Oziq ovqat sanoatining muhim va murakkab yо‘nalishlaridan biri yog‘-moy tarmog‘i hisoblanadi


Texnologik sxemaning yozuvi (bayoni)


Download 99.25 Kb.
bet7/16
Sana17.06.2023
Hajmi99.25 Kb.
#1523189
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
Bog'liq
Kirish

2.3.Texnologik sxemaning yozuvi (bayoni);
Biz yuqoridagi kо‘rib chiqqan moylarni oqlash liniyalaridan xulosa qilishimiz mumkinki, bu usullar qo‘llash ya’ni hozirgi vaqtda mavjud davriy va uzluksiz rafinatsiyalash texnologisining neytralizatsiya jarayonida yuqori ishqorning konsentratsiyasi va ortiqcha sarfi juda kо‘p miqdorda sarflanmoqda. Bu esa moyning yо‘qolishini hamda yordamchi materiallar sarfini ko‘paytirmoqda Biz taklif etayotgan texnologiyada oqlash jarayonida qora moyga karbamid bilan modifikatsiyalangan mahalliy adsorbentlar (Angren kaolini) ni berish taklif emamiz. Bu texnologik sxema quyidagicha amalga oshadi: Shnek (1) orqali paxta myatkasi qovurish qozoniga (2) beriladi, bu yerda qozon dvigatel motor yordamida aralashtirgich (3) aralashtirilib turiladi. Qovurish qozonidan chiqqan mezga press-granulyatorga (4) beriladi, bu yerda chiqayotgan kunjara shnek (5) orqali ekstraksiya sexiga yuboriladi. Past navli va nostandart paxta urug‘lari aralashmalaridan olingan qora moyni dastlabki oqlash uchun yig‘gichdan (10) liniya (6) orqali kelayotgan qora moyga moy massasiga nisbatan (2-6%) karbamid bilan modifikatsiyalangan tuproqli adsorbent (MKGA-4) berib turiladi. So‘ngra, qora moy liniya orqali fuzo-tank (gushelovushka 7) ga borib tushadi. U yerda moy mexanik aralashmalar va cho‘kmalardan tozalanadi. Fuzo-tankdan (7) qaytariluvchi tovar (fuza) noriya (8) orqali shnek (9) gava u qovurish qozoniga (2) jo‘natadi. Moy esa noas (12) yordamida ramli filtr-press (13) ga filtrlash uchun yuboriladi. Filtr-pressdan (13) moy neytralizatsiyaga jо‘natiladi.


2.4. Xom ashyo va tayyor mahsulot tavsifi (xom-ashyo, yordamchi materiallar, chiqindilar, ulardan foydalanish, tayyor mahsulotlarga qo‘yiladigan DST va texnik shartlar talablari)
Paxta chigiti tarkibida 17-23% moy bo‘ladi. Chigitdan 45 dan ortiq mahsulot tayyorlanadi. Bir tonna chigitli paxtadan 340-350 kg tola, 550-570 kg chigit, 50-120 kg momiq chiqadi. 1 gektar yerda yetishtirilgan paxtadan (hosildorlik o‘rtacha 30 sentr bo‘lganda) 7-8,5 ming metr gazlama, 277 kg paxta moyi, 726 kg kunjara, 47 kg sovun, 108 kg momiq, 240 kg chigit olinadi. O‘zbekistonda paxtaning uzun tolali va o‘rtacha (ingichka) tolali navlar ekiladi. Uzun tolali paxtadan qora chigit, o‘rtacha tolali paxtadan esa paxta zavodlaridagi jin va linter mashinalarda tozalangandan keyin xam 8-12% lint (kalta dag‘al tola) qoladigan chigit chiqadi. Bunday chigitning sirti ko‘kimtir lint va delint bilan qoplangan bo‘ladi. G‘o‘zaning ba’zi yovvoyi navlari orasida chigit sirtida tola va tukka ajralmaydigan tuklar rivojlanadi. Chigitning keng tomoni xalaza, ingichka tomoni mikropil deb ataladi. Mikropil deb atalishiga sabab shuki, chigit uchining biqinda («nish» tomonida) teshikcha-mikropile bo‘ladi, urug‘lanish vaqtida chang nayi shu mikropile orkali urug‘kurtak ichiga kiradi. Mikropilening oxiri, odatda o‘tkir tumshuqcha bilan tugallanadi, bu yog‘ochlangan urug‘banddir.
Chigitning kattaligi va hajmi g‘o‘zaning turi va nav xususiyatiga, shuningdek, parvarishlash sharoitiga (asosan oziqlanish sharoitiga) qarab xilma-xil bo‘ladi. Chigitning shakli burmuncha uzunchoq yoki biroz dumaloq bo‘lishi mumkin. Masalan, o‘rta tola ingichka tola g‘o‘za navlarining chigiti jaydari va Hindi-Xitoy g‘o‘zalarinikiga nisbatan birmuncha yirik va uzunroq bo‘ladi.
Chigitning og‘irligi yoki uning massasi juda muhim ko‘rsatkich bo‘lib, u asosan yirikligiga hamda murtak hajmiga va tukligicha qarab turlicha bo‘ladi. Bir dona chigitning massasi g‘o‘zaning turiga va naviga xamda o‘sish sharoitiga qarab 50-200 mg gacha, ba’zan bundan ko‘ra og‘irroq bo‘ladi. Ayrim hollarda chigitning yirikligi bir xilda bo‘lsada ham massasi har xil bo‘lishi mumkin. Bunga asosan murtak va qobiq massasida farq bo‘lishi, shuningdek, urug‘ ichida havo kamerasining bor-yuqligi ham sabab bo‘lishi mumkin.
Chigit po‘chog‘i asosan sellyuloza va gemitsellyulozadan iborat bo‘lib, uning tarkibida yog‘ juda oz – 0,5 %. Chigit qobig‘i tuzilishi jihatdan ancha murakkab: u juda mustahkam bo‘lib, qalinligi 0,25 mm keladi. Bu qobiq o‘z qalinligining yarmi yoki 3/2 qismi juda qalin devorchalari uzun silindr shaklida joylashgan panjarasimon (polisad) to‘qimalaridan iborat. Chigit qobig‘i shunday qattiqki, uning yaxshi pishib quriganini hatto o‘tkir pichoqda juda qiyinchilik bilan kesish mumkin. Pishgan chigit qobig‘i to‘q jigarrangda yoki qoramtir jigarrangli bo‘ladi. Yetilmagan chigit qobig‘i esa uning yetilganlik darajasigaga qarab och jigarrang, sariq hatto oqish tusda bo‘lishi mumkin.
1. Tenik chigitlar, ularning tarkibidagi nuqsonli chigit miqdoriga qarab O‘z RST 596-2015 bo‘yicha to‘rtta sanoat naviga bo‘linadi: I, II, III, IV.
2. Texnik chigitning navi uning nuqsonli chigitning vazniy ulushi bilan aniqlanadi. Chigit va -jadvalda ko‘rsatilgan talablarni qanoatlantirishi kerak.
-jadval

Chigit navi

Nuqsonli chigitning vazniy ulushi, % hisobida, ko‘pi bilan

Namlikning
vazniy ulushi, % hisobida, ko‘pi bilan

Tukdorlikning vazniy ulushi, %

G‘o‘zaning o‘rta tolali navlari

G‘o‘zaning ingichka tolali navlari

I

1,5

10

5,0-10,5

2,0-6,5

II

3,0

11

6,0-10,5

3,0-7,5

III

11,0

12

7,0-11,0

4,0-8,5

IV

33,0

13

8.0-13,0

4,5-9,0



-jadval

Chigit navi

Chigit kesimidagi mag‘izning rangi

I

G‘o‘zaning seleksion navlariga qarab salgina yashil yoki boshqa rang aralashgan och krem rangli

II

G‘o‘zaning seleksion navlariga qarab salgina boshqa ranglar aralashgan och krem rangli

III

Turlicha och ranglar kul rang-krem rangdan to och sariq ranggacha

IV

Sariq rangdan to och jigarranggacha

3. Chigitning konditsion vaznini aniqlashning hisob-kitob meyorlari quyidagi qiymatlarga muvofiq bo‘lishi zarur:


namliknint vazniy ulushi -10%, mineral va organik aralashmalarning vazniy ulushi – 0,5 %.
4. Chigitdagi pestitsid qoldiqlarining miqdori o‘rnatilgan tartibda tasdiqlangan meyordan oshmasligi kerak.
5.Tavsiya qilinadigan qo‘shimcha talablar:
- chigitning yog‘dorligi - 20,0 % dan undan ko‘p;
- chigitdagi yog‘ning kislota soni - ko‘pi bilan 3 mg KON/g
- chigitdagi namlikning vazniy ulushi - ko‘pi bilan 8 % .
Bu ko‘rsatkichlarning zarurligi, konkret qiymatlarnint darajasi, chigit qabul qilish va uni navlari bo‘yicha qo‘shimcha haq to‘lash shart-sharoitlari chigitni yetkazib berish bo‘yicha shartnoma tuzilgandan so‘ng, ishlab chiqaruvchi va iste’molchining o‘zaro kelishuviga binoan o‘rnatiladi.
6.Sifat bo‘yicha ilova qilingan hujjatlarda quyidagilar kursatilishi zarur:
- paxta korxonasining nomi va manzilgohi;
- g‘o‘zaning seleksiya navi;
- to‘da raqami;
- bu tudaning haqiqiy va konditsion vazni, kg;
- chigitning sanoat navi;
- sinov natijalari: nuqsondorlik chigitning vazniy ulushi, namliknikg vazniy ulushi, mineral va organik aralashmalarning vazniy ulushi, tukdorlikning vazniy ulushi;
- chigitning chiqarilish muddati;
- ushbu standartning belgilanishi.
Chigit mag‘zi ichida murtak bor. Mag‘izning ko‘p qismi shu murtak uchun oziq tariqasida yig‘ilgan yog‘, chigitning mag‘zi tarkibi turlicha bo‘lgan uzun hujayralardan tuzilib, mag‘iz hujayralarining protoplazmasi albuminoidlar guruhiga kiradigan oqsillardan tashkil topgan bo‘lib, issiqlik ta’sirida iviydigan bo‘ladi. Chigit mag‘zining tarkibidagi bezchalar asosan yupqa devorli 2-3 ta mayda va bir necha dona yirik hujayralardan tuzilgan. Bu hujayralarning ichi gossipol, gossipurin, pigment va ximiyaviy jihatdan murakkab tuzilgan boshqa turli moddalar bilan to‘la bo‘ladi.
Har bir hujayra tubandagi qismlardan: hujayra devori, eleoplazma va aleyron donachalaring tashkil topgan. V.A.Nassonov ma’lumogi ko‘ra, yetilgan chigit mag‘izdagi hujayralar tarkibida 29-34% aleyron donachalari, 60-71% sitoplazma bo‘ladi. Murtak tanasining asosiy hujayralarida, ayniqsa urug‘barg hujayralarida aleyron donachalarida shaklida zahira moddalar hamda har xil kattalikdagi moy tomchilari va kraxmal donachalari joylashgan. Aleyron donchalarining tarkibida 50-75% oqsil bo‘lib, qolgan qismi fosforli, lekin oqsilli bo‘lmagan boshqa moddalardan iborat. Eleoplazmaning ichida sitoplazma – oqsil moddalar, moy mavjud bo‘lib, chigit massasining 20-25 % ini moy tashkil etadi, lekin chigitdagi moy miqdori g‘o‘zaning turi va naviga qarab 18-29 % gacha o‘zgarib turadi. Yog‘ tarkibiga uglerod (75-79%), vodorod (11-13%) va kislorod (10-12%) kiradi. Oqsil uglevodga nisbatan moyning quvvati ikki-uch barobar ortiqdir. Murtakdagi moy miqdori murtak massasiga nisbatan (qobig‘isiz) o‘rta hisobda 40 % ni tashkil etadi.
G‘o‘zaning G.barbadenze va G.girzutut madaniy turlarining chigiti ikkinchisinikiga nisbatan sermoyroqdir. Chigitning sermoyligi g‘o‘za turi va nav xususiyatiga, chigitning qay darajada yetilganligiga, ko‘sak tupining qayerida joylashganligiga, shuningdek, o‘simlikning o‘sish sharoitiga, jumladan, ob-havo shaoritiga va qo‘llanilgan agrotexnikaga qarab o‘zgaradi. Ichki konusdagi yetilgan ko‘sakning chigiti tashqi konusdagi ko‘sak chigitinikiga nisbatan sermoy bo‘ladi. Shu bilan birga birinchi konusdan keyingisiga o‘tgan sari chigitning sermoyligi kamayib boradi. Ichki va tashqi konusdagi chigitning sermoyligi bir-biridan keskin farq qiladi va bu ko‘rsatkich 10 % gacha yetadi.
Chigitning konditson vaznini aniqlashning hisob-kitob meyorlari quyidagi qiymatlarga muvofiq bo‘lishi zarur: Namlikning vazniy ulushi – 10 %, mineral va organik aralashmalarning vazniy ulushi – 0,5%.
Chigitdagi pestitsid qoldiqlarining miqdori o‘rnatilgan tartibda tasdiqlangan meyordan oshmasligi kerak.



Download 99.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling