O`zgarmas tok mashinasining tuzilishi va


Rostlash xarakteristikasi


Download 26.64 Kb.
bet5/7
Sana22.02.2023
Hajmi26.64 Kb.
#1222492
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Ozgarmas tok mashinasining tuzilishi va ishlash prinsipi. Ozga

Rostlash xarakteristikasi generator qismlaridagi kuchlanish va yakorning aylanish tezligi o„zgarmas bo„lganida uyg„otish tokining yuklama toki bilan qanday bog„langanligini ko„rsatuvchi egri chiziqdir:
Ug=const va n=const bo‘lganda Iy=f(Iya).
Elektr energiyasi iste‟molchilari (elektr dvigatellari, lampalar va b.) ning yaxshi ishlashi uchun manbadan olinadigan kuchlanish yuklama o„zgarishiga bog„liq bo„lmay nominal qiymatga teng bo„lishi kerak.
Shuntli generatorlarda yuklama o„zgarishi bilan kuchlanishni miqdor jihatdan bir xil saqlash imkoniyati bor. Buning uchun uyg„otish zanjiridagi rostlash reostati yordamida uyg„otish toki Iu, shuningdek, magnit oqimi F va EYuK Ye o„zgartirilib, kuchlanishni U=const tarzida ushlab turiladi. Barcha generatorlar kuchlanish rostlagichi bilan jihozlanadi.

Demak, rostlash xarakteristikasi turli yuklamalarda generatorlarning qismalaridagi kuchlanishni bir hil (o„zgarmas) qilib ushlab turish uchun uyg„otish tokini qancha o„zgartirish kerakligini ko„rsatadi.
O„zgarmas tok generatori sanoat qurilmalarining (elektroliz va galvanik qurilmalari) past kuchlanishli o„zgarmas tok iste‟mol qiladigan manbalari hisoblanadi. Undan sinxron generatorning uyg„otgichi sifatida ham foydalaniladi. Ayniqsa, maxsus o„zgarmas tok generatorlari (payvandlashda, poezdlarni yoritish uchun ishlatiladigan generatorlar, o„zgarmas tok kuchaytirgichlari, akkumulyatorlarni zaryadlash uchun generatorlar) keng tarqalgan.

Ketma-ket uyg‘otishli generator


Ketma-ket uyg„otishli generatorda magnit oqimi hosil qilish uchun yuklama tokidan foydalanish mumkin, buning uchun generatorning uyg„otish chulg„ami yakor bilan o„zaro ketma-ket ulanadi. Bunday generatorda yakor toki bilan uyg„otish toki qiymat jihatdan nagruza tokiga teng bo„ladi,
ya‟ni;
Iya=Iy=I.
Demak, generatorni faqat yuklama bo„lgan holdagina uyg„otish mumkin. Shuning uchun bunday generatorlarning salt ishlash xarakteristikasini olib bo„lmaydi. Generatorda yuklama bo„lmaganda Iy=I=0 bo„ladi, generator qismlaridagi kuchlanish faqat qoldiq magnetizm hisobiga hosil bo„ladi. Agar generatorning salt ishlash xarakteristikasini olish talab etilsa, uning uyg„otish chulg„amiga tashqaridan (alohida manbadan) tok yuboriladi.
Generator qismlaridagi kuchlanish yakorda induksiyalangan EYuK dan yakor va uyg„otish chulg„amlaridan kuchlanishning pasayishi miqdoricha kichik bo„ladi:

bunda
U=E-Iya(Rya+Ry) E=cFp;


F= .
RM

Kuchlanishning yuklamaga qarab o„zgarishi ferromagnit materiallarning magnitlanish qonuniga yaqin bo„ladi, chunki magnit oqimi F ning uyg„otish toki Iy ga qarab o„zgarishi magnitlanish xarakteristikasi B=f(H) dan iborat.
Yuklama toki ortishi bilan magnit oqim ko„p ayadi, kuchlanish ortadi. Ammo tok katta bo„lsa, to„yinish hodisasi tufayli magnit oqimi deyarli ko„p aymaydi. Yakor va uyg„otish chulg„amlari kuchlanishninig pasayishi ortadi, shuningdek, yakor reaksiyasi ham kuchayadi. Natijada mashina qismlaridagi kuchlanish pasaya boshlaydi.
Elektr energiyasining odatdagi iste‟molchilari uchun bunday xarakteristika to„g„ri kelmaydi, chunki ular kuchlanishning o„zgarmas bo„lishini talab etadi. Shuning uchun o„zgarmas tok olishda bunday generator

ishlatilmaydi. U faqat maxsus sxemalarda volt qo„shuvchi mashinalar tarzida qo„l laniladi.
Ketma-ket uyg„otishli generatorlar uchun rostlash xarakteristikasi olinmaydi.

Download 26.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling