Oziq-ovqat mahsulotlarining kimyoviy tarkibi
Download 34.49 Kb.
|
18. hilola
Pektin moddalari. Bu moddalar ham polisaxaridlar sinfiga mansub
bo'lib, ko'pincha meva-rez:avor va sabzavotlarda uchraydi. Pektin moddalari um uman protopektin, pektin, pektat kislotalar holida uchrab, meva va sabzavotlardagi miqdori 0 , 1—2,5 %ni tashkil etadi. Protopektin suvda erimaydi, pektin esa suvda eruvchan moddadir. Meva va sabzavotlar pishish jarayonida erimaydigan protopektin eruvchan pektinga aylanadi. Shakar eritmasiga kislotalar va pektin moddalari qo'shib qaynatilsa, yelimshak moddalar hosil bo'ladi. Pektinning xususiyatlaridan foydalanib, ko'pgina qandolat mahsulotlari tayyorlanadi. Lipidlar. Oziq-ovqat mahsulotlari tarkibida suvda erimaydigan, a m m o organik e rituvchilarda yaxshi eriydigan tabiiy birikm alar uchraydi. Bunday birikmalar lipidlar deb ataladi. Lipidlar kimyoviy tarkibi, tuzilishiga qarab yog'lar, m umlar, fosfatidlar, glikolipidlarga bo'linadi. Shulardan eng k o 'p tarqalgani yog'lardir. Yog'lar. Yog'lar yuqori kaloriyaligi va biologik faolligi uchu n oziq- ovqatning zarur tarkibiy qismi hisoblanadi. O rganizm da 1 g yog' yonganda (oksidlanganda) 37,7 kJ (9,3 kkal) issiqlik ajraladi, ya'ni 1 g uglevod yonganidagiga nisbatan taxm inan ikki baravar ko'proq issiqlik chiqadi. Bundan tashqari, yog‘ iste’mol qilinishi natijasida organizm eng zarur, yog'da eruvchi A, D va E vitaminlarini ham yog'lar hisobiga oladi. Shuni ham aytish kerakki, yog'ning kishi salom atligi u c h u n to 'y in m a g a n yog' kislotalari m anbai sifatida ahamiyati beqiyosdir. Yog'lar organizmda oqsillar va uglevodlar bilan bir qatorda hujayralarning asosiy kom ponentlaridan biri hisoblanadi. Kundalik sarf qilingan energiya miqdoriga qarab yog'larning kishi boshiga bir kunlik o 'rta c h a iste’mol m e ’yori 80— 100 g deb qabul qilingan. Yog'lar nim adan olinishiga qarab, o'simlik moylari va hayvon yog'lariga bo'linadi. Odatda, o'simliklarning meva va urug'laridan moy ajratib olinadi. Har xil o'simliklar uchun tarkibidagi moy miqdori turlicha bo'ladi. Masalan, chigitda 16—29, kungaboqar urug'ida 33—57, zig'irda 37—50, yong'oqda 60—74, soyada 14—25, yeryong'oqda esa 40— 61 % miqdorida moy bo'ladi. Shuning uchun ham bu o'simliklar moy beradigan o'sim liklar deb yuritiladi. Hayvon yog'lariga esa eritilgan mol, qo'y, c h o 'c h q a yog'lari, uy parrandalari yog'i (tovuq, g'oz, o'rd ak , kurka), ilik yog'i, dengiz sut emizuvchi hayvonlari va baliq yog'lari kiradi. Y o g 'l a r k im y o v iy ta r k ib ig a k o 'r a , y u q o ri m o le k u la li y og ' kislotalarining uch atomli spirtlar (glitserin) bilan hosil qilgan murakkab efirlaridir. Demak, yog'lar quyidagi umumiy tuzilishga ega: bunda, R p R2, R, — yog' kislotalarining radikallaridir. Shu sababli, bunday tuzilgan yog'lar triglitseridlar ham deb ataladi. Triglitseridlarning tarkibida glitserinning hissasi 10 %ni, yog' kislotalarining hissasi esa 90 %ni tashkil etadi. Yog'larning fizik-kimyoviy xususiyatlari glitserin bilan efir yog'larini hosil qiluvchi yog' kislotalari tabiati bilan aniqlanadi. Yog'lar tarkibida uchraydigan kislotalar to'yingan va to'yinm agan bo'ladi. Yog'larning uy harorati sharoitida qattiq yoki suyuq bo'lishi tarkibida qanchalik darajada to'yingan va to'yinmagan kislotalar borligi bilan tavsiflanadi. Qattiq yog'larda, ya’ni hayvon yog'lari tarkibida to'yingan yog' kislotalaridan palmitat, stearinat, laurinatlar k o 'proq bo'ladi. O'simlik moylarida esa juda ko'p tarqalgan to'y inm ag an yog' kislotalari — oleinat, linolat, linolenat kislotalari mavjud. Shuning uchun ham o'simlik moylari oddiy sharoitda suyuq bo'ladi. Yog'lar tarkibida yuqori molekulali to'yingan yog' kislotalarining bo'lishi ularning erish haroratining ortishiga olib keladi. Yog'larning erish harorati qancha yuqori bo'lsa, odam organizmida shuncha qiyin hazm bo'ladi. Download 34.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling