Oziq ovqat sanoatining muhim va murakkab yо‘nalishlaridan biri yog‘-moy tarmog‘i hisoblanadi
Texnologik uskunalarni tanlash, sonini aniqlash, texnik tavsifi
Download 99.25 Kb.
|
Kirish
2.6.Texnologik uskunalarni tanlash, sonini aniqlash, texnik tavsifi.
Asosiy uskunalarning tuzilishi, ishlash prinsipi. Past navli va nostandart urug‘lardan olinadigan moylarni dastlabki oqlash jarayonini amalga oshirish uchun biz quyidagi uskuna va jihozlarni tanlaymiz. 1. Dozator. Karbamid bilan modifikatsiyalangan tuproqli adsorbentni moyga moy massasiga nisbatan 2-4% miqdorda quyib turish uchun kerak bо‘ladi. Qurilma kukunsimon mahsulotlarni bir xil meyorda berib turish vazifasini bajaradi. U tejamkor, kichik joy egallaydi. 200-500 kg gacha bо‘lgan massali sig‘imga ega, yuqori aniqlikga ega. Texnik tavsifi
2. Neytralizator. Dastlabki oqlangan paxta moyi qurilmaga tushadi va bug‘ kо‘ylagi yordami bilan kerakli haroratgacha qizdiriladi. Sо‘ng aralashtirgich bilan aralashtiriladi. Purkagichlar orqali belgilangan haroratgacha qizdirilgach, hisoblangan miqdordagi ishqor eritmasi beriladi va 20—30 daqiqa aralashtiriladi. Keyin moy harorati pasaytiriladi, aralashtirish esa to soapstok yaxshi chо‘ka boshlagunga qadar davom ettiriladi. Soapstok moydan chо‘kib ajraladi. Moy sharnirli truba orqali keyingi qayta ishlashga beriladi. Soapstok esa patrubka orqali maxsus bakka bо‘shatiladi, Apparatga suv yoki tuzli suv berish uchun dushdan foydalaniladi 3. Yuvish, vakuum quritish apparati. Neytrallangan moyni yuvish va quritish uchun vertikal silindrik turdagi quritish apparatidan foydalaniladi. U bug‘ kо‘ylakli korpus ea bо‘lib, isituvchi bug‘ning ishchi bosimi 0,3 MPa ga teng. Apparat ichida aralashtirgich bо‘lib, u elektrodvigatel, reduktor va val yordamida aylantiriladi. Apparatda sferik qopqoq, kо‘rish oynasi, termometr, kondensat uchun purkagich, moy va suvni chiqarish uchun patrubkalar mavjud. Yuvish jarayonida 90-95°C li kondensatdan foydalaniladi va quritilgan moyning namligi 0,2% dan oshmasligi kerak. Download 99.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling