Oziq ovqat sanoatining muhim va murakkab yо‘nalishlaridan biri yog‘-moy tarmog‘i hisoblanadi


Download 99.25 Kb.
bet1/16
Sana17.06.2023
Hajmi99.25 Kb.
#1523189
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Kirish


Kirish

Oziq – ovqat sanoatining muhim va murakkab yо‘nalishlaridan biri yog‘-moy tarmog‘i hisoblanadi. Yog‘-moy sanoati strukturasida moy ekstraksiya korxonalari, yakuniy mahsulotlari, tabiiy о‘simlik moylari (paxta, kungaboqar, loviya, raps va boshqalar) bо‘lgan korxonalar, margarin mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalari, sovun ishlab chiqarish korxonalari mavjud.


Shuni aytib о‘tish lozimki dastlab moy ajratib olish faqatgina presslash yо‘li bilan amalga oshirilar edi. Moy ajratib olishni tashkillashtirish uchun, uning chiqishini oshirish borasida izlanishlar natijasida 1922-33 yillar davomida ekstraksiya usuli ishlab chiqildi. 1934- yilda forpress-ekstraksiya usuli prof. I.V Gavrilenko boshchiligida “Kattaqо‘rg‘on” yog‘-moy korxonasida ishlab chiqarishga joriy qilindi. Buning natijasida quyidagi natijalarga erishildi: ekspluatatsiya jarayoni stabillashtirildi: texnologik tizim ishlab chiqarish quvvati 40%ga oshirildi. Moyning yо‘qotishlari 0,9%ga kamaytirish hisobiga korxonada yiliga 250 tonna yog‘ kо‘prog‘ ishlab chiqarish imkoniyati yaratildi.
Texnologiyalar soxasida erishilgan muvaffakiyatlar xalk xujaligining texnik tarakkiyoti, mustakil mamlakatimizning iktisodiyoti va madaniyatini rivojlantirish, shuningdek, axolining turmush faravonligini uchun birinchi darajali axamiyatga ega bulgan sanoatni yaratishga asos buladi.
Respublikamiz mustaqillikga erishishi va erkin bozor munosbatlari shakllanishi bilan yog‘-moy sanoatimiz kо‘p tarmoqli rivojlanmoqda. Katta quvvatli sanoat korxonalari bilan birga xususiy va kichik korxonalar ham rivojlanmoqda. Shu yо‘l bilan ishlab chiqariladigan mahsulot hajmi va assortimenti oshib bormoqda. Agar vaziyatni tahlil qilsak, kichik korxonalar kam tonnali xomashyolarni qayta ishlashga mosroq kelishi ayon bо‘ladi. Masalan, katta korxonalar kunjut, zig‘ir yoki uzum danaklarini qayta ishlashga ixtisoslashgan texnika va texnologiyalarga ega emas. Shuningdek katta miqdordagi xomashyoni yetishtirish, tо‘plash va transportirovka muammolari ham mavjud. Kichik korxonalar mahalliy hududda joylashganligi uchun kichik xarajatlar bilan noan’anaviy xomashyoni qayta ishlashi mumkin.
Sо‘nggi yillarda ichki resurslardan foydalangan holda maxsar, soya, kunjut, zig‘ir, mevalar danaklari kabi moyli о‘simliklarni mahalliy muhitga moslashgan turlarini yetishtirish kо‘paytirilmoqda. Natijada, birinchidan, о‘simlik moylariga bо‘lgan tanqislik qisman qondiriladi va nisbatan arzon mahsulot ishlab chiqariladi. Ikkinchidan, qayta ishlab olinadigan ikkilamchi mahsulot, oqsilga boy ozuqa - shrot ishlab chiqarish kо‘paytiriladi. Shu yо‘l bilan erkin valyuta sarfi kamaytirilishi bilan gо‘sht, sut yetishtirish ham kо‘payadi. Uchinchidan, о‘simlik moylari va ulardan olinadigan mahsulotlar assortimenti kо‘payishiga erishiladi.
Xozirgi kunda respublikamizdagi oliy ukuv yurtlarida olib borilayotgan tadbirlarning asosiy maksadi tayerlanadigan mutaxassislar sifatini tubdan yaxshilashdir. Bu ishlarni jadallashtirishda ta’lim, ishlab chiqarish va fanning uzviy aloqada bо‘lishi asosiy omildir.
Yuqorida aytib о‘tilgan muxim vazifalarni muvoffaqiyatli xal etish uchun yukori malakali muxandis kadrlar kerak. Bunday kadrlar tubdan yangi ilmiy g‘oyalarga va yuksak texnik yechimlarni xal etish qobiliyatiga ega bо‘lishlari zarur. Xalk xо‘jaligini fan-texnika taraqqiyoti asosida jadallashtirish - bozor iktisodiyoti sharoitidagi muxim vazifalardan xisoblanadi. Bu ulkan ishlarni bajarish kadrlarning malakasiga bog‘liqdir.
Yog‘-moy sanoatida istiqbolli rejalar korxonalar ishlar chiqarish quvvatidan tо‘liq foydalanishga erishish, mahsulot sifatini oshirish va assortimentni kо‘paytirish, shuningdek import mahsulotlarini qisqartirish ya’ni ichki bozordagi yog‘-moy mhsulotlari turlariga bо‘lgan talabni ichki imkoniyatlar orqali qoplash va mahsulot tannarxini pasaytirishga qaratilgan dasturlardan iborat. Jumladan, bugungi kunda, hom ashyolarni etishtirish yо‘lga qо‘yilmoqda. Oxirgi vaqtlarda maxsar va kungaboqar etishtirish ommaviy tus olishga ulgurdi. Undan tashqari chetdan moyli mahsulotlar emas, balki moyli homashyolarni keltirib respublikamizda qayta ishlash orqali maxsulotga aylantirish kengaymoqda.
Rahbarimizning bergan kо‘rsatmalariga binoan Respublika yog‘-moy sanoati mamlakatimiz iqtisodiyotida muhim о‘rinlardan birini egallagani va buning natijasida tarmoqning rivojlanishi va taraqqiy etishiga hamda jadal rivojlanishiga turtki bо‘lmoqda.
Hozirgi kunda о‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarish jarayonlarini yangi texnika va texnologiyalar bilan ta’minlash ishlari olib borilmoqda shuningdek, 2017-2021 yillarda О‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yо‘nalishi bо‘yicha harakatlar strategiyasi qabul qilindi. Bu о‘z ichiga boshqa sohalar bilan birga yog‘ moy ishlab chiqarish jarayonlarini texnika va texnologiyalar bilan ta’minlash muammolarini ham о‘z ichiga olgan bо‘lib О‘zbekiston Respublikasining davlat rahbari tomonidan ishlab chiqarish modernizatsiya qilish texnik va texnologik jihatdan yangilash, ishlab chiqarish, transport kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilma loyihalarini amalga oshirishga qaratilgan faol investitsiya siyosatini olib borishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Shu jumladan 2018- yil 19-yanvarda “Yog‘-moy tarmog‘ini jadal rivojlantirish bо‘yichva chora tadbirlar haqida qarori e’lon qilindi. Bu qaror asosida yog‘-moy mahsulotlarini tannarxini arzonlashtirish, bu mahsulot turlarini kо‘paytirish va iqtisodiy samaradorlikka erishish maqsadlarini о‘zida mujassam etgan. Shu tufayli yog‘-moy ishlab chiqarish zavodlarini yangi texnika va texnologiyalarni rekanstruksiya qilish ishlari hamda ba’zi tashkilotlarni tugatib ularni о‘rniga vakolatlarni yog‘-moy ishlab chiqarish zavodlariga berishni hamda 2019-yil 1-yanvargacha о‘simlik moylari ishlab chiqarish uchun kelayotgan import mahsulotlaridan qо‘shimcha qiymat solig‘i olinmasligi belgilab qо‘yilgan. Eskirgan uskunalarni yangilash hamda modernizatsiya qilish, ishlab chiqarishda energiya samaradorligini oshirish, texnologik jarayonlarni optimallashtirishga e’tibor qaratilmoqda. Bu yо‘nalishga korxonalarning mablag‘lari va tijorat banklari predmetlari hisobidan 602000000 sо‘m investitsiyalar yо‘naltiriladi.
Shunindek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 18.09.2006 yildagi 199-sonli “Paxta tozalash va yog‘-moy korxonalarida paxta chigitini ishlab chiqarish, harakati, saqlash hamda qayta ishlashda dastlabki hisobga olishni tashkil etish tartibi to‘g‘risida” qarori va yurtboshimizning “Yog‘-moy sanoati korxonalarini modernizatsiyalash va texnik kayta jihozlash Dasturi tug‘risida”gi karori dasturilamal vazifasini o‘tayottanligini alohida takidlash kerak. Ushbu qarorning ijrosini ta’minlash maqsadida uyushma bo’yicha korxonalarni modernizatsiyalash, texnik qayta jixozlashning o’rta muddatli dasturi yaratildi.
Tarmoq korxonalarida ishlab chiqariladigan mahsulotlar, xususan, paxta moyi eksportga chiqariladi. Koson, Guliston yog‘ ekstraksiya, Farg‘ona yog‘-moy, Qo‘qon yog‘-moy, Toshkent yog‘-moy, Kattaqo‘rg‘on yog‘-moy, Surxonoziqovqatsanoat va Urganch yog‘-moy hissadorlik jamiyatlari tarmoqdagi eng yirik korxonalardir.
Ushbu bitiruv malakaviy ishida - past navli paxta chigitlaridan olingan moylarning tarkibi va xususiyatlarini aniqlangan hamda hamda tahlil qilingan, mahalliy tuproqlarni tanlanib va ular bilan xom paxta moylarini dastlabki oqlash uchun karbamid bilan modifikatsiyalangan tuproqli adsorbentlar (KMTA) ni ishlab chiqish bо‘yicha takliflar berilgan, presslangan va ekstraksiyalangan paxta moylarini karbamid bilan modifikatsiyalangan tuproqli adsorbentlar ishtirokida dastlabki oqlash texnologik rejimlarini ishlab chiqilgan, xom paxta moylarini karbamid bilan modifikatsiyalangan tuproqli adsorbentlar ishtirokida rafinatsiyalash texnologik sxemasini takomillashtirilgan, past navli paxta chigitlaridan olingan moylarni ishlab chiqarish usullarini o‘rganilib hamda maqbul texnologik liniyani tanlangan. Shuningdek, asosiy xom ashyo va qo‘shimcha materillar sarfi, liniyada yong’oq moyini shilab chiqarish uchun asosiy xomashyo va qo‘shimcha materiallar sarfini aniqlangan, loyihalash uchun xom ashyo hisobi, kerak bo‘ladigan zamonaviy uskunalari tavsifi, materialar sarfi, tayyor mahsulot tannarxi, loyhalanayotgan liniyaning samaradorligini jumladan kapital mablaglar, foydani aniqlash bo‘yicha ma’lumotlar keltirilgan.



Download 99.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling