Elektr yurituvchi kuch. Zanjirning bir qismi uchun Om qonuni. Berk zanjir uchun Om qonuni. Elektr manbaini o’z ichiga olgan berk zanjir bo’yicha birlik miqdordagi musbat zaryadni ko’chirishda tashqi kuchlarning bajargan ishiga teng fizik kattalikka manbaining elektr yurituvchi kuchi deyiladi.
(5)
Zanjirdan o’tayotgan tok kuchi faqatgina kuchlanishga emas, balki, zanjirga ulangan o’tkazgichning xossalariga ham bog’liq. Tok kuchining o’tkazgich xossasiga bog’liq bo’lishi turli o’tkazgichlarning turli elektr qarshilikka ega bo’lishi bilan tushuntiriladi. O’tkazgichning elektr o’tkazuvchanlik xususiyatiga teskari bo’lgan qarshilik o’tkazgichning uzunligiga to’g’ri proporsional, ko’ndalang kesim yuzasiga teskari proporsional va o’tkazgichning materialiga bog’liq bo’lgan fizik kattalikdir.
(6)
Bu yerda ρ- solishtirma qarshilik bo’lib, turli xil materialli o’tkazgichlar uchun turli qiymatlarga ega kattalik. Solishtirma qashilikning birligi qilib (XBS sistemasida) uzunligi 1 m, ko’ndalang kesim yuzasi 1m2 bo’lgan o’tkazgichning qarshiligi qabul qilingan. Birligi 1 Om.m
Qarshilik haroratga bog’liq. Qarshilikning haroratga bog’liqligi quyidagicha ifodalanadi.
(7)
O’z navbatida (8)
Bunda - qarshilikning harorat koeffitsiyenti deyiladi. Qarshilikning o’tkazgich 1K isitilgandagi nisbiy o’zgarishiga teng.
Toza metallar uchun ga teng.
Nemis fizigi Georg Simon Om tomonidan 1826 yilda tokli elektr zanjiri uchun taaluqli qonunlar yaratilgan.
Zanjirning bir qismi uchun Om qonuniga binoan tok kuchi o’tkazgichiga berilgan kuchlanish U ga to’g’ri proporsional va o’tkazgichning qarshiligi R ga teskari proporsionaldir.
(9)
Berk zanjir uchun Om qonuniga binoan elektr zanjiri orqali o’tayotgan tokning kuchi tok manbaining E.Yu.K.ga to’g’ri proportsional bo’lib, zanjirning tashqi va ichki rarshiliklarining yig’indisiga teskari proportsionaldir:
(10)
Do'stlaringiz bilan baham: |