EKOLOGIYA FANI VA UNING VAZIFALARI O`RGANISH USULLARI
«Ekologiya» tushunchasini fanga birinchi bo‘lib nemis biologi Ernest Gekkel 1866-yilda kiritgan. Ekologiya ayrim individlarning rivojlanishi, ko‘payishi, yashashini, populya- tsiyalarining va jamoalarining tarkibi hamda o‘zgarishlarini yashash muhitiga bog‘liq holda o‘rganadi.
Ekologiya fanining boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi 20-jadvalda ko‘rsatilgan. Jadvaln ing o‘ng tomonidagi organizm, populyatsiya, tur, biotsenoz darajalari ekologiya fani tomonidan o‘rganiladi.
Ekologiya fanining asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi:
Har xil organizmlar guruhlarining atrof-muhit omillaribilan munosabati qonuniyatlarini o‘rganish.
Organizmlarning yashash muhitiga ta’sirini aniqlash.
Biologik resurslardan oqilona foydalanish, odam faoli- yati ta’sirida tabiat o‘zgarishlarini oldindan ko‘ra olish, tabiatda kechayotgan jarayonlarni boshqarish yo‘llarini o‘rganish.
Zararkunandalarga qarshi kurashning biologik usullariniyaratish.
Sanoat korxonalarida chiqindisiz texnologiyani ishlabchiqish va joriy etish.
Ekologiya genetika, evolutsiya ta’limoti, sistematika, fiziologiya, etiologiya kabi biologik fanlar bilan chambarchas bog‘langan.
Ekologiya fanining o‘rganish predmeti tiriklikning har xil tuzi lish darajalari — organizm, tur, biogeotsenoz, biosfera darajalaridir.
Ekologiya fani quyidagi asosiy bo‘limlardan tashkil topadi:
Autekologiya.
Sinekologiya.
Evolutsion ekologiya.
Tarixiy ekologiya.
Autekologiya — ayrim bir turga mansub bo‘lgan organizmlar yoki populyatsiyalarning o‘zaro va muhit bilan munosabatlarini o‘rganadi. Masalan, hozirgi davrda populyatsiyalar ekologiyasini o‘rganishda ularning ko‘payishi, turg‘unligi yoki sonining kamay ishini o‘rganishda matematik modellashtirish usuli keng qo‘llanilmoqda.
Sinekologiya — har xil turga mansub organizmlar umumlashmasining o‘zaro va muhit bilan munosabatlarini o‘rganadi. Bunda ayrim territoriyalarda yashaydigan mikroorganizmlar, o‘simlik, hayvon turlarining xilma-xilligi, tarqalishi, ular ora sidagi raqobatlar va boshqa ekologik muammolar o‘rganiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |