Ozgʻinlik, sabablari, profilaktikasi, zararli taʼsirlari. Samarqand Davlat Tibbiyot Universiteti Shernazarov Farrux Azimov Amirjon Azimova Sarvinoz Namozov Alisher Annotatsiya


Download 32.68 Kb.
bet3/4
Sana09.06.2023
Hajmi32.68 Kb.
#1475865
1   2   3   4
Bog'liq
Ozgʻinlik T

3. PSIXIKA BILAN BOG’LIQ MUAMMOLAR
Vazni kam bo’lgan shaxslar depressiyalar va kayfiyat o’zgarishlariga moyil bo’lishadi. Buning sababi — ratsionda oziqa moddalarining yetishmasligi va gormonal disbalans. Depressiya aziyat chekuvchi bemorlarda, masalan, foliy kislota darajasi oddiy odamlarnikiga nisbatan o’rtacha 25%ga past bo’ladi. Kayfiyat yo’qligini ratsionda uglevodar yetishmovchiligi ham keltirib chiqaradi, buning sababi uglevodlar yaxshi kayfiyat uchun javob beradigan moddalar ishlab chiqarishni rag’batlantiradi (serotonin va triptofan).
4. OSTEOPOROZ
Tana og’irligining yetishmovchiligi deyarli har doim suyak zichligining pastligini anglatadi, bu o’z navbatida osteoprozga o’tadi.
osteoproz kasalligi
5. IMMUNITETNING PASAYISHI
Oziqa moddalarning yetishmasligi shuningdek immunitet pasayishiga olib keladi. Eritrositlar (qizil qon tanachalari) ishlab chiqarish uchun mas’ul bo’lgan temir va B vitaminlarining yetishmasligi ayniqsa xavflidir. Bunday bemor tez-tez shamollaydi, doimo sovqotadi, tezda charchaydigan bo’ladi (temir tanqisligi surunkali charchashga olib keladi) va yo’q joydan asabiylashadi.
immunitetning oshirish
ORTIQCHA VAZN XAVFLARI
1. SARATON
Ortiqcha vazn, ayniqsa semizlik, 12 ta saraton turi (qizilo’ngach, qalqonsimon bez, oshqozon, jigar, buyrak, miya, oshqozon osti bezi, sut bezlari, o’t pufagi, endometriy, tuxumdon va yo’g’in ichak saratoni) rivojlanishi xavfini oshiradi. Olimlarning ta’kidlashicha, ortiqcha vazn gormonal fon va metabolizmni buzadi, bu hujayralardagi mutatsiyalarga olib keladi.
2. QANDLI DIABET
Yog’ to’planmalari uglevodlar almashinuvi va insulinning sezuvchanligi buzilishiga, bu o’z navbatida qandli diabedning rivojlanishiga olib keladi. Shifokorlar hisoblashicha, kasallik xavfi vazn 20% ortiqcha bo’lganidayoq ortadi.
3. BO’G’IM KASALLIKLARI
Ortiqcha og’irlik tog’ay va bo’g’imlarning shikastlanishini tezlashtiradi. Masalan, har bir qo’shimcha kilogramm tizza bo’g’imiga tushadigan yukni taxminan 4 kg`ga oshiradi. Natijada artrit, artroz, osteoartrozlar rivojlanadi.


Download 32.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling