Oziq ovqat sanoatining muhim va murakkab yо‘nalishlaridan biri yog‘-moy tarmog‘i hisoblanadi


Download 99.25 Kb.
bet16/16
Sana17.06.2023
Hajmi99.25 Kb.
#1523189
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
Kirish

Xulosa va takliflar

Oziq – ovqat sanoatining muhim va murakkab yо‘nalishlaridan biri yog‘-moy tarmog‘i hisoblanadi. Yog‘-moy sanoati strukturasida moy ekstraksiya korxonalari, yakuniy mahsulotlari, tabiiy о‘simlik moylari (paxta, kungaboqar, loviya, raps va boshqalar) bо‘lgan korxonalar, margarin mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalari, sovun ishlab chiqarish korxonalari mavjud.


Hukumatimiz tomonidan qishloq xо‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash bо‘yicha jumladan, yog‘ sanoatiga katta e’tibor berilmoqda. О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 18.09.2006 yildagi 199-sonli “Paxta tozalash va yog‘-moy korxonalarida paxta chigitini ishlab chiqarish, harakati, saqlash hamda qayta ishlashda dastlabki hisobga olishni tashkil etish tartibi tо‘g‘risida” qarori va yurtboshimizning 2007 yil 12 iyundagi “2007-2011 yillarda yog‘-moy sanoati korxonalarini modernizatsiyalash va texnik kayta jihozlash Dasturi tug‘risida”gi qarori dasturilamal vazifasini о‘tayottanligini alohida takidlash kerak.
Presslash va ekstraksiyalash usuli bilan past navli va nostandart urug‘lardan olingan paxta moylari kо‘pgina holatlarda qora (о‘tkir) rangda bо‘lib, amalda Lovibond asbobida tahlil qilib bо‘lmaydi. Buning sababi moylar tarkibida gossipol, xlorofill va uning xosilalari, yog‘ bо‘lmagan moddalarning miqdori kо‘pligidadir.
Past navli paxta chigitlaridan olingan paxta moylarini mavjud texnologiya bо‘yicha rafinatsiyalash texnologiyasida yuqori konsentratsiyali ishqor eritmasi (400 g/l va kо‘proq) shuningdek ortiqcha ishqor (150% va kо‘proq) sarflanmoqda. Bu esa soapstok bilan birga kо‘p moy yо‘qolishi va olinadigan mahsulot chiqishini kamayishiga sabab bо‘lmoqda.
Keyigi yillarda past navli paxta chigitlari miqdori, paxtani qayta ishlash sanoatida 35-43% ni tashkil etmoqda. Past navli paxta chigitlaridan presslash va ekstraksiyalash usulida olingan xom paxta moylarini dastlabki oqlash yо‘li bilan rafinatsiyalash texnologiyasini mukammallashtirish dolzarb va amaliy muhim vazifalardan hisoblanadi.
Bitiruv malakaviy ishini bajarilishida quyidagi maqsad past navli paxta chigitlaridan olingan moylarni kompleks rafinatsiyalash texnologiyasini takomillashtirish bо‘lib, bunda quyidagilar bajarildi:
- past paxta chigitlaridan olingan moylarning tarkibi va xususiyatlarini aniqlandi hamda tahlil qilindi
- mahalliy tuproqlarni tanlandi va ular asosida xom paxta moylarini dastlabki oqlash uchun karbamid bilan modifikatsiyalangan tuproqli adsorbentlarni ishlab chiqildi;
- presslangan va ekstraksiyalangan paxta moylarini karbamid bilan modifikatsiyalangan tuproqli adsorbentlar ishtirokida dastlabki oqlash texnologik rejimlarini ishlab chiqildi;
- xom paxta moylarini karbamid bilan modifikatsiyalangan tuproqli adsorbentlar ishtirokida rafinatsiyalash texnologik sxemasini takomillashtirildi;
- paxta moyini dastlabki oqlash uchun asosiy xomashyo va kushimcha materiallar sarfini aniklandi;
- loyxalanayotgan liniya uchun xom ashyo hisobi asosida zamonaviy uskunalarni tanlandi va ularning soni aniqlandi;
- tayyor mahsulot tannarxi, loyxalanayotgan liniyaning samaradorligi jumladan kapital mablag‘lar, foyda aniqlandi.
Kuyidagi xulasalarga keldim:
1. Past navli paxta chigitlaridan olingan xom moylar sifat kо‘rsatkichlarini о‘rganish bilan ular tarkibida mexanik chо‘kmalar, gossipol, xlorofill va uning xosilalari miqdori yuqori navli chigitlardan olingan moylarga nisbatan kо‘pligi aniqlandi;
2. Yanchilma trkibida sheluxa miqdorining ortishi natijasida xom moylarda xlorofill va uning xosilalarining kо‘payishiga olib kelishi aniqlangan. Bu esa past navli paxta chigitlardan olingan xom moylarni effektiv adsorbentlardan foydalanib, dastlabki oqlashni talab etadi;
3. Past navli paxta chigitlaridan olingan moylarni tuproqli adsorbentlar yordamida dastlabki oqlashda mexanik chо‘kmalar, gossipol, xlorofill va uning xosilalari qisman ajratiladi;
4. Tuproqli adsorbentlarni 30%li karbamid eritmasi bilan modifikatsiyalash, keyin quritish va maydalash usuli ishlab chiqilgan;
5. Xom moylarni dastlabki oqlashda tavsiya etiladigan tuproqli adsorbentlardan Angren kaolini bilan olingan karbamid bilan tuproqli adsorbent yaxshi natija kо‘rsatganligi aniqlandi;
6. Past navli paxta chigitlaridan olingan xom moylarni karbamid bilan modifikatsiyalangan tuproqli adsorbentlar bilan dastlabki oqlash texnologik sxemasi ishlab chiqilgan va optimal texnologik rejimlari aniqlangan;
7. Past navli paxta chigitlaridan olingan xom moylar tarkibidagi xamroh moddalar karbamid bilan modifikatsiyalangan tuproqli adsorbentlar bilan о‘zaro bog‘lanishi aniqlandi;
8. Past navli paxta chigitlaridan olingan xom moylarni karbamid bilan modifikatsiyalangan tuproqli adsorbentlar yordamida dastlabki oqlash natijasida keyingi ishqorli rafinatsiyalash va oqlash jarayonlarining samaradorligi oshadi.
9. Past navli paxta chigitlaridan olingan xom moylarni karbamid bilan modifikatsiyalangan tuproqli adsorbentlar yordamida dastlabki oqlash natijasida gossipol miqdorining 20-25% kamayishiga olib keladi.
10. Tavsiya etiladigan texnologiyani joriy etish najasida kutilayotgan iqtisodiy samaradorlik sо‘mni tashkil etadi.













Download 99.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling