O‘z,ekiston Respublikasi Oliy va o’rta ta’lim vazirligi


Download 467.96 Kb.
bet1/3
Sana25.01.2023
Hajmi467.96 Kb.
#1122822
  1   2   3
Bog'liq
YBgqSRGKsv8L6vhR QF9xCnmofBwkLkr

O‘z,ekiston Respublikasi

Oliy va o’rta ta’lim vazirligi

Toshkent Moliya instituti

ANDIJON FAKULTETI

“Moliya va moliyaviy texnologiyalar” yonalishi

1- bosqich SMMT-70-22-talabasi

AKRAMOVA MUHARRAMOYnimng

“O‘zbek tilini sohada qo’llanilishi” fanidan

tayyorlagan mustaqil ishi

Taqdimot

Bajardi: M. Akramova

Tekshirdi: S. Jabborova

O‘zbek tilining sohada qo‘llanishi” fanini o‘qitishning maqsad va vazifalari Reja Tilning jamiyatda tutgan o‘rni

  • O‘zbek tilining sohada qo‘llanishi” fanini o‘qitishning maqsad va vazifalari Reja Tilning jamiyatda tutgan o‘rni
  • Til va tafakkur, til va ma’naviyat
  • «Davlat tili” tushunchasi

Kirish

  • Kirish
  • 1989-yil 21-oktabrda o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligi to‘g‘risida qonun e’lon qilinganligi ulkan tarixiy voqea boidi. «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da ta’kidlanganidek, ta’limtarbiyaning asosiy maqsadi «yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash»dir. Asosiy vazifamiz yuqori malakali kadrlar tayyorlash ekan, bu kadr qaysi millat vakili bo‘lmasin, o‘zi yashayotgan vatani, davlat tilini mukammal bilishi kerak. Mustaqil davlatimizda o‘zbek tilining ijtimoiy mavqeyi tobora ortib borayotganligi, ish yuritishda to‘liq davlat tiliga o‘tilayotganligi barcha mutaxassislaming millatidan qat’i nazar, o‘zbek tilini puxta egallashlarini taqozo etmoqda. Kishi o‘z flkrini aniq va ravon ifodalashi uchun tildagi uslublardan ham xabardor bo‘lishi, kundalik so‘zlashuv tilidan tashqari, rasmiy ish yuritish tilini ham bilishi kerak. Ish yuritishning bevosita asosini hujjatlar tashkil qiladi. Mazmunan, hajman va shaklan xilma-xil bo‘lgan hujjatlar katta-yu kichik mehnat jamoalarining, umuman, kishilik jamiyatining uzluksiz faoliyatini tartibga solib turadi
  • 1.Tabiat va jamiyat mahsuli bo’lgan inson, ayni paytda, ularning oliy namunasi ham sanalib, olamni narsa va predmet shaklida, voqyea va hodisa tarzida miyasida aks ettiradi, idrok qiladi, fikrlaydi. Bu jarayonda muhim vosita hisoblangan tilning ahamiyati g’oyatda muhimdir. Shuning uchun ham til va tafakkurni bir-biridan alohida tarzda tasavvur qilib bo’lmaydi. «Til bilan tafakkur bir-birini taqozo etadigan ajralmas hodisadir. Tilsiz tafakkur bo’lmaganidek, til ham tafakkursiz bo’lmaydi»
  • Tilning inson uchun fikrlash vositasi bo’lishi, moddiy asos sifatida xizmat qilishi uning amalda bo’lishidagi birinchi bosqich hisoblanib, ikkinchi bosqichda fikr, tafakkur mahsuli reallashadi, ya’ni u miyadan tashqariga chiqadi. Shunday qilib, ikkinchi bosqichda til kommunikativ – aloqa vazifasini bajarishga kirishadi.
  • Til insonlar o’rtasida aloqa vositasi bo’lishi, tabiat va jamiyatdagi narsa va hodisalar to’g’risida xabar berishdan tashqari suhbatdosh yoki tinglovchiga ma’lum ta’sir o’tkazish, hissiyotini qo’zg’atish kuchiga ham ega. Agar bu holatni shartli ravishda beshinchi bosqich deb ataydigan bo’lsak, ta’kidlaganimizdek, tilning bosqichma-bosqich takomillashib, mukammalashib va imkoniyatlari ham asta-sekinlik bilan kengayib borishini kuzatamiz.
  • Mana shu o’rinda tilning hyech bir imkoniyati nutqsiz, nutqiy jarayonsiz amalga oshmasligi, yuzaga kelmasligiga ham amin bo’lamiz. «Til va tafakkurning birligi nutqda o’z ifodasini topadi. Nutq og’zaki va yozma holda mavjud bo’lib, unda fikrimiz moddiy shaklga, ya’ni hissiy idrok etiladigan shaklga kiradi va shu tariqa u endi bir shaxsga emas, balki jamiyatga tegishli bo’lib qoladi»

Download 467.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling