Oziq ovqat sanoatining muhim va murakkab yо‘nalishlaridan biri yog‘-moy tarmog‘i hisoblanadi


Mavzuni texnik-iqtisodiy jihatdan asoslash


Download 99.25 Kb.
bet2/16
Sana17.06.2023
Hajmi99.25 Kb.
#1523189
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Kirish

1.Mavzuni texnik-iqtisodiy jihatdan asoslash


Mavzuning dolzarbligi. Oziq-ovqat sanoati uyushmasi tarkibiga kiruvchi korxonalarning mamlakatimiz sanoatida, xalqimiz dasturxoning fayzli va tо‘kin sochin bо‘lishiga munosib о‘rni, nufuzi bor. Shuni alohida ta’kidlaо‘ lozimki, istiqlol yillari korxonalarimiz uchun tom ma’noda yangilanish, о‘sish, о‘zgarish davri bо‘ldi. Zamon bilan xamnafaslik, xar bir yilni muvaffaqiyatli yakunlash, xalqimiz ehtiyoji uchun sifatli oziq-ovqat maxsulotlari, xususan, yog‘ va yog‘ maxsulotlariishlab chiqarish, mahsulot hajmini hamda turini kо‘paytirish an’anaga aylandi bunday keng kо‘lamli vazifalarni amalga oshirishda avalambor, soxani tubdan isloh qilishga, modernizatsiyalash va texnik qayta jihozlashga alohida e’tibor berilmoqda. Bu borada yurtboshimizning 2007 yil 12 iyundagi “Yog‘-moy sanoati korxonalarini modernizatsiyalash va texnik qayta jihozlash Dasturi to’g‘risida”gi va 2011 yil 31 oktabrda qabul qilingan “2012-2015 yillarda respublika oziq-ovqat sanoatini rivojlantirishni va boshqaruvini tashkillashtirishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi qarorlarii dasturilamal vazifasini utayottanligini alohida takidlash kerak. Ushbu dasturda belgilab berilgan vazifalar yuzasidan ibratli ishlar amalga oshirildi.
Iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish borasida xam bir qatop ishlar amalga oshirildi. Ma’lumki, keyingi yillarda О‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisi tomonidan qishloq xо‘jaligiga taalluqli bir qator qonunlar qabul qilindi. Ularga «Fermer xо‘jaligi tо‘g‘risida», «Shirkat xо‘jaliklari tо‘g‘risida», «Yog‘-moy sanoatini takomillashtirish» va «Qishloq xо‘jaligida islohotlarni yanada chuqurlashtirish» tо‘g‘risidagi qaror va farmonlar shular jumlasidandir.
Respublikamizda kundan-kunga fermer va dexkon xujaliklari rivojlanib paxtachilik, gallachilik, agrosanoat kompleksida fan-texnika tarakkiyoti, amaliy tajribalar yutuklarini joriy eta borib, ma’lum bir yutuklarni kulga kiritdilar. Paxta, g‘alla va kishlok xujaligi boshka ekinlarini yetishtirish madaniyati takomillashib bormokda.
Prezidentimiz Islom Karimovning 2014 yilning asosiy yakunlari va 2015 yilda О‘zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim ustuvor yо‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasida hozirgi vaqtda О‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan agrar siyosat fermer xо‘jaliklarini rivojlantirish, qishloq xо‘jaligida tub islohatlarni amalga oshirish, bu jarayonda jamoat hamda mulkchilikning turli shakllaridan foydalanish asosida aholini oziq-ovqat mahsulotlariga, sanoatni xom ashyoga bо‘lgan talabini qondirishga qaratildi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan «Uyushma boyicha 2015 yilga belgilangan ustuvor iqtisodiy dasturlar bajarilishi boyicha chora-tadbirlar Dasturi» ijrosi ta’minlandi, birinchi navbatda, tarmoq iqtisodiyotining barqaror о‘sish sur’atini ta’minlash chora-tadbirlari kо‘rildi.
Mustaqil Respublikamizda о‘sib borayotgan aholining oziq-ovqat mahsulotlariga va qayta ishlash sanoatining xom ashyoga bо‘lgan talabini qondirish maqsadida ta’minotni tubdan yaxshilash, hamda uni uzluksiz davom ettirish davr talabidir. Ayniqsa, bu borada yog‘-moy sanoatini rivojlantirishga alohida e’tibor berish lozim.
Respublikamiz iqtisodiyotini qо‘llab quvvatlash borasidagi muhim yо‘nalishlaridan ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va mahsulot tannarxini pasaytirishdir.
Maxsulot tannarxini pasaytirishga karatilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida quyidagi usullari qо‘llanildi:
-import resurslari narxlarini kayta kurib chikish va pasaytirish (-24%);
- materiallar sarfi meyorlarini kayta kurib chikish (-0,06%);
-lokalizatsiya darajasini kuchaytirish orkali tannarxni kamaytirish (-1%);
- maxsulotlar ishlab chikarish texnologiyasini uzgartirish (-0,05%);
- ishchilar va xodimlar sonini optimallashtirish (-0,3).
Mahalliylashtirish jarayoni iqtisodiyotning jadal va barqaror rivojlanishini ta’minlash, uning tashqi omillarga bogliqligini kamaytirish, ishlab chiqarish jarayonlariga yangi, samarali texnologiyalarni tatbiq qilishni jadallashtirish, mahalliy xom ashyo va ishlab chikarish resurslaridan keng foydalanish, shuning asosida zamonaviy raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishni kо‘paytirish, valyuta mablag‘laridan tejamli va oqilona foydalanish, shuningdek yangi ish joylarini yaratish imkonini beradi. Shuningdek, mahalliylashtirish dasturining amalga oishrilishi quyidagi ijobiy jihatlar bilan tavsiflanadi:
- mavjud ishlab chiqarish kuvvatlaridan samarali foydalanish;
- sanoat turli tarmoklarining qо‘shilgan qiymati yuqori darajada bо‘lgan mahsulotlar eksportini kо‘paytirish va tegishli ravishda, an’anaviy eksport salmogini kamaytirish;
- samarali ichki va tarmoqlararo ishlab chiqarish kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish;
- iktisodiyotning real sektorida mamlakatimiz korxonalarining kooperatsiyasi salohiyatidan yukori darajada foydalanish;
- mahalliy xom ashyoni kayta ishlashni kengaytirish, ishlab turgan korxonalarni shmonaviylashtirish va yangilarini tashkil etish hisobiga iqtisodiyot tarkibini takomillashtirish va h.k.
Respublikamiz qayta ishlash sohasining hozirgi bosqichdagi asosiy vazifalari: xom ashyo yetishtirish joylarida zamonaviy qayta ishlash sex va korxonalarini joylashtirish, dunyo bozorida yog‘-moy mahsuloti assortimenti va miqdori mavqeini mustahkamlash, kelajak uchun real istiqbol rejaga ega bо‘lishdir. Korxona rivojlanish shakli, uni yuqori organlar tomonidan rivojlanishni boshqarish mexanizmi shakllanishi kerak. Ishlab chiqarish tarmog‘i inqirozdan himoyalanish choralari kо‘rilishi kerak.
Bugungi kunda iqtisodiyotimizni modernizatsiya qilish,texnik va texnologik yangilash, uning raqobatbardoshligini keskin oshirish, eksport saloxiyatini yuksaltirishga karatilgan muxim ustuvor loyixalarni amalga oshirish buyicha Dastur ishlab chikilmokda.Shu boradagi dastlabki xisob-kitoblarga kura,modernizatsiya vak rekonstruksiya kilish,texnik va texnologik kayta jixozlash buyicha loyixalar ishlab chiqilmokda.
Bizga ma’lumki, О‘zbekiston aholisining moyga bо‘lgan ehtiyoji asosan paxta chigitidan olingan moy bilan qondiriladi. Noqulay ob-havo sharoitlari sababli shuningdek, saqlash davrida past navli va nostandart paxta chigitlari miqdorining 30-40% ga oshishi yog‘-ekstraksiya korxonalarining texnik-iqtisodiy kо‘rsatkichlariga salbiy ta’sir kо‘rsatmoqda. Bu esa texnologik rejimlarning 10-20% buzilishiga olib kelmoqda. Yurtimizda yiliga о‘rtacha 2,1 mln.tonnadan kо‘proq paxta chigiti qayta ishlanishini e’tiborga olsak, bu esa ishlab chiqarish jarayonlarining pasayishiga olib kelishini kо‘rsatadi.
О‘simlik urug‘laridan moy olish asosan presslash va ekstraksiyalash usuli bilan amalga oshiriladi, ushbu usullar yordamida past navli va nostandart paxta chigitlaridan olingan moylar kо‘pgina holatlarda qora (о‘tkir) rangda bо‘lib, amalda Lovibond asbobida tahlil qilib bо‘lmaydi. Buning sababi moylar tarkibida gossipol, xlorofill va uning xosilalari, yog‘ bо‘lmagan moddalarning miqdori kо‘pligidadir.
Past navli paxta chigitlaridan olingan paxta moylarini mavjud texnologiya bо‘yicha rafinatsiyalash texnologiyasida yuqori konsentratsiyali ishqor eritmasi (400 g/l va kо‘proq) shuningdek ortiqcha ishqor (150% va kо‘proq) sarflanmoqda. Bu esa soapstok bilan birga kо‘p moy yо‘qolishi va olinadigan mahsulot chiqishini kamayishiga sabab bо‘lmoqda.
Ushbu ishlanmaning dolzarbligi import analoglarinig о‘rnini bosa oladigan mahalliy adsorbentlar yordamida past navli va nostandart paxta chigitlaridan olingan moylarni rafinatsiyalash texnologiyasini takomillashtirish ya’ni mahalliy adsorbentlar yordamida dastlabki oqlash zaruriyati bilan ifodalanadi. Ushbu texnologiya ishqor sarfi va sopstokda yog‘ yо‘qotilishini kamaytirish imkoniyatini yaratadi.
Past navli va nostandart paxta chigitlaridan presslash va ekstraksiyalash usulida olingan xom paxta moylarini karbamid bilan modifikatsiyalangan tuproqli adsorbentlar yordamida dastlabki oqlash yо‘li bilan rafinatsiyalash texnologiyasini mukammallashtirish dolzarb va amaliy muhim vazifalardan hisoblanadi. Mazkur ishlab chiqilgan texnologiya ya’ni bitiruv malakaviy ishining asosiy ustunlik tomonlari, xom moylarni dastlabki oqlash va rafinatsiyalash jarayonida karbamidli modifikatsiyalangan mahalliy adsorbentlarning qо‘llanilishidir.
Paxta moylarini rafinatsiyalash texnologiyasi bо‘yicha respublikamizda va chet mamlakatlarda qator ilmiy ishlar olib borilmoqda. A.S. Sodiqov, A.L. Markman, V.P. Rjexin, A.I. Ismailova, A.G.Sergeyev, A.T.Ilyasov, Q.P.Serkayev va boshqa mualliflar ilmiy ishlarida rafinatsiyalashning qator variantlari kо‘rsatilgan. Lekin ayni paytda paxta moyini dastlabki oqlash jarayonlari о‘rganilmagan. Shundan kelib chiqib, tuproqli adsorbentlarni karbamidlar asosida modifikatsiyalangan holda paxta moyi dastlabki oqlash jarayonlariga qо‘llashni aktual ilmiy vazifa sifatida tanlandi.

Download 99.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling