Oziq-ovqat sanoatida suv oʻtlar va zamburugʻlar ahamiyati Reja Suv oʻtlar haqida maʼlumot Zamburugʻlar haqida maʼlumot Oziq-ovqat sanoatida ishlatiladigan suv oʻtlar va zamburugʻlar ahamiyati Suv oʻtlar
Download 44.86 Kb.
|
oziq ovaqt
Oziq-ovqat sanoatida suv oʻtlar va zamburugʻlar ahamiyati Reja 1. Suv oʻtlar haqida maʼlumot 2. Zamburugʻlar haqida maʼlumot 3. Oziq-ovqat sanoatida ishlatiladigan suv oʻtlar va zamburugʻlar ahamiyati Suv oʻtlar- (Algae)dunyochasi; sodda tuzilgan, asosan, suvli muhitda oʻsadi. Suv oʻtlar bir hujayrali mikroskopik kattalikda koloniya boʻlib yashaydigan, koʻp hujayrali va uzunligi 60 m gacha boʻlgan turlarni oʻz ichiga oladi. Ayrim turlarida toʻqimalar rivojlangan. Tanasining hujayralari ixtisoslashmagan, oʻtkazuvchi toʻqimalari rivojlanmagan. Rizoidlari substratga yopishish uchun xizmat qiladi. Koʻkyashil va proxlorofit Suv oʻtlar — prokariotlar; ularni, odatda, mustaqil guruh sifatida sianobakteriyalarga, evglenasimon Suv oʻtlar.ni koʻpincha bir hujayrali hayvonlarga (xivchini boʻlishi, ayrim turlarining golozoy oziqlanishi tufayli) kiritiladi. Eukariot Suv oʻtlar hujayrasi xloroplastlari (xromatoforlari)da pirenoid, harakatchan Suv oʻtlar.da xivchin, baʼzan koʻzcha, qisqaruvchi vakuola boʻladi. Koʻpchiligi avtotrof, bir qancha turlari geterotrof va golozoy oziklanadi. Suv oʻtlarning bir qismi geterotrof, jumladan, parazit oziqlanishga oʻtgan. Vegetativ, jinssiz va jinsiy (gologamiya, izogamiya, anizogamiya, oogamiya) koʻpayadi. Suv oʻtlar zoosporalar hosil qilib koʻpayishi bilan yuksak oʻsimliklardan farq qiladi. Biokimyoviy xususiyati (pigmenti, hujayra qobigʻi tarkibi, zaxira oziq moddalar xili)ga va gʻujayrasining submikroskopik tuzilishiga binoan, Suv oʻtlar. 8 boʻlim; koʻkyashil suv oʻtlar , qizilsuv oʻtlar , oltin tusli suv oʻtlar, diatom suv oʻtlar, pirrofit suv oʻtlar,qoʻngʻirsuv oʻtlar, sariqyashil suv oʻtlar, evglenasimon suv oʻtlar yashil suv oʻtlar ajratiladi. 41000 dan ortiq turi maʼlum. Dengizlarda qirgʻoqdan boshlab 200 m gacha va undan ham chuqurroqda, chuchuk va oʻta shoʻrlangan suv havzalari, qaynoq buloqlar, tuproqda, jumladan, togʻ va dashtlarda uchraydi. Xivchinli davrga ega boʻlgan Suv oʻtlar 2 guruhga boʻlinadi: a va v xlorofillga ega boʻlgan yashil Suv oʻtlar (evglenasimonlar, yashil suv oʻtlar) hamda v xlorofillsiz, lekin koʻpincha s xlorofillga ega boʻlgan sariqqoʻngʻir Suv oʻtlar(tillarang , diatom, sariqyashil S). suv oʻtlarning har xil boʻlimlari turli xil bir xujayrali organizmlardan mustaqil holda kelib chiqqanligi taxmin qilinadi. Suv oʻtlar biosferada organik moddalarni ilk bor hosil qiluvchi organizmlar sifatida juda katta ahamiyatga ega; okeanlarda Si biomassasi 1,7 mlrd. t ga yaqin (1 yilda 550,2 mlrd. t). Suv oʻtlar 1 ga suv yuzasiga nisbatan 1,3—2,0 t quruq biomassa hosil qiladi. Yer atmosferasida erkin kislorodning paydo boʻlishi ham suv oʻtlar bilan bogʻliq. Suv oʻtlar eng qad. organizmlar boʻlib, ulardan boshqa oʻsimliklar kelib chiqqan. Koʻpchilik bir xujayrali suv oʻtlar zamburugʻlar bilan simbioz yashashi tufayli lishayniklar xosil boʻlgan . Suv oʻtlarning Yer yuzidagi geokimyoviy ahamiyati kalsiy va kremniyning tabiatda aylanishi (diatom suv oʻtlar. qoldiqlari) bilan bogʻliq. Yirik suv oʻtlar ovqat uchun ishlatiladi, chorva ozigʻi sifatida qoʻllanadi va tibbiyotda alginatlar, yod va mikrobiologiya sanoati uchun zarur boʻlgan agaragar olinadi. Laminariya, makrotsista, porfira va boshqa suv oʻtlar dengizlarda maxsus koʻpaytiriladi Koʻpchilik suv oʻtlardan oqova suvlarni biologik tozalash va suv havzalarining ifloslanishini aniqlashda bioindikator sifatida foydalaniladi. Suv oʻtlarni oʻrganuvchi fan — algologiya deyiladi. Zamburug’lar haqida tushuncha. Zamburug’lar (micota) – tuban o’simliklarning xlorofilsiz va tuzilishi juda turli-tuman bo’lgan eng katta bo’lim hisoblanadi. Zamburug’lar tayyor organik moddalar hisobiga yashaydi, ya’ni geterotrof organizm hisoblanadi. Odatda o’simliklarda, tuproqda, suvda, hayvonlarda yoki ularning qoldiqlarida hayot kechiradi. Oziqlanish usuliga qarab parazit va saprofit zamburug’larga bo’linadi. Parazit xolda ovqatlanish tirik organizm hisobiga, saprofit holda oziqlanish o’lik organizm hisobiga boradi. Yer yuzida zamburug’larning odamlar va hayvonlar uchun zararli va foydali bo’lgan 100.000 dan ortiq turi uchraydi. O’zbekistonda esa 3000 ga yaqin turi tarqalgan. Zamburug’lar haqidagi fan mikologiya deb ataladi. Tuzilishi. Ko’pchilik zamburug’larning (ba’zi hujayra ichki parazitlaridan tashqari) vegetativ tanasi mitseliy ko’rinishida, ya’ni oziqlanish substrat sirtiga yoki ichiga taralib, uchidan o’sadigan ingichka ipcha – gifalardan iborat. Gifalar qisqa yoki uzun, oddiy yoki shoxlangan, bir hujayrali yoki ko’p hujayrali, tarmoqlangan yoki tarmoqlanmagan, bir yadroli, ikki yadroli, ko’p yadroli bo’ladi. Gifalarning eni 1 – 15 millimetr, bo’yi esa bir necha metrgacha bo’lishi mumkin. Gifalar asosan monopodial, qisman simpodial o’sadi. Gifalarning hujayra po’sti xitin moddasidan tuzilgan. Gifalar to’planib mitseliy hosil qiladi. Zamburug’larning tanasi yoki mitseliysi substrat ichida rivojlansa, endogen mitseliy, substrat yuzasidan taraqqiy etsa ekzogen mitseliy deyiladi. Ko’pchilik zamburug’larda endogen mitseliy uchraydi. Bunday mitseliy oziq moddalar bilan to’la taminlanishga imkon beradi, hamda ularning vegetativ tanasini haroratning keskin o’zgarishidan: sovuqda muzlab qolishidan, issiqda qurib qolishidan saqlaydi. Mitseliy hujayralari po’st, sitoplazma va yadrodan iborat. Zamburug’larda zaxira oziq moddalar sifatida – glikogen, valyutin va moy tomchilari hosil bo’ladi.Ayrim zamburug’larning vegetativ tanasi murakkab tuzilgan bo’lib, ularning spora hosil qiluvchi organi mevatana ham mitseliy gifalarining o’zaro zichlashib, birikib o’sishidan hosil bo’ladi. Ko’p zamburug’larning mitseliysi noqulay sharoitda tinim davrini o’taydi va bu davrga o’tish oldidan birmuncha quriydi. Shu bilan unda fermentatsiya jarayonlari ham to’xtaydi, lekin qulay sharoitga tushishi bilan unda mitseliy yoki mevatana hosil bo’ladi. Zamburug’larda qoplovchi, o’tkazuvchi to’qimalar bo’lmaydi. Ularda faqat chiqaruvchi to’qima, ba’zilarida sutli naylar bo’ladi. Chiqaruvchi to’qimada oshlovchi modda – dubil, hamda smolaga o’xshash modda chiqarilib turadi. Sutli naylarida zaharli modda – alkaloidlar va boshqa moddalarni uchratish mumkin. Zamburug’lar bir yillik, ikki yillik, hamda ko’p yillik bo’ladi. Zamburug’larning ko’pchiligi ikki yillikdir. Mitseliylarning asosiy qismi substrat orasida joylashib, osmos qonuni asosida oziq moddalarni so’rib oladi. Bir hujayrali zamburug’lar. Ular yumaloq yoki ellips shakildagi alohida-alohida hujayralardir. Masalan: achitqi zamburug’lari. Hujayrasi qobig’ining kimyoviy tarkibi bir xil emas. Po’st hech qachon sellyulozali bo’lmay, unga turli azotli moddalar aralashgan bo’ladi. Ularda bir nechta yadro bo’ladi. Ular kraxmal hosil qilmaydi, uning o’rniga boshqa uglevod glikogen hosil qiladi. Hujayrada ozuqa modda sifatida glikogen va yog’ tomchilari to’planadi. Alohida tuzilmalar – mevatanalar ko’payish funksiyasini bajaradi. Parazit zamburug’larda – gaustoriya hosil bo’ladi.Zamburug’lar tallofit o’simliklardir, chunki ular ham hech qachon suvo’tlari singari haqiqiy to’qima hosil qilmaydi va ularning tanasi qismlarga (bargga, poyaga, ildizga) bo’linmagan. Ularning ko’pchiligi mikroskopik mayda bo’lib, nonda mog’or, o’simlik barglarida zangsimon dog’lar va shunga o’xshash shakllarda ham ko’rinadi. Zamburug`larning-ko`payishi. Zamburug’lar vegetativ va reproduktiv (jinssiz va jinsiy) usullarda ko’payadi. Vegetativ ko’payishi. Vegetativ ko’payishi mitseliy ipchalarining bo’linishi bilan amalga oshadi. Bu bo’lakchalar har xil yo’l bilan tarqalib, qulay sharoitga tushganda yangi mitseliysi hosil bo’ladi. Ba’zi bir zamburug’larda vegetativ ko’payishda kurtaklanib ko’payadi. Bunga achitqi zamburug’ini misol qilib keltirish mumkin. Achitqi zamburug’i bir hujayrali, haqiqiy mitseliysi bo’lmagan mikroskopik organizmdir. Hujayrasi bir yadroli, oval shaklda bo’ladi. Uning hujayrasi qobiq bilan o’ralgan sitoplazma, mag’iz va vakuoldan tashkil topgan. Achitqi zamburug’i xamir tarkibidagi kraxmal moddasi bilan oziqlanadi va uni parchalab, spirt bilan karbonat angidrid gaziga aylantiradi. Hosil bo’lgan gaz pufakchalari og’ir xamir massasini ko’tarib chiqadi, xamir oshadi. Natijada xamir g’ovak va yengil bo’lib qoladi. Kraxmal parchalanganda hosil bo’lgan spirt esa xamirga tam beradi. Achitqi zamburug’lar yaxshi sharoitda juda tez, kurtaklanib ko’payadi. Bunda zamburug’ hujayrasi ustida bo’rtma hosil bo’ladi va u o’sib kattalashadi, so’ngra ona hujayradan ajralib chiqib, mustaqil yashay boshlaydi. Achitqi zamburug’larining ishtirokisiz non yopib, pivo tayyorlab bo’lmaydi. Respublikamizda non zavodlari, pivo zavodlari, novvoyxonalar va uy sharoitida non yopish ehtiyojini ta’minlash uchun zavodlarda achitqilar (turishlar) tayyorlanadi.Achitqilar – achitqi zamburug’larining to’plamidir. Quritilib, taxtakachlangan achitqi zamburug’lari sovuqda ko’paymaydi, lekin uzoq vaqtgacha tirik turadi. Achitqini shakar eritmasiga solib, iliq joyga qo’yilsa, undagi zamburug’lar darrov jonlanib, haddan tashqari tez ko’paya boshlaydi. Achitqi zamburug’lari xalq xo’jaligida va turmushda keng qo’llaniladi. Muhim fiziologik xususiyatlari. Zamburugʻlar. rivojlanishi uchun kislorod zarur boʻlib, aerob organizm hisoblanadi. Lekin ayrim turlari, masalan, achitqi zamburugʻlar iga ozgina kislorod ham yetarli. Koʻpchilik turlari (spirtli, limonli) achitish xususiyatiga ega. Ular 20-25° da yaxshi oʻsadi, baʼzilari 2-4° da ham oʻsaveradi. Zamburugʻlarning oʻsishi uchun yorugʻlik zarur emas, lekin quyosh nuri ularning oʻsishi va spora hosil qilishiga salbiy taʼsir etadi. Tabiat va inson hayotidagi ahamiyati. Tuproqda yashaydigan zamburugʻlar oʻsimlik qoldiqlari (jumladan, qiyin parchalanadigan sellyuloza va lignin)ni yemiradi va minerallashtiradi. Yogʻochlarni, asosan, poʻkak zamburugʻlar yemiradi. Bu mikroorganizmlarning koʻpchilik turlari oʻsimliklarda turli kasalliklarni koʻzgʻatadi. Odamlardagi qator kasalliklar: kal, kirma temiratki va boshqalarlarni ular koʻzgʻatadi. Foydali zamburugʻlar ham koʻp. Penicillium va Aspergilius turkumiga mansub zamburugʻlardan vitaminlar, antibiotiklar, limon kislota va steroid dori vositalar olishda foydalaniladi. Achitqi zamburugʻlar vino, non, pivo tayyorlashda ishlatiladi. Ulardan koʻnchilik, toʻqimachilikda va sanoatning boshqa tarmoqlarida qoʻllaniladigan turli fermentlar olinadi. Dunyoning koʻpgina mamlakatlarida zamburugʻlar ovqatga ishlatiladi; isteʼmol qilinadigan Z. ning turi 100 dan ortadi. Bulardan koʻplari qimmatli boʻlib, tarkibida oqsil moddalari, vitaminlar va fermentlar bor. Ular, asosan, konservalab (kuritib, tuzlab, ziralab) isteʼmol qilinadi.Zamburugʻlar tasnifi: I sinf – tuban zamburugʻlar yoki fikomitsetlar (Phycomycetes); II sinf – xaltali zamburugʻlar yoki aksotsimelar (Ascomycetes); III sinf – bazidiomitselar (Basidiomycetes); IV sinf – takomillamagan zamburugʻlar (Deuteromycetes yoki Fungi imperfecti) Ular oʻsimlik, hayvon va odamlarda kasallik qoʻzgʻatish xususiyatiga ega, oziq-ovqat mahsulotlarini buzadi. Gʻoʻzada vilt va chirish kasalliklarini paydo qiladi (yana q. Zamburugʻli kasalliklar). Baʼzi Z. hasharotlar sonini hamda kasallik tugʻdiruvchi (patogen) mikroorganizmlarni rivojini susaytirishda ijobiy ahamiyatga ega. Vertsillyoz soʻlishni qoʻzgʻatuvchi Z. kushandasi (antagonist) Trichoderma Iignoram Hars., Aspergilius sp., Penicillium sp. va boshqa(lar) kiradi.Zamburugʻlar tuproqda bakteriyalar, aktinomitsetlar va Mikroorganizmlar bilan birgalikda organik moddalarni parchalab, sanitarlik vazifasini bajaradi va tabiatda moddalar aylanishida ishtirok etadi. Shu bilan birga, tuproqda oʻsimlik kasalliklarini qoʻzgʻatuvchi zamburugʻtoʻplanib ham qoladi. Monokultura natijasida oʻsimliklarning maʼlum turlarigagina ixtisoslashgan zamburugʻlar yigʻiladi. Aspergilius, Penicillium, Mucor, Trichothecium, Rhizopus va boshqa(lar) turkumga mansub baʼzi tur zamburugʻlar urugʻlik materialning mogʻorlashiga sabab boʻlib, ularning unuvchaligini pasaytiradi.Koʻpgina mogʻor zamburugʻlar. xomayoni saqlash davrida paxta tolasi sifatini buzadi. Baʼzi turlari isteʼmol qilinadi (jumladan, qoʻziqorin). Ularning fermentativ, antibiotik, toksik va parazitlik xususiyatlridan veterinariyada hamda oʻsimliklarni zararkunanda va kasalliklardan himoya qilishda, shuningdek, yengil sanoatda, oziq-ovqat va farmatsevtika sanoatida foydalaniladi. Zamburug’lar inson uchun ikkita muhim, bir-biriga zid bo’lgan – yemiruvchi, lekin foydali vazifani bajaradi. Zamburug’lar chiqindilarni parchalab, ularning ko’payishiga imkon bermaydi. Shuningdek, ular o’simliklar rivojlanishi uchun zarur bo’lgan mineral tuzlarni tuproqqa qaytaradi. Ayrim zamburug’lardan ko’plab kasalliklarga davo bo’luvchi dorivor moddalar olinadi. Zamburug’ning o’simlik va hayvonlarni kasalga chalintiruvchi ayrim turlarini zararsizlantirish uchun inson doim ularga qarshi kurash olib boradi. Zamburug’lar boshqa o’simliklar yordamida ko’payadi. Boshqa o’simliklar ozuqa uchun xlorofill ko’magida karbonat angidrid va suvdan shakar ishlasa, xlorofillsiz zamburug’lar bunday xusususiyatdan mahrum. Shuning uchun ham ular ozuqa moddani yashil o’simliklardan oladi. Zamburug’larning turi ko’p. Ularning aksariyati tuzilish jihatidan bir-biridan keskin farq qiladi. Ayrim zamburug’lar, masalan bakteriya va achitqilar, bitta hujayradan iborat. Shilimshiqli unli motor ham zamburug’ turiga kiradi. U boshqa o’simliklardan farqli o’laroq, chirigan daraxt tanasi yoki nam jism yuzasini qoplovchi ilviroq yupqa pardaday katta miqdordagi protoplazmadan hosil bo’ladi. Zamburug’larning bakteriya, achitqi va unli mog’ordan boshqa turlari rangsiz tolalardan iborat. Ular ,,mitseliy” yoki ,,zamburug’ tanasi” deb ataladi. Zamburug’ o’simtalari boshqa o’simlik yoki jism ichkarisiga kirib, ozuqa shimadi. Zamburug’ning rivojlanishi va ozuqani hazm qilishi uchun suv zarur. Shu sababdan ham ular quruq iqlim sharoitida o’sa olmaydi.Po’panak zamburug’i non va namda qolgan matolarni chiritadi. Zamburug’larning ayrim turlari pishloqlarga o’ziga xos hid berish va dori ishlab chiqarishda qo’llaniladi. Tanovul qilinishi mumkin bo’lgan va zaharli hisoblangan qo’ziqorinlar ham zamburug’lar oilasiga kiradi. Bunday qo’ziqorinlar bandininng asosiy qismi yer tagida bo’lib, tepasidagi spora ishlovchi qalpoqchasi yer yuzasiga chiqishdan oldin shakllanadi. Suv o‘tlari — tabiatda uchraydigan eng ajoyib va foydali mahsulotlar hisoblanadi. Suv o‘tlari noyob foydali moddalarga juda boy bo‘lgani tufayli ular keng ko‘lamli foydali xususiyatlarga ham egadir Suv o‘tlari suvning xavosini SO2 dan tozalab,O2 bilan boyitib turadi. Suv o‘tlari suvda yashovchi xayvonlar ularni ovqat hisoblanadi. Suv o‘tlarining ba’zi turlari odamlar tomonidan ham iste’mol qilinadi. Mas: Laminariya - Laminaria. Dengiz karami nomi bilan mashxurdir. Laminariyaning bargiga o‘xshash qismi 50 m.gacha boradi. Shu qismi ovqatga ishlatiladi. Laminariyada oqsil, yog‘ va uglevodlar bor. Suv o‘tlari vitaminlarga ham boy bo‘ladi. Yaponiya, Xitoy va boshqa mamlakatlarda suv o‘tlari bilan yer o‘g‘itlanadi. Chunki uning tarkibida N, Vr, S, va boshqa birikmalar bo‘ladi. Qizil suv o‘tlaridan "agar-agar" degan modda olinadi. Bu moddani mikrobiologiya praktikasida bakteriyalarni rivojlantirishda va o‘stirishda ishlatiladi. Oziq-ovqat sanoatida esa, marmelad tayyorlashda ishlatiladi. Ba’zi qo‘ng‘ir suv o‘tlaridan sifatli yelim olinadi. Suv o‘tlaridan olingan Algin preparati yengil ich yumshatuvchi ta’siriga ega(Alginat natriy). Sariq suv o‘tlarini qoldiqlarini "trepel" deb ataladi. Bu modda dinamit tayyorlashda va binokorlikda toshlarni pardozlashda ishlatiladi. Shuning uchun uzoq vaqt chirimaydi. Ko‘k-yashil suv o‘tlarining ba’zi turlari: ANAVAYENA va Stratanastoc boshqalar havodagi N2 ni yutish xususiyatiga ega. Ular xavodagi N2 ni yutib, yerni N li birikma bilan boyitadi. Ko‘k-yashil suv o‘tlari, yashil suv o‘tlari, sariq suv o‘tlari dengizlarda organik cho‘kmalar xosil qiladi. Bu organik cho‘kmalarni SAPROPEL deyiladi. Sapropel oziq modda va o‘g‘it sifatida katta ahamiyatga egadir. Suv o‘tlarining ba’zi birlaridan XLORELLA deb atalgan antibiotik dori olinadi. Xlorella oshqozon kasali, singa, buqoq, gipertoniya kasaliklariga davo. Sporaning xipchini bo‘lmaydi, xarakatsiz, zoosporaniki xarakatchan bo‘ladi. Suvo'tlar jamiyatda bir qator amaliy ahamiyatga ega bulgan, oziq-ovqat, energetik muammolarni hal qilishda, atrof-muhit muhofazasida kosmosni, yer qarini o'rganish, sanoat hom-ashyosini qidirib topish, qurilish materiali, farmatsevtika preparatlari, biologik faol moddalar, biotexnologiyaning ob'ektlari sifatida muhim ahamiyatga ega. Suvo'tlar avvalo tabiatda organik moddalar yaratish sifatida katta ahamiyatga molik hisoblanadi. Suv muhitidagilari oʻsimlik va hayvonlarning nafas olishlari uchun zarur bulgan kislorodning yagona manbai bo ‘lib hisoblanadi. Rus olimi V.I.Vernadskiy fikricha, gidrosferadagi organizmlar orasidagi kurash, bu kislorod uchun kurash demakdir. Suv havzalarining biologik mahsuldorligi, baliqchilik suvo'tlari faoliyatiga bog'liq Daryolar. к о 'llar va dengizlarda oziq-ovqat va kislorod manbai bo'lib hisoblanadigan suvo'tlari umurtqasiz hayvonlarning ko'pchiligi uchun yashash joyi va baliqlarnii uvuldiriq sochish ham da urug'lanishi uchun joy hisoblanadi. Suvo'tlar suvdagi organizmlarni kislorod bilan ta’minlashdan tashqari ifloslangan suvni biologik usul bilan tozalashda muhim ahamiyaga ega. Suvda ularning ommaviy ravishda ko'payib ketishi ham biologik jihatdan ifloslanishga olib keladi.Suvo'tlar vitaminlar (tiamin, riboflavin, folat, nikotin va askorbin kislota) mikroelementlar va bir qator flziologik faol moddalarning manbai ham hisoblanadi. Chlorella suvo'tning 100 g tarqibidagi vitaminlar odamning 1 kecha-kunduzdagi ularga bulgan talabini kondiradi. Shu tufayli yurak-qon tomir va oshqozon kasalliklari bilan hastalangan bemorlarga ularning oziq-ovqatida su v o 't bo'lishi taklif etiladi.Suvo'tlar oziq sifatida ham maʼlum va mashhur qishioqxo'jalik mahsulotlaridan qolishmaydi. Ularning tarkibidagi oqsiliarning protsenti k o 'p (70% gacha). Chuchuk suvhavzalari va dengizlarida o'sadigan 170 turga mansub, ulardan 81 qizil, 54 q o 'n g 'ir, 25 yashil. 8 ko'k-yashil suvo'tlar odamlarning iste’molida mumkinligi aniqlangan. Shu maqsadlar uchun Porhyra, Laminaria, Gelidium . Macrocystis. Undaria, Rhodymenia, Minostroma, Ulva, enterom oroha, Chondris mahsus ko'paytiriladi. Ular orasida Porphyia ko 'p m iqdorda m ahsus suv havzalarida o'stiriladi.Mikrosuvo'tlardan C hlorella Malaziya va Filippinda oziq maqsadtarida har yili 500 tonna dan ortiq m iqdora foydalaniladi.Meksikada va boshqa bir qator m am lakatlarda ko'k-yashil suvo'ti Spirilina mahsus ko'paytirilib yiliga 2000 tonna biom massa olinadi va uning kukunidan non mahsulariga 5-10% mikdorda qo'shiladi va boshqa maqsadlarda foydalaniladi. Suvo'tlar chorvachilikda oziqqa qo'shimc-ha sifatida ancha keng qo'llaniladi. Bizning respublikamizda ham chorvachilik va pillachilikda suvo'tlardan foydalanish hisobiga o'tgan asrning 80- yillarida olingan foyda 290 mln. so'm dan iborat bulgan. Chorva mollarinm ozig'iga xlorella qo'shib berilganda, bir qator ijobiy o'zgarishlar kuzatilgan.Tuproq suvo'tlari organiq modda to'plash, fizik-kimyoviy xususiyatini mikrobiologik faolligini yaxshilash bilan tuproq unum dorligini oshirishda ham ahamiyati katta. Suvo'tiarni yuksak o'simliklarning faoliyatiga ijobiy ta ’sir etishi ham isbotlangan.Dengiz suvo'tlaridan olinadigan flkokolloidlar (agar, agaroid, agaroza, karraginin, agropektin) alginat kislota va uning tuzlaralginatlar. m annit, sorbit va boshqalar sanoatning turli sohalari uchun m uhim aham iyatga m olik hom -ashyo hisoblanadi.Fikokolloidlar oziq-ovqat, farm atsevtika, kim yo, m ikrobiologiya, to'qim achilik. qog'oz-selluloza, parfyum eriya sanoati uchun eng zarur hom ashyodir Ilmiym aksadlarda (bakteriolgiya, amaliy mikologiya va algologiya) hamda sanitariya-epidemiologiyada agar moddasi k o 'p miqdorda ishlatiladi. Alginitlardan yelim, lak, bo'yok, plastmassa, tolalar olishda. oziq-ovqatda (muzkaymoq m evalar sharbati, non m ahsulotlari tayyorlashda) qo'llaniladi. Download 44.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling