Oziq zanjiri
Oziq zanjiri|Haydarov tayyorlov kursi
Download 493.77 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liqOziq zanjiri masala @JHBIOLOGY kanali(1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Javlonbek Haydarov tayyorlov kursi 2020 Rasmiy kanalimiz: @JHBIOLOGY
Oziq zanjiri|Haydarov tayyorlov kursi
2020 19. Oziq zanjiri o’simlik –bug’u– yo’lbarsdan iborat. Ekologik piramida qoidasidan foydalanib, yo’lbars oziqlanishi mumkin bo’lgan biogeotsenozning maydonini (m 2 ) aniqlang. O’simliklar biomassasi 4000 g/m 2 ga teng, organizmlar tanasi massasi ulushining 60% ini suv tashkil etadi (yo’lbarsning vazni 260 kg). A) 1600 B) 6500 C) 10833 D) 26000 20. Ko’rshapalakning yangi tug’ilgan ikkita bolasining har biri 1 gr massaga ega. Bir oy davomida onasi ularni sut bilan boqdi, natijada ularning har biri vazni 4,5 gr ga yetdi. Shu vaqt ichida ona ko’rshapalak qancha hasharotlarni tutib yeydi? A) 70 B) 700 C) 90 D) 900 21. Ko’rshapalakning yangi tug’ilgan ikkita bolasining har biri 3 gr massaga ega. Bir oy davomida onasi ularni sut bilan boqdi, natijada ularning har biri vazni 6,5 gr ga yetdi. Shu vaqt ichida ona ko’rshapalak iste’mol qilgan hasharotlar oziqlanadigan o’simliklarning massasini aniqlang. A) 9000 B) 13000 C) 3500 D) 7000 22. Oziq zanjirini bug’doy – chigirtka – kaltakesak – lochin tashkil etadi. Bug’doy tarkibida oqsil, yog’ va uglevodning massa nisbati 1:2:5 ga teng bo’lib, ulardan ajralgan umumiy energiya 9170 kJ ga teng bo’lsa, lochin tana tuzilishi uchun uglevodlardan ajralgan energiya miqdorini (kj) toping. A) 4,4 B) 13,2 C) 8,8 D) 17,6 23. Oziq zanjirini bug’doy – chigirtka – kaltakesak – lochin tashkil etadi. Bug’doy tarkibida oqsil, yog’ va uglevodning massa nisbati 1:2:3 ga teng bo’lib, ulardan ajralgan umumiy energiya 3500 kk ga teng bo’lsa, bug’doy tarkibidagi oqsil va yog’lardan ajralgan energiya miqdorini (kk) toping. A) 1640 B) 1860 C) 2050 D) 2270 24. Erkak va urg’ochi quyonlar tanasining birgalikdagi og’irligi 840 kg. Erkaklarining umumiy massasi urg’ochilarining umumiy massasidan 3 marta kam. Erkak quyonlarning umumiy soni 56 ta bo’lib, urg’ochilarining umumiy sonidan 5 barobar kam. Agar bo’ri 15 ta urg’ochi quyonni iste’mol qilsa,massasi qancha kg ortadi? A) 2,25 B) 3,375 C) 5,625 D) 4,25 25. Erkak va urg’ochi quyonlar tanasining birgalikdagi og’irligi 960 kg. Erkaklarining umumiy massasi urg’ochilarining umumiy massasidan 2 marta kam. Urg’ochi quyonlarning umumiy soni 160 ta bo’lib, erkaklarining urg’ochilarga nisbati 2:5 ga teng. Agar bo’ri 3 ta erkak va 5 ta urg’ochi quyonni iste’mol qilsa, massasi qancha kg ortadi? A) 3,5 B) 1,5 C) 2,5 D) 3 25. Fermer xo’jaligida zagorsk va kornuel zotlarining birgalikdagi og’irligi 750 kg. Kornuel zotlarining umumiy massasi zagorsk zotlarining umumiy massasidan 50 kg ko’p. Ikki tovuq zotlarining soni o’zaro teng bo’lib, 200 tani tashkil etadi. Agar fermaga tulkilar xujum qilib 15 ta tuxum-go’sht va 12 ta go’sht yo’nalishidagi tovuq zotlarini iste’mol qilsa, fermadagi kornuel zotlarining massasi 450 kg ga yetishi uchun qancha kg don yeyishi kerak? A) 500 B) 1600 C) 1220 D) 980 26. Ekologik piramida fitoplankton-zooplankton- mayda baliqlardan iborat. Fitoplankton 6000 t bo‘lib, 75% qismi iste’mol qilindi, zooplankton ortgan massasining 25% qismi iste’mol qilinmadi. Mayda baliqlarning massasi necha kilogrammga ortadi ? A) 64823 B) 32620 C) 38502 D) 33750 27. Quyidagi oziq zanjirida produtsent va fitoplankton umumiy 300 tonnani tashkil qiladi. O’simlik massasi fitoplanktonnikidan 2,75 martta kattaligi ma’lum bo’lsa, kloakaga ega hayvonlarni umumiy massasini toping. A) 2420 kg B) 3220 kg C) 3300 kg D) 2300 kg 28. O`simlik-quyon-tulkidan iborat oziq zanjirida o`simlik biomassasi 100 tonna. Bitta tulkining massasi 10 kg ortgan bo`lsa, populatsiyadagi tulkilar sonini aniqlang. A) 100 ta B) 200 C) 300 D) 400 29. O`simlik-sichqon-burgutdan iborat oziq zanjirida o`simlikning biomassasi 100tonna. Bitta burgutning biomassasi 5kg ortgan bo`lsa, populaytsiyadagi burgutlar sonini aniqlang. A) 200 B) 100 C) 300 D) 400 30. O`simlik-sichqon-ilon-lochin oziq zanjirida lochin 70kg semirdi ilonning 70%li biomassasi hisobiga produtsent, birlamchi va ikkilamchi konsumentni toping. A) 22200 B) 111000kg C) 21300 D) 22000 31. Ekologik piramida qoidasiga asoslanib bo’rilar biomassasini aniqlang. (bo’ri quyon va yumronqoziq bilan oziqlanadi, quyon karam bilan oziqlanadi, yumronqoziq o’simlik va kaltekasak bilan oziqlanadi). Kaltakesak biomassasi 200 g, o’simlik biomassasi- 20 t, karam biomassasi – 20 kg . (yumronqoziq butun umri davomida 50 dan ortiq kaltakesakni yeydi) ________________________________________________ Javlonbek Haydarov tayyorlov kursi 2020 Rasmiy kanalimiz: @JHBIOLOGY Download 493.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling