Oziq-ovqat sanoatida suv oʻtlar va zamburugʻlar ahamiyati Reja Suv oʻtlar haqida maʼlumot Zamburugʻlar haqida maʼlumot Oziq-ovqat sanoatida ishlatiladigan suv oʻtlar va zamburugʻlar ahamiyati Suv oʻtlar


Download 44.86 Kb.
bet2/3
Sana10.02.2023
Hajmi44.86 Kb.
#1183900
1   2   3
Bog'liq
oziq ovaqt

OZIQ-OVQAT SANOATI — xalq xoʻjaligining oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaradigan sohasi. Tarmoq tarkibida goʻsht-sut, yogʻ-moy, baliq mahsulotlari, un-yorma, makaron, mevasabzavot konservalari, sut-yogʻ, shakar, choy qadokdash, qandolatchilik, non, uzum va shampan vinolari, spirt, araq, tamaki, pivo, chanqovbosar ichimliklar, sovun va b. sanoat korxo-nalari bor.
Oʻzbekiston zamonaviy oziq-ovqat sanoatiga ega. Uning tarkibida 3200 dan ortiq korxonalar bor. Bu soha, asosan, mahalliy xom ashyoni qayta ishlashga asoslangan. O.-o. s. korxonalarida 200 dan ortiq mahsulot turi tayyorlanadi.
Mamlakat mustaqillikka erishgach, O.-o. yeda chuqur tashkiliy va iqtiso-diy islohotlar amalga oshirildi. Koʻpgina sanoat korxonalari davlat tasarrufidan chiqarilib, ochiq turdagi aksiyadorlik birlashmalari va jamiyatlariga aylantirildi, ilgari tarmoq korxonalariga rahbarlik qilgan oziq-ovqat, goʻsht-sut, don mahsu-lotlari va b. vazirliklar tugatilib, «Oʻzoziqovqatsanoat» davlat-aksiyadorlik konserni (1993-y. 5 may; 1994-y. 26 sent. dan «Oziqovqatsanoat» va «Yogʻ-moytamakisanoat» uyushmalari), «Oʻzgoʻshtsanoat» davlat-aksiyadorlik uyushmasi (1993-y. 6 apr.), «Oʻzdonmahsulot» davlat-aksiyadorlik korporatsiya-si (1994-y. 22 apr.), «Oʻzmevasabzavotuzumsanoat» davlat-aksiyadorlik uyushmasi (1994-y. 28 noyab. dan), «Oʻzbaliq» davlat-aksiyadorlik korporatsiyasi (1994), Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi tarkibidagi «Oʻzparrandasanoat» respublika ishlab chiqarish birlashmasi (1964), «Oʻzbekbirlashuv» tarkibidagi O.-o. s. korxonalari ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyatlariga aylantirildi. Axrli ehtiyojlarini respublikaning oʻzida ishlab chiqarilgan oziq-ovqat mahsulotlari b-n qondirish choralari koʻrilmoqda. 2002-y. da O.-o. s. korxonalarida (ming t): goʻsht — 147,4, mol yogʻi — 1,9, sut mahsulotlari — 216,6, konservalar — 480,6 ming shartli banka, qandolatchilik mahsulotlari — 61,1, oʻsimlik moyi — 222,2 non va non-bulka mahsulotlari — 842,8, un (davlat resurelari donidan) — 1554,9, qadoqlangan choy — 5,3, tamaki — 10,6, xoʻjalik sovuni — 41, qand-shakar — 217,2, makaron mahsu-lotlari — 74,6, vino-araq — 6134 ming dal, pivo — 7853 ming dal, chanqovbo-sar ichimliklar — 12680 ming dal va b. mahsulotlar ishlab chiqarildi.

Download 44.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling