O‘zgarmas, o‘zgaruvchi va jadval ko‘rinishidagi
Download 23.27 Kb.
|
paskalda
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’zgarmas miqdorlar. Belgili o‘zgarmaslar
- Darsning borishi I. Tashkiliy davr II. Takrorlash
- III. Yangi mavzuni o`rganish
- Qo‘zg‘almas nuqtali sonlar
- Satrli o‘zgaruvchilar
- Error 3: Unknown identifier
Mavzu: O‘zgarmas va o‘zgaruvchi miqdorlar Paskal tilida, asosan, uch xil: o‘zgarmas, o‘zgaruvchi va jadval ko‘rinishidagi miqdorlar ishlatiladi. Ular belgili, satrli, mantiqiy va sonli turdagi qiymatlarni qabul qilishi mumkin. O’zgarmas miqdorlar. Belgili o‘zgarmaslar apostrof ichiga olinga bitta belgi – harf, raqam yoki maxsus belgidan iborat. Masalan: ‘a‘;‘B‘; ‘9‘; ‘-‘, ‘ ‘ va hokazo. Satrli o‘zgarmaslar(belgilardan iborat satr) soni 0 tadan 122 ta belgigacha bo’lgan va apostrof ichiga olingan harf, raqam va maxsus belgilar ketma-ketligidan iborat. Masalan: ‘Toshkent‘; ‘A 549‘;‘B***M.‘; ‘47%‘; ‘BMA = ‘; ‘..-...-‘ va hokazo. Apostrof ichida hech narsa yozilmasa u bo’sh satr deyiladi
1) ta’limiy: O`quvchilarga Paskal tilida ishlatiladigan miqdorlarning turlari, ularni nomlanishi va tavsiflaninishi haqida ma’lumot berish 2) tarbiyaviy: o`quvchilrga iqtisodiy tejamkorlik tarbiyasi berish; 3) rivojlantiruvchi: O`quvchilarda Pskal dasturlash tilidan foydalanish ko`nikmalarni rivojlantirish. DTS: Paskal tilida ishlatiladigan miqdorlarning turlari, ularni nomlanishi va tavsiflaninishi haqida ma’lumotga ega bo`lish.
Paskal dasturlash tilining alifbosi haqida so‘zlab bering. Paskal dasturlash tilida ishlatiladigan arifmetik va mantiqiy amallarni izohlang. Operator nima? Paskalda dastur qanday qismlardan tashkil topadi? Dasturning tavsiflash qismi haqida ma’lumot bering. III. Yangi mavzuni o`rganish Paskal tilida, asosan, uch xil: o‘zgarmas, o‘zgaruvchi va jadval ko‘rinishidagi miqdorlar ishlatiladi. Ular belgili, satrli, mantiqiy va sonli turdagi qiymatlarni qabul qilishi mumkin. O’zgarmas miqdorlar. Belgili o‘zgarmaslar apostrof ichiga olingan bitta belgi – harf, raqam yoki maxsus belgidan iborat. Masalan: ‘a‘; ‘B‘; ‘9‘; ‘-‘, ‘ ‘ va hokazo. Satrli o‘zgarmaslar (belgilardan iborat satr) soni 0 tadan 122 ta belgigacha bo’lgan va apostrof ichiga olingan harf, raqam va maxsus belgilar ketma-ketligidan iborat. Masalan: ‘Toshkent‘; ‘A 549‘; ‘B***M.‘; ‘47%‘; ‘BMA = ‘; ‘..-...-‘ va hokazo. Apostrof ichida hech narsa yozilmasa u bo’sh satr deyiladi
– 2.753; 283.45; 0.517; – 0.0013. Qo‘zg‘aluvchi nuqtali sonlar – eksponensial ko‘rinishda (E yoki e yordamida) ifodalangan sonlardir. Sonlarni yozishning bu usuli juda kichik yoki juda katta sonlarni ifodalashda juda qulay. O’qilishi quyidagicha: 2.1E+07 – “2.1 ko’paytirilgan o’nning 7 - darajasi”; 2.301e–63 – “2.301 ko’paytirilgan o’nning minus 63 - darajasi”. Masalan, 3400000000 = 3,4·109 soni Turbo Pascalda 3.4E+09 kabi eksponensial ko‘rinishda yoziladi. E harfidan oldin yozilgan son mantissa, E harfidan keyin yozilgan son esa tartib deb ataladi. Mantissa butun yoki qo‘zg‘almas nuqtali son, tartib esa faqat butun son bo‘lishi mumkin. Masalan: 37.3879 E-3= 0.0373879; 5.31 E+5= 531000; -0.075 E-5= -0.00000075; -2.37 E-4= -0.000237 Paskal tilida tuzilgan dasturda tavsiflangan o‘zgarmaslar ishtirok etishi mumkin. Masalan, Const A=21071963; _m10m10=‘2301‘; Pi=3.141516; O‘zgaruvchi miqdorlar. O‘zgaruvchilar dasturning tavsiflash qismida albatta tavsiflanishi, yani ularning turi ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim. Dasturda o‘zgaruvchilarni tavsiflash Paskalning Var xizmatchi so‘zi bilan boshlanadi: Var o‘zgaruvchi : turi; o‘zgaruvchi : turi; Agar bir nechta o‘zgaruvchining turi bir xil bo‘lsa, ularni alohida tavsiflamasdan, birgalikda tavsiflash ham mumkin: Var 1-o‘zgaruvchi, 2-o‘zgaruvchi,…, n-o‘zgaruvchi : turi; Butun sonli qiymatlar qabul qiladigan o‘zgaruvchilar butun sonli o‘zgaruvchilar deyiladi. Ular 5 turga bo‘linib, bir-biridan qabul qiladigan qiymatlarining chegarasi hamda kompyuter xotirasidan egallaydigan joyi (hajmi) bilan farqlanadi. Quyidagi jadvalda butun sonli o‘zgaruvchilarni tavsiflash uchun zarur bo’lgan Paskalning maxsus so‘zlari, ularga mos qiymatlar chegarasi va egallaydigan xotira hajmi keltirilgan:
Masalan: var i, j: Integer; bma: longint; mmr: Shortint; tartib_raqam: Byte; nat_0: word; Butun sonlar ustida div (butun bo’lish) va mod (qoldiq) amallari o’rinli. Masalan: 25 div 4 = 6; 25 mod 4 = 1; 49 div 7 = 7; 49 mod 7 = 0. Haqiqiy sonli qiymatlar qabul qiladigan o‘zgaruvchilar haqiqiy sonli o‘zgaruvchilar deyiladi. Ularning turlari quyidagi jadvalda keltirilgan:
Masalan: var burchak, yoy_uzunligi : Real; mab : extended; daraja : Single; kub : double; haqiqiy : Comp; Jadvaldagi “Razryadi” sonning aniq raqamlari sonini bildiradi. Juda ko‘p hollarda real turli o‘zgaruvchilardan foydalanish yetarli bo‘ladi. Belgili o‘zgarmaslar qiymatini qabul qiluvchi o‘zgaruvchilar belgili o‘zgaruvchilar deyiladi. Ular Paskalning Char maxsus so‘zi yordamida tavsiflanadi. Masalan: var harf, belgi : char;
Var qator : String; {qator nomli o‘zgaruvchiga xotiradan 255 bayt ajratildi} _satr : String[24]; {_satr nomli o‘zgaruvchiga xotiradan 24 bayt ajratildi} Mantiqiy o‘zgaruvchilar Paskalning Boolean maxsus so‘zi orqali tavsiflanadi. Masalan: var natija : Boolean; katta, kichik : Boolean; Paskalda tilida tuzilgan dasturda faqat tavsiflangan o‘zgaruvchilar ishtirok etishi mumkin. Paskal translyatori tavsiflanmagan o‘zgaruvchilarni dasturda ishlatishga yo‘l qo‘ymaydi hamda xato xabarini ekranga “Error 3: Unknown identifier” (noma’lum identifikator, ya’ni bu holda noma’lum o‘zgaruvchi) yozuvi orqali ifodalaydi. Shuni yodda tutish zarurki, o‘zgaruvchilarga faqat tavsiflashda ko‘rsatilgan turdagi qiymatlarnigina berish mumkin bo‘ladi. IV. Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar Belgili o‘zgarmas deganda nimani tushunasiz? Misollar keltiring. Satrli o‘zgarmaslarning belgili o‘zgarmaslardan farqi nimada? Sonli o‘zgarmaslarning qanday turlarini bilasiz? Mantiqiy o‘zgarmaslar qanday qiymatlarni qabul qilishi mumkin? O‘zgaruvchilarning o‘zgarmaslardan farqi nimada? Download 23.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling