1.2.Ishningning maqsadi – bitiruv malakaviy ishimning maqsadi mahalliy xom ashyolardan olingan adsorbentlar yordamida past navli paxta chigitlaridan olingan moylarni dastlabki oqlash texnologiyasi ishlab chiqish ya’ni moylarni karbamid bilan modifikatsiyalangan tuproqli adsorbentlar yordamida dastlabki oqlash yо‘li bilan kompleks rafinatsiyalash texnologiyasini takomillashtirish, rafinatsiyalangan moy chiqishi va sifatini oshirish, materiallar hamda boshqa xarajatlarni kamaytirishdir.
1.3. Ishning vazifalari – Maqsadga erishish uchun quyidagilar asosiy vazifalar qilibi belgilandi:
- past navli paxta chigitlaridan olingan moylarning tarkibi va xususiyatlarini aniqlash hamda tahlil qilish;
- mahalliy tuproqlarni tanlash va ular bilan xom paxta moylarini dastlabki oqlash uchun karbamid bilan modifikatsiyalangan tuproqli adsorbentlar (KMTA) ni ishlab chiqish bо‘yicha takliflar berish;
- presslangan va ekstraksiyalangan paxta moylarini karbamid bilan modifikatsiyalangan tuproqli adsorbentlar ishtirokida dastlabki oqlash texnologik rejimlarini ishlab chiqish;
- xom paxta moylarini karbamid bilan modifikatsiyalangan tuproqli adsorbentlar ishtirokida rafinatsiyalash texnologik sxemasini takomillashtirish;
- past navli paxta chigitlaridan olingan moylarni ishlab chiqarish usullarini o‘rganish hamda maqbul texnologik liniyani tanlash;
- asosiy xom ashyo va qo‘shimcha materillar sarfini aniqlash;
- liniyada yong’oq moyini shilab chiqarish uchun asosiy xomashyo va qo‘shimcha materiallar sarfini aniqlash.
- loyhalanayotgan liniya uchun xom ashyo hisobi asosida zamonaviy uskunalarni tanlash va ularni hisoblash;
- loyihada loyihaga doir atrof muhitni muhofaza qilish hamda mehnat muhofazasi qilishga doir takliflar berish;
- tayyor mahsulot tannarxini, loyhalanayotgan liniyaning samaradorligini jumladan kapital mablaglar, foydani aniqlash;
- loyihaga doir taklif va xulosalar berishdan iborat.
2. TEXNOLOGIK QISM
Do'stlaringiz bilan baham: |