O’zg Vara q Hujjat № Imzo Sana Bet


Download 0.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/35
Sana18.06.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1559690
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   35
Bog'liq
axborot-kommunikatsiya tizimlarini optimallashtirish fanidan modulli oqitish uslubiyotini yaratish chiziqli programmalash masalasini geometrik usulda yechish

O’zg
 
Vara
q
 
Hujjat 
№ 
Imzo 
Sana
 
Bet 
 
 
Aslonova D. 
Bajardi: 
Rahbar: 
“Axborot-kommunikatsiya tizimlarini optimallashtirish” fanidan modulli 
o’qitish uslubiyotini yaratish (Chiziqli programmalash masalasini 
geometrik usulda yechish) 
o`qitishning integratsiyalashuvi natijasida yuzaga kelgan didaktik tizim faqatgina 
yangi sifatlarga ega bo`lib qolmasdan, o`zida tashkil etuvchi nazariyalarning eng 
yaxshi yutuqlarini ham mujassam etgan, deb ta`kidlagan edi.
Yuqorida ta`kidlab o`tilganlar asosida quyidagicha savol tug’ilishi mumkin: 
«Modullardagi o`quv materialini hammavaqt ham muammoli tarzda ifodalash 
shartmikan?».Umumiy holda bu savolga muammoli o`qitishni tadqiq etgan 
olimlardan M.I.Maxmutov tomonidan javob berilgan: «… muammoli o`qitishni 
doimo qo`llash shart emas». Birinchidan, ilmiy bilish tarkibida shunday bilimlar 
guruhi borki, unda muammoli o`qitish talab etilmaydi (jumladan, matematik 
aksiomalar, va boshqalar). Ikkinchidan, muammoli o`qitish maqbul bo`lgan joylarda 
ham uni qo`llash imkoniyati bo`lmasligi mumkin. Shuning uchun o`quv moduli 
mazmunini shakllantirish davrida muammoli o`qitish elementlarini ratsional 
qo`llashga odatlanish lozim . 
Shunday qilib, “Axborot-kommunikatsiya tizimlarini optimallashtirish” 
fanidan modulli o`qitishning didaktik tizimi boshqa didaktik tizimlar singari o`qitish 
maqsadlariga muvofiq, umumdidaktik tamoyillar va mezonlar asosida “Axborot-
kommunikatsiya tizimlarini optimallashtirish” fani mazmunini loyihalashni taqozo 
etadi. “Axborot-kommunikatsiya tizimlarini optimallashtirish” fanidan modulli 
dasturlarni loyihalashning bir qancha usullari mavjud. Avtonom modullarning 
mazmuni fan mazmunini strukturalash printsiplari asosida shakllantiriladi va didaktik 
materiallar, muammoli hamda amaliy topshiriqlar bilan ta`minlanib, lo`nda, 
ko`rgazmali qilib ifoda etilishi kerak.
Modulli ta`limning hususiyati shundan iboratki, bunda talaba modul bilan 
ishlashda o`quv-biluv faoliyatining aniq maqsadlariga mustaqil ravishda (yoki 
o`qituvchining ba`zi bir yordamida) erishiladi. 
Modul harakat rejasi maqsadini, axborotlar bankini, qo`yilgan didaktik 
maqsadlarga erishish bo`yicha metodik rahbarlikni o`z tarkibiga oladi [8].
Modulli ta`limning mazmuni tugallangan mustaqil komplekslarda ifodalanadi. 
Har bir kompleks o`quv materiali shunday qurilishi kerakki, u har bir talaba 
tomonidan uni oldiga qo`yilgan didaktik maqsadlarga erishishga imkon yaratsin.


O’zg
 
Vara
q
 
Hujjat 
№ 
Imzo 
Sana
 
Bet 
 
 
Aslonova D. 
Bajardi: 
Rahbar: 
“Axborot-kommunikatsiya tizimlarini optimallashtirish” fanidan modulli 
o’qitish uslubiyotini yaratish (Chiziqli programmalash masalasini 
geometrik usulda yechish) 
Bunda talaba uchun o`quv maqsadi shunday ifodalanishi kerakki, u uni shaxsiy 
ahamiyat va kutilgan natija sifatida tushunish va anglash imkoniga ega bo`lsin. 
Didaktik maqsad o`z ichiga o`rganilayotgan material hajmiga va uni o`zlashtirish 
darajasiga ko`rsatmani oladi. Bundan tashqari har bir talaba o`qituvchidan o`quv 
materialni qaerdan topish bo`yicha yozma ravishda maslahatlar olishi kerak. Modulli 
o`qitishning boshqa ta`lim texnologiyalaridan farqli ravishda o`ziga hos
hususiyatlarini quyidagicha ko`rsatish mumkin [9]. 
1. Modulli ta`lim o`qituvchini talabalar bilan bo`ladigan muloqot shakllarini 
o`zgarishini ko`zda tutadi. U talabalar bilan modullar orqali ham bevosita – har bir 
talaba bilan individual tarzda muomala qiladi. Modulli ta`limgina o`qish-o`qitishni 
sub`ekt-sub`ekt asosga, ya`ni talabani faol bo`lishga, o`quv jarayonida sub`ekt 
holatiga o`tkazishga imkon yaratadi. O`qituvchi har bir talabaga individual 
yondashuv asosida maslahat – koordinatsiyalashuvchi funktsiyani bajaradi. Bu esa 
pedagog va ta`lim oluvchiga o`qish-o`qitishni optimal yo`llarini birgalikda tanlashga 
imkon beradi. Natijada ta`lim jarayonida o`qituvchi va talaba o`rtasidagi 
munosabatlar teng huquqlik bo`lib boraveradi.
2. Talabaning o`quv-biluv faoliyatini yuqori darajada o`zini-o`zi tashkil 
etilishi. U o`quv maqsadlarni mustaqil qo`yishga, faoliyat usullarini tanlash 
ko`nikmasiga, o`z harakati va munosabatlarini boshqalar bilan moslashtirish va 
muvofiqlashtirishga asoslangan. Modulli o`qitish sharoitida bu shu bilan 
ta`minlanadiki, talabalar o`z vaqtlarining katta qismida mustaqil ishlaydi, o`quv-biluv 
faoliyati ularning anglangan predmet iva idroki bo`lib qoladi.
3. Bosma materialga asoslangan modullarni mavjudligi o`qituvchiga talaba 
bilan ishlashni individuallashtirishga, ya`ni talabaga dozalangan shaxsiy yordam 
orqali hamda ularning har biriga maslahat berishga imkon yaratadi.
Modulli texnologiyaning xususiyatlaridan yana biri, an`anaviy ta`lim berishda 
muqobil tarzda vujudga kelgan, u pedagogika nazariyasi va amaliyotidagi to`plangan 
barcha tajribalar va ta`lim jarayonida jadallashtiruvchi hamda rivojlantiruvchi 
metodlarni o`zida mujassamlashtiradi.



Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling