O‘zgarib borishi 2050 yilga borib, Italiya, yaponiya va Rossiya kabi mamlakatlar aholisi qisqarishi
Download 20.16 Kb.
|
Demografik tendensiyalar
Demografik tendensiyalar REJA 1. Demografik omilning o‘zgarib borishi 2. 2050 yilga borib, Italiya, YAponiya va Rossiya kabi mamlakatlar aholisi qisqarishi 3. Dunyoda aholining keksayishi bir qator ijtimoiy va iqtisodiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Demografik omilning o‘zgarib borishi global muammo bo‘lib, u ko‘p jihatdan jamiyatning holati va rivojlanishini belgilaydi. Mehnat iqtisodiyoti mehnat munosabatlarining qatnashchisi bo‘lgan aholining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga alohida e’tibor beradi. Dunyo aholisi yiliga 80 mln.dan ziyod kishiga ko‘payish jarayoni davom etmoqda. Dunyo aholisi 1804 yilda bir mlrd. kishiga etgan bo‘lsa, atigi 125 yildan so‘ng yana bir mlrd. kishiga ko‘paydi, uchinchi mlrd. 33 yilda, to‘rtinchisi 14 yilda, beshinchisi 13 yilda qo‘shildi. Aholining rekord darajada – o‘rta hisobda 87 mln. kishi miqdorida yillik ko‘payishi 1980 yillarda kuzatildi. Dunyo aholisi soni 1950- 2010 yillarda oshishining deyarli uchdan ikki qismini Osiyo qit’asi ta’minlamoqda. Uning ulushi oshib, 56,8 dan 61,0 %ga etdi. Aholi ko‘payishining hajmi jihatidan Afrika ikkinchi bo‘lib qoldi, uning ulushi oshib 9,0dan 13,0 %ga etdi. 2010 yilga kelib, sayyora aholisining soni 6,5mlrd. kishidan oshdi va ko‘payish sur’ati birmuncha qisqarayotganligiga qaramay, uning o‘sish jarayoni davom etmoqda va 2050 yilga borib, chamasi 10,2 mlrd. kishiga etishi mo‘ljallanmoqda. Dunyo olimlarining tahliliga ko‘ra, havo va suv bulg‘anishi, yashash sifati pasayishi, elatlararo va millatlararo nizolar, cheklangan tabiiy resurslar uchun kurash zo‘rayishi kabi jiddiy muammolar aholining ko‘payib borayotganligi bilan bog‘liq. Aholining ko‘payish jarayoni rivojlangan mamlakatlar bilan sust taraqqiy etayotgan mamlakatlar va ular o‘rtasida ko‘plab ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy tafovutlar saqlanib kelayottanligi ayrim muammolarni keltirib chiqarayotganligi kuzatilmoqda. Hozir sanoati rivojlangan mamlakatlarda (immigratsiyani hisobga Olimlarning hisoblashlaricha, yaqin yarim asr ichida sayyoramiz aholisi soni qariyb ikki baravar oshganidan keyin, tug‘ilish va o‘lim ko‘rsatkichlari barcha mamlakatlarda umuman tenglashadi. Demografik o‘tish nazariyasi insoniyatga resurslar etmay qolishi mumkinligi to‘g‘risidagi vahimali bashoratlarni rad etadi. Ovqatlanish bo‘yicha xalqaro tashkilotning ma’lumotlariga qaraganda, mavjud resurslardan samarali foydalanilsa, 20-25 mlrd. odamni boqishga bemalol etadi. YA’ni, olimlarning hisoblariga ko‘ra, ular sayyoramizda yashaydigan odamlarning eng ko‘p miqdoridan ham ko‘proq miqdordagi odamlarni boqishga etarlidir. 2050 yilga borib, Italiya, YAponiya va Rossiya kabi mamlakatlar aholisi qisqaradi, Buyuk Britaniyaning aholisi esa hozirgi darajada qoladi. Mali, Saudiya Arabistoni va Nigeriyada shu davr ichida aholi soni 3 baravar, Misr va Keniyada esa 2 baravar oshadi. BMT mutaxassislari, rivojlangan mamlakatlarning aholisi umuman 2050 yilga borib qisqaradi (1,8 mlrd. kishidan 1,16 mlrd. kishigacha), rivojlanayotgan mamlakatlarning aholisi esa ko‘payadi (4,57 mlrd. kishidan 8,2 mlrd. kishigacha) deb hisoblamoqdalar. Har soniyada dunyoda 21 kishi tug‘ilib, 18 kishi nobud bo‘lmoqda. Har kuni Er aholisi 250 ming kishiga ko‘paymoqda. Aholining to‘xtovsiz ko‘payib borishi munosabati bilan istiqbolni o‘ylab ko‘rilganda insoniyatning kelajagi to‘g‘risida g‘oyat tashvishli taxminlar va hatto qiyomat qoyimga o‘xshash voqea bashoratlari yuzaga kela boshladi. Ingliz olimi Tomas Robert Maltusning (1766-1834) «Ortiqcha aholi qonuniyati xususidagi tajriba» kitobida (1798) bayon qilingan nazariyasi ayniqsa mashhur bo‘ldi. Aholining keksayishi muammosi. Barcha zamonaviy demografik jarayonlar orasida aholi keksayishi jarayoni jo‘nroq o‘lchanadigan, taxminlar qilinishi qulayroq va aslida, o‘z oqibatlariga ko‘ra xavfliroq bo‘lgan jarayondir. SHunday bo‘lsa-da, u eng kam tadqiq qilingan jarayonlardan biri ekanligicha qolmoqda. Demograflarning fikricha, mamlakat aholisi undagi yoshi o‘tgan shaxslar ulushi 7-8 % dan oshgan taqdirda keksaygan hisoblanadi. G‘arbdagi iqtisodiy rivojlangan davlatlarning ko‘pchiligida 65 yoshli va undan kattaroq yoshdagilar, ba’zi mamlakatlarda esa 60 yoshdan oshganlarni yoshi o‘tganlar toifasiga kiritish qabul qilingan. Aholining keksayishi Fransiyada XVIII asrning oxirlarida boshlanib, keyinchalik asta-sekin barcha rivojlangan mamlakatlarga tarqalgan. Lekin avvallari hech qachon yoshi o‘tgan kishilarning ulushi hozirgidek tez va ko‘lamdor oshmagan. 2000 yilda yoshi o‘tgan kishilar ulushi Germaniyada 15,0 %, Angliyada 16,0 %, Fransiyada 15,0 %, AQSHda 13,0 %, YAponiyada 13,0 %ni tashkil etdi. Aholi keksayishining sababi ikki xildir. Bir tomondan, bu tug‘ilish kamayishi bo‘lib, buning oqibatida bolalar va yoshlar ulushi qisqaradi. Ikkinchi tomondan, bu umr uzunligining oshishidir. Dunyoda aholining keksayishi bir qator ijtimoiy va iqtisodiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. O‘zbekistonda bir onadan farzandlar tug‘ilishidagi vaqt oralig‘ini uzaytirish, oilada farzandlarning sonini emas, balki mamlakatning kelajagini ta’minlay oladigan sog‘lom, ilmli insonlarni tarbiyalash maqsadida, sog‘lom millat genofondini shakllantirish borasida olib borilayotgan oqilona siyosatni yanada rivojlantirish lozim. SHu munosabat bilan mamlakatda olib borilayotgan Sog‘lom avlod dasturini, Kadrlar tayyorlash Milliy dasturini amaliyligini ta’minlash, jamiyatning ishlab chiqarish, ijtimoiy va madaniy hayotidagi xotin-qizlar roli va maqomini, ommaviy jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, jamiyat va oilaning umumiy madaniyatini yuksaltirish kabi bir qator tadbirlarni amalga oshirish lozim. Mehnat bozorini bozor iqtisodiyoti tamoyillari asosiga qurilgan ijtimoiy mehnat munosabatlari tizimi sifatida qarar ekanmiz, mehnat bozori ikki asosiy ijtimoiy-iqtisodiy vazifani bajara olishini kuzatishimiz mumkin. Bunda inson resurslarining ish bilan bandlik darajasi bo‘yicha muqobil turlari (kasblar, tarmoqlar, korxonalar, hududlar) taqsimlanishi hamda aholi daromadlarining maoshlar asosida rag‘batlantirilishi va mehnat uchun mukofotlash shaklida taqsimlanishi muhim rol o‘ynaydi. Mehnat bozori vazifalarining bunday usullarda amalga oshirilishi mehnat unumdorligining samaradorligini oshirish, uni eng yuqori darajaga etkazish, inson resurslaridan olinadigan foydani va daromadlarni ko‘paytirish, davlatning iqtisodiy yuksalishi, ijtimoiy adolat va nihoyat, barcha uchun baravar bo‘lgan ish o‘rinlariga joylashish imkoniyatlari va kasb tayyorgarligiga yordam bermog‘i lozim. Mehnat bozorini tartibga solish strategiyasini ishlab chiqish vaqtida, birinchidan, barcha jarayonlarning jamiyat va iqtisodiyotning olg‘a tomon rivojlanish talablari, ijobiy o‘zgarishlarni rag‘batlantirishga bo‘ysunishi, jamiyatdagi ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni ta’minlaydigan chora-tadbirlarning ustuvorligini ta’minlashga xizmat qilishi zarur. Ikkinchidan, «faol jamiyat»ni shakllantirishga e’tibor berish kerak, unda iqtisodiy imkoniyatlar yaratiladi va har bir fuqaroning qonuniy-demokratik jamiyat barpo etishdagi faolligi rag‘batlantiriladi. Bunday siyosat jamiyatdagi har bir sog‘lom a’zoning o‘z mehnati bilan erishiladigan farovonlik uchun javobgarligini e’tirof qilishga asoslangan. Uchinchidan, «faol jamiyat» va unga mos keladigan mehnat bozoridagi faol siyosat teng imkoniyatlar prinsipi bilan birga qo‘shib olib borilishi kerak. Uning asosiy mohiyati – ishga ega bo‘lish va uni saqlab qolishdagi tengsizlikni barham toptirish yoki eng kam holatga keltirishga imkon beradi. Bunday tengsizlik nogironlik, oilaviy sharoitlar, malakaning etishmasligi va hokazo sabablarga ko‘ra kelib chiqishi mumkin. Mehnat bozorini tartibga solishning aniq maqsadli vazifasi – ishchi kuchiga bo‘lgan ehtiyojni kengaytirish va ish kuchini samarali taklif etishni qo‘llab- quvvatlashga ko‘maklashishdan iborat bo‘lib, bundan ko‘zda tutilgan maqsad: -iqtisodiy o‘sish imkoniyatlarini yaxshilash uchun mehnat resurslarini rivojlantirish va ularni tarkibiy o‘zgarishlarga muvofiqlashtirish; -noqulay sharoitlarda yashayotgan aholi guruhlarini ish bilan ta’minlash uchun imkoniyatlarni yaxshilash, ish bilan bandlikka bo‘lgan qobiliyatni oshirish yo‘li bilan ijtimoiy tenglikka ko‘maklashish va boshqalar. Iqtisodiy nazariya nuqtai nazaridan, bu institutlarning asosiy vazifasi (agar gap mehnat bozorini tartibga solish to‘g‘risida boradigan bo‘lsa) xodimning o‘ziga mos ish o‘rni qidirish uchun, ish beruvchining esa mos keladigan xodim qidirish uchun vaqt sarflashi, moddiy moliyaviy resurslar sarflashini qisqartirishdir. SHu boisdan mehnat bozori institutining asosiy vazifasi «bozorning noaniqligi»ga barham berish, ish beruvchilar va xodimlar ega bo‘lgan axborotning mukammal bo‘lishini ta’minlashdir, chunki aynan axborotning yo‘qligi chiqimlarning ko‘payib ketishiga olib keladi. SHuni ham aytish kerakki, iqtisodiy fikrning hozirgi zamon yo‘nalishi bo‘lgan institutsional iqtisodiyot deganda faqat shaxslarning faoliyati shartlari va cheklashlarni shakllantirish bilan bevosita va uzviy ravishda shug‘ullanadigan tashkilotlarni emas, balki kishilarning iqtisodiy xulq-atvoriga ta’sir ko‘rsatadigan va qonun yo‘li bilan rasmiylashtirilgan yoki tarixan qaror topgan axloqiy normalar, odatlar, an’analar, negizlarni tushunadi. Xodimlarning mehnat faolligi, mehnat qilish sabablari, ularning biror faoliyat turi va tartibini tanlashlari kabi omillarni anglab etish davlatning mehnat bozorini tartibga solish chora-tadbirlarini ishlab chiqishi O‘zbekiston uchun nihoyatda muhimdir. Aholining ish bilan bandligiga ko‘maklashishning u yoki bu iqtisodiy choralari ish bilan bandlikning tashkiliy omillari bilan muvofiqlashtirilish darajasiga bog‘liq. modelni tanlashidan qat’i nazar zarur hisoblanadi. Davlatning mehnat bozorini tartibga solishi sohasidagi choralarini quyidagi tarzda tabaqalashtirish maqsadga muvofiq: ta’sir ko‘rsatish ob’ektlari bo‘yicha. Tartibga solish ob’ektining xususiyatlariga qarab, umumiy ta’sir ko‘rsatish choralari yoki maxsus choralarga ajratish mumkin. Ayni vaqtda mehnat bozorini tartibga solish ob’ektlari sifatida mehnatni tashkil etish elementlari, xususan, mehnatga haq to‘lash, mehnatning davomiyligi, mehnat sharoitlari va hokazolar namoyon bo‘ladi; ta’sir ko‘rsatish yo‘nalishlari bo‘yicha. Bu choralarga quyidagilar kiradi: mehnat bozorida mehnat taklifini ko‘paytiruvchi (kamaytiruvchi) choralar; mehnat bozorida talabni oshiruvchi (kamaytiruvchi) choralar; mehnatni taklif qilish tuzilishi va mehnatga bo‘lgan ehtiyoj tuzilishiga ta’sir qiluvchi choralar; ehtiyoj va taklifning mos kelishi darajasini ko‘paytirishga qaratilgan mehnat bozorini tartibga solish choralari; ta’sir ko‘rsatish shakli bo‘yicha bevosita va bavosita choralarga bo‘lish mumkin, bunda mehnat bozoriga bevosita ta’sir ko‘rsatish ham, bavosita ta’sir ko‘rsatish ham mehnat bozori barcha sub’ektlarining manfaatlari balansini albatta hisobga olish eng samaralidir; Download 20.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling