Oziq ovqat sanoatining muhim va murakkab yо‘nalishlaridan biri yog‘-moy tarmog‘i hisoblanadi


chi butilkadagi moy analiz qilish uchun beriladi


Download 99.25 Kb.
bet12/16
Sana17.06.2023
Hajmi99.25 Kb.
#1523189
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
Kirish

2 chi butilkadagi moy analiz qilish uchun beriladi. Analizga berilgan butilkada yog‘ni nomi, navi, kuni va analiz uchun olingan namuna joyi, namunani olgan shaxslarning familiyasi va imzosi yozilgan yorliq bo‘lishi kerak. Agar namuna boshqa joyga jo‘natilayotgan bo‘lsa, unda yuqoridagilarga yorliqqa bajaruvchining nomi va transport hujjatining raqami yoziladi.
Yog‘ va moylarni baklardan namunalarini olish uchun trubali namuna olgichlar ishlatiladi. Ularni ishlashi quyidagicha: uzunligi 2 m cha bо‘lgan truba yog‘ yoki moyga botiriladi va pastki qismidagi qopqog‘i yopilib analiz trubaga yig‘ib olinadi. Bulardan tashqari vertikal appartlardan namunalar olish uchun avtomatik namuna olish uskunalardan keng foydalaniladi.
3. Mehnat muhofazasi

Yog‘-moy korxonalarining ish jarayonida shikastlanish va kasbiy kasalliklarni kamaytirish davlat miqyosidagi ijtimoiy-iqgisodiy ahamiyatga ega bо‘lib, mehnat muhofazasi bо‘limi rahbariyat va kasaba uyushmalari bilan hamkorlikda chora-tadbirlar belgilaydi. Korxonada yuz beradigan har qanday baxtsiz hodisaga korxona birinchi rahbari va bosh muhandis bevosita javobgar hisoblanadi. Sanoat korxonalarida Qonun asosida mehnatni muhofaza etash masalalarini hal qilish maqsadida, har yili kasaba uyushmasi tashkilotlari bilan hamkorlikda mehnat muhofazasi chora-tadbirlari ishlab chiqiladi.


Mehnat sharoitining yaxshilanishiga olib keladigan jami tadbirlar mazmuni bо‘yicha quyidagilarga bо‘linadi:
- baxtsiz hodisalarning oldini olish chora-tadbirlari. Bularga zaharli va yengil alangalanuvchi suyuqliklarni saqpash jarayonlarini mexanizatsiyalash-tirish, himoya moslamalari, tо‘siqlar, avtomatik himoya vositalari, sigaal moslamalari, masofadan boshqarish asboblarini qо‘shimcha о‘rnatish va boshqalar kiradi;
- ishlab chiqarishda kasb kasalliklari oldini olish chora-tadbirlari.
- mehnat sharoitini umumiy yaxshilash chora-tadbirlari.
Ishlab chiqarishda yangi texnologik jarayonlarni tatbiq etish va umumiy rekonstruksiya qilish ham mehnat sharoitini yaxshilash chora-tadbirlariga kiradi.
Sanoat korxonalarida davlat sanitariya nazoratini О‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining sanitariya-epidemiologiya xizmati xodimlari olib boradi. Ularning asosiy vazifasi tashqi muhitni sanoatning zararli chiqindilari bilan ifloslanishining, sanoat korxo-nalarida ishlovchilar kasallanishining oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishda ularga amaliy yordam kо‘rsatish belgilab qо‘yilgan.
Sexda xavfsizlik texnikasi va sanoat sanitariyasi qoidalari
Yog‘li xomashyoni qovurish va presslab yog‘ini olishda bir nechta muhim qoidalarga rioya qilish kerak. Buning uchun:
1) bosim ostida ishlaydigan apparat va agregatlarning ishi va texnik holati maxsus nazorat organlarining kо‘rgazmasiga muvofiq bо‘lishi;
2) bu agregat va apparatlarga о‘rnatilgan yoki masofaviy tugmasiga joylashtirilgan nazorat-о‘lchov asboblari (termometr, manometr va hokazolar)ning kо‘rsatishi nazorat qilib turilishi;
3) yanchilma yoki mezganing namligi va harorati texnologik sxemada kо‘rsatilgandek bо‘lishi;
4) vaqt-vaqti bilan qozon va presslarning aspiratsion yо‘llari tekshirib turilishi;
5) agregatlarga beriladigan bug‘ yо‘llari germetik berk bо‘lishi;
6) sexning poli sirpanchiq bо‘lmasligi uchun toza tutilishi (aks holda, ishchilar yiqilib, jarohatlanishi mumkin);
7) Yoz vaqtida sexga sovigan, qish vaqtida isigan havo berib, havoni sо‘rib oluvchi va haydab chiqaruvchi ventilyatsiya bilan ta’minlash;
8) Bu sexdagi agregat va apparatlardan issiq (60-100° li) mahsulot chiqqani uchun ishchilar kuyib qolmasligi choralarini kо‘rish zarur.

Download 99.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling