Oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi
Download 1.6 Mb. Pdf ko'rish
|
Fayzulla diplom tayyori
Xujjat
Imzo Sana 5-rasm. Tariq doni: a-to‘liq etilgan don; b-puch don 6-rasm. Tariq yadrosining ko‘ndalang kesmdagi ko‘rinishi. a-qobiq; b-aleyron qavat; v- murtak; g-ildizcha; d-endosperm; e- murtakcha Tariq yadrosiga qobig‘i zich joylashgan. Gul qobiq qalinligi 0,1-0,15 mm bo‘lib, 3-4 qavat to‘qimadan iborat. Asosan kletchatka, pentozanlar va mineral moddalardan tashkil topgan. Qobiqdorlik 14-23% bo‘lishi mumkin. Puch tariq donida qobiqdorlik 65,5% ga borishi mumkin. Puch donlar to‘pguldagi gullashning barobar bormasligi, donning barobar yetishmasligi natijasida hosil bo‘ladi (don yetilishi 10-12 kun). Tariq yadrosi sariq rangli yoki krem tusli bo‘ladi. Sariq yadrosi shaffof bo‘lib, texnologik xossalari yuqori. Urug‘ va meva qobig‘i yadroni yupqa, rangsiz qatlam bilan qoplagan bo‘dib 3% ni tashkil etadi. Aleyron qatlam bir qator yupqa to‘qimalardan iborat, yadroning 6% ni tashkil etadi. 7-rasm. Tariq donining ko‘ndalang kesimi. a, b-qobiqlar; v-aleyron qatlam; g- endosperm. 30 O’zg. Varoq Varoq Xujjat Imzo Sana 2-jadval Tariq donining kimyoviy tarkibi, %. Don qismlari Oqsil Azot bo‘lmagan moddalar Yog‘ Kletchatka Mineral moddalar Don 13,4 60,9 4,3 11,2 3,8 Yadro 14,9 71,8 4,7 0,8 1,0 Endosperm 12,9 81,6 1,4 0,6 0,5 Murtak 25,4 9,6 23,1 4,1 6,9 Gul qobig‘i 4,2 0,3 0,4 54,1 12,1 Tariqning endospermi ko‘p qirrali, yupqa devorli to‘qimalardan iborat bo‘lib, 65-70% tashkil etadi. Murtak 3-5%. Tariq oqsili kleykovina hosil qilmaydi. Tariq doni fosfor va magniyga boy. Mikroelementlaridan rux, yod, mis, vitaminlardan B 1 , B 2 , PP bor. Tariq gul qobig‘ining rangiga ko‘ra tiplarga bo‘linadi. I tip. Oq va kremli; II tip. Och qizil rangdan to‘q qizil va jigar ranggacha; III tip. Tilla rang sariqdan to‘q kulrang sariq ranggacha. Download 1.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling