Oziq ovqat sanoatining muhim va murakkab yо‘nalishlaridan biri yog‘-moy tarmog‘i hisoblanadi
Tanlangan texnologik sxemani asoslash (texnologik sxemalarning taxlili)
Download 99.25 Kb.
|
Kirish
2.2.Tanlangan texnologik sxemani asoslash (texnologik sxemalarning taxlili)
O‘simlik moylarini adsorbsion rafinatsiyalashda quyidagi texnologik liniyalarni kо‘rib chiqamiz. Yog‘larni De-Smet apparatida oqlashning texnologik sxemasida quyidagicha amalga oshiriladi: Neytrallangan yuvilgan va quritilgan yog‘ bakga kelib tushadi va nasos yordamida oqlash uchun yuboriladi. Yog‘ning bir qismi о‘lchagich orqali, isitgichni chetlab о‘tib, aralashtirgichga keladi, u yerda oqlovchi tuproq bilan aralashtiriladi. Oqlovchi tuproq uzluksiz ravishda shnekli dozator orqali bunkerdan keladi. Suspenziya vakuum yordamida oqlovchi va deaeratsiya apparatiga tortib olinadi. Bu yerga о‘lchagich (sarflagich) va issiqlik almashigich apparati orqali yog‘ning asosiy qismi yuboriladi. Suspenziya apparatning pastki qismidan nasos bilan issiqlik almashgich apparati orqali kolonka tipidagi sо‘nggi oqlash apparatiga yuboriladi. Buerda kalqovichli rostlagich yordamida moyli suspenziyani sathi doimiy qilib ushlab turiladi. Vakuum bug‘-ejektorli nasos bilan hosil qilinadi oqlangan moy nasos yordamida diskli filtrga uzatiladi. Uzluksiz ishlash uchun unga 2 ta filtr о‘rnatilgan. Filtrning birinchi xira qismi tugal oqlovchi apparatga qaytariladi. Filtratning sifatini kuzatuvchi fonar orqali nazorat qilinadi. Toza, tiniq yog‘ keyingi qayta ishlashga yuboriladi. Filtrda ma’lum miqdorda chо‘kma yig‘ilsa, uning ishlab chiqarish quvvati kamayadi, bosim 0.35-0.38 mPa (3.5-3.8 kgs/sm2) ga kо‘tariladi, filtrlash tо‘xtatiladi. 2 – filtrni ishga tushirib, 1- filtr uchiriladi. Filtr tuxtatilgandan sо‘ng qolgan yog‘ bakga quyiladi. U yerdan nasos bilan filtrlashga qaytariladi. Diskadagi chо‘kma dastlab bug‘ bilan puflanadi, keyin esa chо‘kmani yog‘sizlantirish uchun issiq xavo bilan puflanadi. Suv – yog‘ aralashmasi bakga quyiladi, u yerda yog‘ tindiriladi. Disklardagi chо‘kma bushatib turiladi. Ishlab chiqarish quvvati 5 t/s oqlangan yog‘ni tashkil qiladi. Yog‘larni davriy usulda oqlash sxemasi bо‘yicha quyidagicha amlaga oshiriladi: Yog‘ korobkadan vakuum yordamida oqlovchi apparatga tortib olinadi, 90-95 0 S gacha qizdiriladi. 40-60 mm. s u bosim ostida quritiladi. Keyin о‘lchovdan oqlovchi tuproq tortib olinadi. 20-30 minut davomida yog‘ bilan tuproq yaxshilab aralashtiriladi. Oqlash oxiriga yetganda yog‘ nasos bilan filtrpressga yuboriladi. Xira yog‘lar yig‘uvchi sig‘imlarda yig‘iladi, tiniq yog‘lar esa yiguvchi korobkaga yig‘iladi. Filtratsiyadagi bosim 2.5-3 atmosfera, harorat esa 85-900 S dan oshmasligi kerak. Ishlatilgan oqlovchi tuproq tarkibida ma’lum miqdorda yog‘ bо‘ladi. Oqlovchi tuproq tarkibidagi yog‘ miqdorini kamaytirish uchun filtrpress siqilgan inert gaz bilan puflanadi. Filtrpressdan chiqkan yog‘ qayta rafinatsiyaga yuboriladi. Hozirgi vaqtda yog‘ moy korxonalarida о‘simlik moylari presslash va ekstraksiyalash usuli bilan olinmoqda, past navli va nostandart urug‘lardan olingan paxta moylari kо‘pgina holatlarda qora (о‘tkir) rangda bо‘lib, amalda Lovibond asbobida tahlil qilib bо‘lmaydi. Buning sababi moylar tarkibida gossipol, xlorofill va uning xosilalari, yog‘ bо‘lmagan moddalarning miqdori kо‘pligidadir. Past navli paxta chigitlaridan olingan paxta moylarini mavjud texnologiya bо‘yicha rafinatsiyalash texnologiyasida yuqori konsentratsiyali ishqor eritmasi (400 g/l va kо‘proq) shuningdek ortiqcha ishqor (150% va kо‘proq) sarflanmoqda. Bu esa soapstok bilan birga kо‘p moy yо‘qolishi va olinadigan mahsulot chiqishini kamayishiga sabab bо‘lmoqda. Paxta moylarini rafinatsiyalash texnologiyasi bo‘yicha respublikamizda va chet olimlari tomonidanishlar olib borilgan, jumladan A.S. Sodiqov, A.L. Markman, V.P. Rjexin, A.I. Ismailova, A.G.Sergeyev, A.T.Ilyasov, Q.P.Serkayev va boshqa mualliflar ilmiy ishlarida rafinatsiyalashning qator variantlari ko‘rsatilgan. Lekin ayni paytda paxta moyini dastlabki oqlash jarayonlari o‘rganilmagan. Shundan kelib chiqib, tuproqli adsorbentlarni karbamidlar asosida modifikatsiyalangan holda paxta moyi dastlabki oqlash jarayonlariga qo‘llashni aktual ilmiy vazifa hisoblanadi. Past navli va nostandart paxta chigitlaridan presslash va ekstraksiyalash usulida olingan xom paxta moylarini karbamid bilan modfifikatsiyalangan tuproqli adsorbentlar yordamida dastlabki oqlash yо‘li bilan rafinatsiyalash texnologiyasini mukammallashtirish dolzarb va amaliy muhim vazifalardan hisoblanadi. Shu sababli biz mavjud texnologiyaga о‘zgartirish kiritishni ya’ni dastlabki oqlash texnologiyasini taklif etamiz, unda biz moyning chiqishi 2-3%ga oishishi, olingan moylarni rafinatsiyalash jarayonida 20%ga yaqin ishqor sarfi kamayishiga erishamiz hamda chet eldan olib kelingan xom ashyo (adsorbent) emas balki mahalliy xom ashyodan ya’ni adsorbentlardan foydalanib yuqori samaradorlikka erishamiz. Download 99.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling