Ozgʻinlik, sabablari, profilaktikasi, zararli taʼsirlari. Samarqand Davlat Tibbiyot Universiteti Shernazarov Farrux Azimov Amirjon Azimova Sarvinoz Namozov Alisher Annotatsiya


Download 32.68 Kb.
bet2/4
Sana09.06.2023
Hajmi32.68 Kb.
#1475865
1   2   3   4
Bog'liq
Ozgʻinlik T

Подробнее
music.vk.com
Реклама
Ruhiy tomondan ular faqat qanday ozish haqida oʻylaydigan, depressiyaga moyil, doim tushkun kayfiyatdagi, jizzaki xarakter egalaridir. Anoreksiyaning keyingi bosqichlarida bemor vujudini lanjlik, xorgʻinlik, harakatsizlik egallab oladi.
Kasallik jiddiy tus olganda organizm ochlikdan holdan toyishi natijasida kaxeksiya (oʻta ozgʻinlik) oqibatida faqat teri va suyak qoladi, qoʻl va oyoqlar doim sovuq boʻladi. Yurak maromi sekinlashib bradikardiya kuzatiladi. Qon bosim ham tushib ketadi. Doimiy gabzat kuzatiladi. Tanada vitamin yetishmovchiligi belgilari paydo boʻladi. Qizlarda amenoreya (hayz bir necha oy toʻxtashi), , 
Bu holat bepushtlikka olib kelishi mumkin. Ammo bu kasallik bedavo emas. Oʻz vaqtida chora koʻrilsa bemor shifo topishi mumkin.
OZG’INLIK VA SEZMIZLIK XAVFLARI — VAZN BILAN BOG’LIQ SALOMATLIK MUOAMMOLARI
Yaqin kunlargacha bir narsa aniq edi: ortiqcha vazn — keraksiz muammolar. Bugungi kunda esa vazn tanqisligi yoxud ozg’inlik to’lacha bo’lishdan ko’ra xavfli ekanligi aniqlandi.
Tana vaznining ortiqligi ham, yetishmasligi ham odamlar sog’ligi uchun xavf tug’diradi. Biroq, zamonaviy g’oyalar bo’yicha, ayniqsa, 40 yoshdan oshgan kishilarda o’rtacha to’lachalik vazn yetishmasligidan afzalroqdir.

Ozg’inlik (ayniqsa, yaqqol seziladigan) kamdan-kam hollarda «yo’q joydan» paydo bo’ladi. Odatda u asteniya, parhezda oziq-ovqat moddalarining yetarlicha emasligi yoki aniqlanmagan surunkali kasalliklar bilan bog’liq bo’ladi. Shuning uchun, odatda, ozg’in odamlarning hayotiy kuchlari bekorga baquvvat odamlar deb atalmaydigan to’lacha odamlarnikiga qaraganda kamroq bo’ladi.


Shuni esda tutish kerakki, organizm farovonligining muhim ko’rsatkichi nafaqat to’g’ri, balki barqaror vaznga ega bo’lish ham hisoblanadi. Doimiy vazn o’zgarishlari ham salomatlik, ham umumiy ahvolga salbiy ta’sir ko’rsatadi.
VAZN TANQISLIGINING XAVFLARI
1. AQLI ZAIFLIK
Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, 50 yoshdan 60 yoshgacha bo’lgan past vaznli odamlarda dementsiya (qarilik aql zaifligi) normal og’irlikdagi tengdoshlariga qaraganda ko’proq uchraydi. Hozircha buning sabablari aniq emas.
2. BEPUSHTLIK
Yog’ to’qimalarining yetishmovchiligida jinsiy gormonlar sintez qilinmaydi, o’z navbatida bu gormonlarning yetishmovchiligi reproduktiv funktsiyani «o’chirib qo’yadi»: erkaklarda spermatzoidlar ishlab chiqarilishi zaiflashadi, ayollarda esa hayz sikli yoki to’xtaydi, yoki buziladi va tuxum hujayra yetilishi jarayoni buziladi. Yog’ to’qimalari tanqisligi bo’lgan ayollarda homiladorlikning to’xtashi xavfi ehtimoli 72 foizga ortadi.


Download 32.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling