-yilda vafot etgan edi 1-raund savollari o'z yakuniga yetdi. Kichik tanaffus va 2-raundni boshlaymiz. Diqqat! Bu savolimiz bevosita intellektual o'yinlar bilan bog'liq. 13. Jon Karpenter otasiga qo'ngiroq qilganida uzoq suhbatlashish uchun hech qanday imkoniyat yo'q edi. Jon unga yordam kerak emasligi haqida va Richard Nikson bir amerika serialida kichik rol o'ynaganini xabar berishga ulgurib qoladi xolos. Shundan so'ng Jon tomondan katta summani anglatuvchi ovoz yangraydi. Diqqat savol: Ana shu summa qancha ekanligini raqamlarda yozib bering. Javob: 1 000 000 / Million Izoh: Jon Karpenter "Kim millioner bo'lishni istaydi" shousida ishtirok etgan edi va oxirgi savolgacha yetib borgan. Oxirgi savol Amerikaning qaysi prezidenti "Laugn in" serialida epizodik rol o'ynaganligi haqida bo'lgan. Jon javobni bilar edi va shu paytgacha yordamlardan hech birini ishlatmagani uchun, qo'ng'iroq yordamidan foydalanishga qaror qiladi va otasiga telefon qiladi. Shunchaki 1 million dollar yutib olganligini haqida xabar berish uchun) 14. Agar shaxmatdagi bu kompozitsiyada bir figura boshqa figura ortidan ta'qib qilgandek siljib yursa bu usul X deb ataladi. X Rossiyadagi bir to'qima shahar nomida ham uchraydi Diqqa savol: X ni toping. Javob: Magnit Izoh: Bir figura magnit kabi boshqasini o'ziga tortadi. Qayd etilgan shahar - Magnitogorsk edi. 15. Ushbu ishni qilishni xohlaganlar uchun bolalar yozuvchisi Andrey Usachev havo sharidan foydalanishni maslahat beradi. Bitta Moskvadagi parkda bu ishni qilish uchun tol novdalaridan foydalanishadi. Diqqat savol: Bu ishni qilish qaysi ish ekanligini toping. Javob: Jirafani ovqatlantirish Izoh: Jirafani egiltirib qiynamaslik uchun havo shariga yegulikni bog'lab uchirib yuborish tavsiya qilingan. Tabiat va hayvonlarga mehrli munosabatda bo'lishni unutmang) 16. Agar u adashib qolsa, hech bo'lmaganda boshqalardan yo'lni so'rab olishi mumkin. Apelsin- anekdotlar jurnali ikki qushni chatishtirishning foydasi haqida shunday yozgan edi. Diqqat savol: Ana shu ikkita qushni yozib bering. Javob: To'tiqush va kabutar Izoh: Gapirish va yo'lni aniqlay olish qobiliyatlari haqida gap ketayotgan edi 17.
Tarqatma materialda XX asrning eng muhtasham arxitektura loyihalaridan biri - Moskva saroyini ko'rib turibsiz. Loyiha ustida ish 30-yillarning boshida boshlangan ammo yakunlanmagan. 1933-yilda ekranga chiqqan bir filmda mana shu binoga parodiya qilingan edi.
Diqqat savol: Kino nomini yozib bering. Javob: King-kong Izoh: 1933-yilda chiqarilgan King-kong filmida 30 metrlik maymun Empayr Steyt Bilding binosining eng tepasiga chiqib oladi. Filming bu qismini Lenin haykali tasvirlangan Sovetlar saroyi binosiga taqlid qilinganligi haqida fikrlar mavjud. 18. Yoshlarga xos bo'lgan buyumlardan foydalanish, masalan yoshga mos bo'lmasada ularning kiyimlarini kiyib yurish, kosmetik va gigiyenik vositalardan haddan ortiq foydalanish va hatto plastik operatsiyalari murojaat qilish UNING belgilari hisoblanadi. U san'at asarini yo'q qilishga urinib, vafot etgan edi. Diqqat savol: Uning ism familiyasini yozib bering. Javob: Dorian Grey Izoh: Dorian Grey sindromi abadiy yosh bo'lib qolishni istash sindromidir. Mashhur roman qahramoni o'z portretini yo'q qilishga urinish paytida vafot etadi. 19. Yaqinda Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yangilikni amalga oshirishdi. Ishlab chiqarilayotgan avtomobillarning bagaj qismi maxsus shnur bilan jihozlanadigan bo'ldi. Bu esa bagajni ichkaridan ochish imkonini berardi. Diqqat savol: Bunday yangilik kimlar uchun mo'ljallangan? Javob: O'g'irlab ketilganlar Izoh: O'g'irlik qurboni bo'lganlar avtomobildan qochish imkoniga ega bo'lganlar 20. Bir kuni Fransiya Gvardiyasi ofitseri Napoleon huzurida harakatni boshqa oyog'idan boshlab, xato qiladi. Napoleon uni darhol gvardiya tarkibidan haydab yuboradi. Ofitserning bu harakati tufayli barchaga ma'lum bir gap paydo bo'lgan edi. Diqqat savol: Ofitser qaysi harbiy kasbda bo'lgan? Javob: Sapyor Izoh: ,,Sapyor bir marta adashadi'' frazasini 1-marta Napoleon qo'llagan ekan. 21. Populizm haqida gapira turib Xrushyov shunday degandi: "Siyosatchilar hamma joyda bir xil: ular [uchta nuqta] ko'prik qurishga va'da berishadi". "Gobi" nomini ham [uchta nuqta] deb tarjima qilish mumkin. Diqqat savol: Uchta nuqta o'rnida tashlab ketilgan so'zlarni toping. Javob: Suvsiz joy Qabul: Yaqin javoblar Izoh: Mongollar gobi deb umuman suv yo'q bo'lgan, qurib-qaqshab yotgan joylarni atar ekan. 22. Helvetsiyning fikricha, dunyoda undan boshqa hurmatga loyiq hech narsa yo'q. Belinskiy uni odamning ruhiy ta'siridan kelib chiqadi, deb hisoblagan. Larofushkaning aytishicha esa, qanchalik g'alati bo'lmasin odamlar ko'pincha bema'ni va ahmoqona narsalarni amalga oshirish uchun uni ishlatishar ekan. Siz ham uni ishlatgan holda ko'p savollarga javob berdingiz deb o'ylaymiz. Diqqat savol: Yuqoridagi ta'riflar nimaga berilgan? Javob: Aql 23. Savolda almashtirish mavjud. ,,Qurolsizlantirish'' gacha bo'lgan birinchi o'yin 1998- yil 28 iyunda bo'lib o'tgan. O'shanda Lorant Blan 114-daqiqada urgan edi. Diqqat savol: "' Qurolsizlantirish" so'zi bilan qaysi so'z yoki so'zlarni almashtirdik? Javob: Gol Qabul: Oltin gol, birinchi gol Izoh: Jahon chempionatlarida bir muddat davomida ,,oltin gol'' qoidasi qo'llangan edi. Asosiy vaqtda durrang bo'lib qolsa, qo'shimcha taymlardagi ilk gol urilgunicha o'yin davom etgan. Inson miyasiga bag'ishlangan ko'rsatuvda haqida ma'lumot olish mexanizmini tushuntirishda X dan foydalanishadi. Miyadagi neyronlar bir-biriga tegingan holda ma'lumotga yetib borishadi. Shu bilan birga, mualliflar boshqa yo'llarni yaratish kerakligi chunki X lardan biri yiqilmay qolishi mumkinligini ham ta'kidlaydilar. Bir sovet komedik filmida ,,masxaraboz'' X bo'yicha juda usta edi. Diqqat savol: X ni ikki so'zda ayting. Javob: Domino toshlari Qabul: Domino o'yini Izoh: Neyronlar domino toshlariga o‘xshab bir-birining ustiga yiqilgan holda kerakli ma'lumotgacha yetib borishar ekan. Masxaraboz deganda esa Kavkaz asirasi filmidagi Yuriy Nikulinni nazarda tutgan edik. Download 48.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling