O‘zgaruvchan elektr toki deb qiymati va yo‘nalishi vaqt kesimida o‘zgaruvchi tokga aytiladi
Download 8.29 Kb.
|
Бир фазали ўзгарувчан ток занжирларини ҳисоблаш
O‘zgaruvchan elektr toki deb qiymati va yo‘nalishi vaqt kesimida o‘zgaruvchi tokga aytiladi. O‘zgaruvchan tok egri chizig‘i shakli turlicha bo‘ladi. Quyidagi grafiklar orqali ko‘rishimiz mumkin. 1-rasm. O‘zgaruvchan egri chizig‘iga namunalar Ko‘rilayotgan vaqt onida o‘zgaruvchan tok qiymatini oniy qiymat deb ataladi va kichik harfi bilan belgilanadi. Oniy tokni bir xil vaqt ichida takrorlanib tursa, davriy tok deb ataladi: . O‘zgaruvchan tok qiymati takrorlanadigan eng kichik vaqt oralig‘i davr deb ataladi. Davr sekundda o‘lchanadi [s]. Sinusoidal qonunga ko‘ra o‘zgaruvchi davriy tok sinusoidal tok deb ataladi. Sinusoidal tok oniy qiymati quyidagi formuladan aniqlanadi: bu yerda: – tokning maksimal yoki amplituda qiymati. Sinusoidal tok yoki kuchlanish amplituda qiymatini ossillograf yordamida o‘lchash mumkin. Sinusoidal funksiya argumenti ni faza deb ataladi. vaqt onida fazaga teng qiymatini boshlang‘ich faza deb ataladi. Faza radian [rad] yoki gradusda o‘lchanadi. Davrga teskari qiymatni chastota deb ataladi. Chastota gers [Hz] da o‘lchanadi. aylanish (yoki burchak) chastotasi deb ataladi va ushbu burchak chastotasi [rad/s] da o‘lchanadi. Agar sinusoidal toklar boshlang‘ich fazasi bir xil chastotalarda bir xil bo‘lsa ushbu toklar fazasi mos kelishini bildiradi. Agar faza bo‘yicha bir xil bo‘lmasa toklar faza bo‘yicha siljigan deyiladi. Ikki sinusoidal tok faza siljishi boshlang‘ich fazalar farqidan topiladi: Elektromagnit tizimdagi ampermetr va voltmetrlar o‘zgaruvchan tok va kuchlanishning amaldagi qiymatini o‘lchaydi. O‘zgaruvchan tok amaldagi qiymati deb davrdagi tokning o‘rtacha kvadratiga aytiladi. sinusoidaning ta’sir etuvchi qiymatini quyidagicha aniqlash mumkin: Kuchlanish va EYuK ning ta’sir etuvchi qiymati ham shu tarzda aniqlanadi: Tok va kuchlanish oniy qiymati uchun Om va Kirxgof qonunlari: Tokning oniy qiymati uchun Om qonuni Oniy qiymatlar uchun Kirxgof qonuni , . Download 8.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling