Oziq ovqat sanoatining muhim va murakkab yо‘nalishlaridan biri yog‘-moy tarmog‘i hisoblanadi
Download 99.25 Kb.
|
Kirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Rafinatsiyalanmagan paxta moyining fizik-kimyoviy kо‘rsatkichlari (О‘z RTSH. 86-7-98)
- Oqlovchi tuproqlar va ularga qо‘yiladigan talablar
- Mahalliy Navbahor nomli bentonitning kimyoviy tarkibi
- Ishqoriy-yer bentonit Karbonatli paligorskit Angren kaolini
- 65,32 Al2O3 11,78 13,76
- -jadval N.I. Ishoqov, A.G. Vershchagin va S.V.Skvorotsovalarning tadqiqot natijalari
- -jadval Paxta moyining fizik va kimyoviy xossalari
- -jadval Tozalangan paxta yog‘i (О‘zDst 816÷2015)
Tayyor mahsulot tavsifi
Paxta moyi о‘ziga xos hid va ta’mga ega. U g‘о‘za urug‘i - chigitdan olinadi. Paxta chigitidan moy ajratib olingandan keyin hosil bо‘lgan kunjara chorva mollari uchun tо‘yimli ozuqa hisoblanadi. Paxta moyi tarkibida tо‘yingan yog‘li kislotalar mavjud, gossipol mavjudligi undan, albatta, gossipol ajratib olinishini taqozo qiladi. Bizga ma’lumki, paxta chigitidan presslash va ekstraksiyalash usullari bilan qora moy olinadi. Qora moy (press)ning fizik kimyoviy kо‘rsatkichlarini quyidagi jadvalda keltirilgan. -jadval Rafinatsiyalanmagan paxta moyining fizik-kimyoviy kо‘rsatkichlari (О‘z RTSH. 86-7-98)
Sanoat sharoitida olingan rafinatsyalanmagan о‘simlik moylari yog‘ kislotalarinig triglitseridlari, hamrox va yog‘ bо‘lmagan moddalar aralashmalaridan tuzilgan. Aralashmalarga mexanik aralashmalar (qovurilgan mag‘iz va bо‘laklari va h.k.), namlik, zaharli ximikatlar va h.k. moddalar kiradi. Ayrim yog‘lardagi hamrox moddalar miqdori - jadvalda keltirilgan. - jadval
Oqlovchi tuproqlar va ularga qо‘yiladigan talablar Bizga ma’lumki, о‘simlik moylarni tozalashda turli xil bentonitlar ishlatiladi. Jumladan uzum urug‘idan, sholi qobig‘idan, seolit va turli xil meva danaklaridan tayyorlanib ishlatilmoqda. Yog‘ni qayta ishlash sanoatida MDHda ishlab chiqilgan aktivlangan tuproq-askanit ishlatiladi, uning yog‘ sig‘imi – 75%. Amalda (reglament bо‘yicha 45%). О‘zimizning mamlakatimizda ya’ni Namangan, Toshkent, Navoiy viloyatlaridan topilgan kо‘pgina bentonit ya’ni mahalliy tuproqlar ishlab chiqarilmoqda. Biz olib borgan tadqiqotlarimizda ham ushbu mahalliy adsorbentlardan foydalandik. Shulardan ayrimlari haqida tо‘xtalib о‘tamiz. -jadval Mahalliy Navbahor nomli bentonitning kimyoviy tarkibi
Adsorbsiyaning yaxshi borishi adsorbsiyalanadigan moddalarning tabiati va tuzilishiga bog‘liq. Masalan, qutblanmagan (kam qutublangan) birikmalar qutublanmagan adsorbentlarda yaxshi sorbsiyalanadi (aktivlashtirilgan kо‘mirda), qutblangan birikmalar sorbentlarda yaxshi sorbsiyalanadi. Aktivlashtirilgan kо‘mir OU-A, OU-B, AG-3, AG-5, SKT-6A, BAU-A, va boshqa markalilaridan foydalaniladi. Tayyor mahsulot tavsifi Paxta moyi chala quriydigan yog‘larga kiradi va asosan S16-S18 yog‘ kislotalaridan tuzilgan triglitseridlardan tashkil topgan bо‘ladi. Paxta moyidai oziq-ovqat sanoatidagina emas, balki sovun ishlab chiqarish, lak-bо‘yoq sanoatida ham xom ashyo sifatida foydalanilmoqda. Bu turdaga moy respublikada iste’mol darajasiga kо‘ra, birinchi о‘rinni egallaydi. О‘simlik moylari yog‘ kislotalar, triglitseridlar tarkibi jihatdangina emas, balki fizik-ximiyaviy xossalari bilan ham bir-biridan farq qiladi. Paxta moyi, asosan, tо‘yinmagan olein, linolen va tо‘yingan palmitin, stearin kislotalar triglitserididan iborat bо‘ladi. N.I. Ishoqov, A.G. Vershchagin va S.V.Skvorotsovaning ma’lumotag kо‘ra, paxta yog‘i tarkibida yog‘ kislotalarning turi va ularing yog‘ vazniga nisbatan foiz bilan kо‘rsatilgan miqdorini quyidagicha ifodalanadi: -jadval N.I. Ishoqov, A.G. Vershchagin va S.V.Skvorotsovalarning tadqiqot natijalari
N.I.Ishoqov va O.S.Sodiqov chigit yog‘i tarkibida 1 % dan ortiq araxin kislota borligini aniqlaganlar. -jadval Paxta moyining fizik va kimyoviy xossalari
-jadval Tozalangan paxta yog‘i (О‘zDst 816÷2015)
Download 99.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling