Oziq ovqat sanoatining muhim va murakkab yо‘nalishlaridan biri yog‘-moy tarmog‘i hisoblanadi


Download 99.25 Kb.
bet5/16
Sana17.06.2023
Hajmi99.25 Kb.
#1523189
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Kirish

Presslashning davomiyligi. Bu asosiy belgilardan biridir. Normal yuklamadagi shnekli presslarda presslash davomiyligi materialning pressda bо‘lish vaqtiga teng yoki unga yaqinroq bо‘ladi. Presslash davomiyligi asosiy omillardan biri bо‘lib, u siqish darajasi va press unumdorligiga katta ta’sir kо‘rsatadi. Presslash davomiyligi qanchalik katta bо‘lsa, ya’ni uzoq vaqt siqilsa, shunchachlik moyning miqdori ortadi. Lekin press unumdorligi esa shuncha pasayib ketadi. Bu omil о‘z navbatida kanal geometriyasiga, valning aylanish tezligiga, kunjara chiqish oralig‘ining о‘lchamiga, press orqali harakatlanayotgan material xarakteriga, materialning fizik-mexanik xossalariga bog‘liq bо‘ladi.
Pressning bitta zonasida materialning bо‘lish vaqti quyidagi formula bо‘yicha hisoblanadi:

bu yerda: -press zonasida materialning bо‘lish vaqti, min; - zonaning bо‘sh hajmi, m3; -mazkur zonadagi siqish darajasi; -bir daqiqada pressga tushayotgan qovurmaning hajmi;m3/min; -shu zonani zeyer tirqishlaridan siqib ketadigan material miqdorini hisobga oluvchi koeffitsiyenti.
Pressda materialning umumiy bо‘lish vaqti har bir zonada bо‘lish vaqtlari yig‘indisiga teng bо‘ladi. Forpress va ekspellerlarda presslash vaqti turlicha bо‘ladi, u shnekli valni aylanish tezligiga, kunjara qalinligiga bog‘liq bо‘lishi 1-jadvaldan kо‘rinib turibdi.
1-jadval
Press tuzilishining prsslash vaqtiga ta’siri

Presslash

Press rusumi

Shnekli valning aylanish chastotasi, ayl/min

Kunjara qalinligi, mm



Press orqali materialning о‘rtacha о‘tish vaqti, s

Bir martali

MP-21

35,6//23

3,2-5,6

124-182

Dastlabki

FP

20

9-12

50-54

FP

24

9-12

45

Tugal

YEP

5,5

7-10

200-273

Rafinatsiya jarayoni - bu moy va yog‘lar tarkibidagi glitseridlarga hamrox bо‘lgan moddalardan tozalash jarayondir. Rafinatsiya turli fizikaviy va kimyoviy jarayonlarining murakkab kompleksidir. Ularni qо‘llash moy va yog‘lardan xamrox moddalarni ajrati|b olishga imkon beradi. Bu jarayoning xarakteri, moyning tabiati va oklangan moy sifati bilan aniklanadi.


Rafinatsiyalanovchi yog‘larga, ularning qо‘llanishiga karab bir nechta talablar kо‘yiladi. Oziq - ovqat uchun ishlatiladigan yog‘lar tо‘liq sikl bilan rafinatsiyalanishn kerak: fosfatidlar va mumsifat moddalarni ajratish, erkin yog‘ kislotalariii, pigment moddalarni yо‘kotish kerak. Texnik maqsadlar uchun ishlatadigan yog‘lar kisqa sikl bilan rafinatsiya kilinadi. Masalan, gidrogenizatsiyaga ketayotgan yog‘ dezodoratsiya kilinmaydi.
Rafinatsiya usullari. Boshlang‘ich yog‘ning tarkibi, sifati va qо‘llanilishiga karab turli rafinatsiya usullari qо‘llaniladi. Asosiy jarayonlarning xarakteri va rafinatsiya jarayoniga reagentlar ta’siriga karab ular 3 guruxga bо‘liiadi. Gidromexanik, Fizik-kimyoviy, Massa almashinuv. Yog‘larni rafinatsiya kilish usullarining klassifikatsiyasi kuyidagi jadvalda berilgan. ( -jadval)
Erkin yog‘ kislotalari ishqor bilai reaksiyaga kirishib, sovun xolida ajratiladi. Bu jarayon neytrallash deyiladi. Shuningdek, bо‘yok moddalar adsobsion rafinatsiyalash - oklash jarayoni, noxush xidlar va zaharli ximikatlar - dezadoratsiyalash jarayoni yordamida moydan tozalanadi.
Biroq, yukorida berilgan rafinatsiya usullarining klassifikatsiyasi shartlidir. Hamma aralashmalarni bitta usul yordamida yо‘kotish mumkin emas, shuning uchun amalda bitta texnologik sxemaga birlashuvchi bir nechta usullar qо‘llaniladi. Masalan, ozik-ovkat uchun ishlatiladigan yoglarni rafinatsiya jarayoniga chо‘ktirish, filtrlash, gidratatsiyalash, ishkorli rafinatsiya - oklash - dezodoratsiya usullari kiradi.
-jadval



Jarayonlar

Rafinatsiya usullari

Asosiy vazifasi

1

Gidromexanik

Tindirish Sentrifugalash Filtrlash

Suspenziyalarni yoki moyga aralashmaydigan suyuqliklarni ajratish

2

Fizik-kimyoviy

Gidrotatsiyalash
О‘ta sovitish

Fosfatidlar yoki gidrofil moddalarni ajratib olish. Yukori eruvchi moddalarni ajratib olish.

Neytrallash

Erkin yog‘ kislotalarini yо‘kotish.

Yuvish

Sovun na boshka suvda eruvchi moddalarni yо‘kotish.

Quritish

Namlikni yо‘kotish.

3

Massaalmashinuv

Oqlash

Pigmentlarni, boshqa bо‘yok moddalarni, shuningdek so-vunni yо‘kotish.

Dezodoratsiya

Noxush hid va ta’m beruvchi moddalarni yо‘kotish.

Ishkorsiz rafiiatsiya

Erkin yog kislotalarni, noxush hid va ta’m beruvchi moddalarni yо‘kotish.

CHо‘ktirish - suyuk muxitda osilgan holdagi bо‘lakchalarning og‘irlik kuchi ta’sirida tabiiy chо‘kish jarayonidir.


CHо‘ktirish yog‘ning boshlang‘ich tozalash vaqtida ishlatiladi. Rafinatsiyada chо‘ktirish yordamchi jarayon sifatida qо‘llaniladi. CHо‘kish tezligini oshirish uchun chо‘kish jarayonini yukori xaroratda olib borish karak. Uzluksiz ishlaydpgan chо‘ktirish uskunalari ishlab chiqilgan.
Sentrifugalash. CHо‘ktirish jarayoni gravitatsion maydonda kam samara beradi. Ajratish jarayoni sentrafuga uskunalarida (separatorlar) hosil mashinadigan markazdan kochma maydonlarda tez boradi.
Filtrlash. Bu usul moydan suspenziyani mayda teshikli tо‘sikdan о‘tkazib ajratib olishga asoslangan.
Filtrlanayotgan kora moyning xarorati 55-60°S dan kam bо‘lmasligi kerak, chunki sovuk moy yomon filtrlanadi. Kuruk filtr tо‘kimaning teshiklaridan kora moy bir kator о‘tib olgach, tо‘kimaning satqida kuyka (shlam) paydo bо‘ladi. Moyni filtrlashda dastlab tо‘kimaning satxi filtr vazifasini bajargan bо‘lsa, sо‘ngra uning ustida hosil bо‘lgan kuykaning satxi filtr rolini о‘ynaydi. Lekin filtr matoda kuyka mikdori kо‘payib ketsa, ular orasidagi teshiklar kamayib filtrlash jarayoni sustlashadi. Bunda filtr matoni tozalash kerak bо‘ladi.
Moylarni gidrotatsiyasi jarayoni - glitseridlarga hamrox bо‘lgan fofatidlarni ajratib olish maksadida qо‘llaniladi.
Yogda fosfatidlar mikdori kam bо‘lishiga karamay, о‘zining aktivligi xisobiga yogning sifatiga katta ta’sir kо‘rsatadi. Saqlash vaqtida chо‘kma hosil qilib ajraladi, ular emulsiyani stabillashtiradi va natijada fazalar ajralishi qiyinlashadi, oqlash vaqtida fosfatidlar sorbent yuzasida adsorbsiyalanadi, bu esa uning sifatini kо‘paytiradi.
Gidratatsiya jarayonida fosfatidlar aktivligini kamaytiradi. Bu esa fosfatidlarni rafinatsiya kilinmagan yog‘dan ajratib olishni kо‘rsatadi. Gidratatsiya jarayonining asosi shuki, fosfatidlar suv bilan ta’sir kilib, koagulyatsiyalanadi va chо‘kmaga tushadi.
Gidrotatsiya jarayoni faqatgina suv bilan emas, balki tuz, kislota, ishkorlarning suvli eritmalari ishtirokida xam amalga oshadi.
Gidratatsiyalanmaydigan fosfatidlarga fosfat va polifosfat kislotalari, fosfatidilserin, ularning metall tuzlari (Sa++,Mg++, Ka+ va x.k.) shu bilan birga fosfat kislotalarinshg sterollar va alifatik spirtlar bilan birikmasi kiradi. Ular kislotalik xossalarini namoyon etib, ishkorlar, ishkoriy yer metallar bilan birikadi. Gidratatsiyalanmaydigan fosfatidlarning qutblanishi gidratatsiyalanadigan fasfatidlarning qutblanishiga karaganda past bо‘ladi.
Ishkorli rafinatsiya (neytralizatsiya) - О‘simlik yog‘larida ma’lum mikdorda erkin yog‘ kislotalari bо‘ladi, bular yog‘ning sifatiga bog‘liq. Erkin yog‘ kislotalarining bо‘lishi yog‘ sifatini yomonlashtiradi, ozukaviy kiymatini kamaytiradi. Ozik-ovkat uchun ishlatiladigan yog‘ning kislota soni 0,2-0,3 mg. KON dan oshmasligi kerak. Bundan esa erkin yog‘ kislotalarini yо‘kotish zarurligi kelib chikadi. Sanoatda kuyidagi usullar ishlatiladi:
1) erkin yog‘ kislotalarini ishqor bilan neytrallash (ishqorli rafinatsiya);
2) yukori haroratda va vakuum ostida erkin yog‘ kislotalarini yо‘qotish (distillyatsiyali rafinatsiya).
Ishkorli rafinatsiya yog‘-moy korxonalarida keng qо‘llaniladi. Bu usul natijasida yog‘ kislotalarining yog‘da erimaydigan tuzi, ya’ni sovun hosil bо‘ladi.
R COOH+NaOH RCOONa+H2O
Uning suvli eritmasi katta zichlik xisobiga yog‘dan ajraladi. Ajralgan sovunli massa soapstok deyiladi.
Sovun о‘zining yuqori adsorbsiyali xususiyatga kо‘ra yog‘dan kuydagi aralashmalarni ajratib oladi: fosfatidlar, oksillar, bо‘yovchi moddalar va xokazo. Shuningdek, sovun parchalari mexanik aralashmalarni xam ushlab koladi.
Ishkor ma’lum mikdorda neytral yog‘ (triglitserid)ni sovunlaydi. Ayrim vaqtda yog‘ni ajratish uchun ishkorni kо‘p mikdorda kо‘shiladi.
Ishkorli rafinatsiya mexanizmi - A.A.Shmidt tomchi usulini qо‘llab rafinatsiya jarayonini tо‘lik tekshirgan. Bu usul, ishkor tomchisi yog‘ qatlamiga tо‘lganda, uning xarakati xarakterini kuzatishga asoslangan.
Ishkor eritmasi tomchisi yog‘ga tushganda, erkin yog‘ kislotalari bilan reaksiyaga kirishini xisobga tomchi yuzasida sovunli parda qosil bо‘ladi. Uning karshiligi ta’sirida sovunli parda oldiniga tomchi harakatiga qarama-karshi tomonga suriladigan, keyin esa tomchidan ajralib chiqadi.
Shu vaqtda xaltacha hosil bо‘ladi, bu xaltachani ichida ishkor va yog bor. Bu ishkor yog‘ni sovunlaydi. Ishkor tomchisini surilishiga karab, yangi parda hosil bо‘ladi, keyinchalik u xam tomchidan ajraladi. Bu jarayon xamma ishkor sarf bо‘lguncha yoki ishqor tomchisi qurilma tubiga tushguncha davom etadi.
Sovunli parda fosfatidlar, bо‘yovchi moddalar va neytral yog‘ning ma’lum mikdorini biriktirib oladi. Sovun katlami orkali xarakatda sovunlash pardalar birlashib, parcha hosil kiladi. Bu qurilma apparat tubiga tushib, soapstokni hosil kiladilar.
Rafinatsiya jarayonining borishi va soapstok strukturasining tuzilish yogning haroratiga, ishkor eritmasi konsentratsiyasiga va jarayon sharoitiga bogliq.



Download 99.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling