O'zlikni anglash nima. O'zlikni anglash bosqichlari. Guruhiy jarayonlarda o'zlikni anglash


Download 42.5 Kb.
bet1/2
Sana10.02.2023
Hajmi42.5 Kb.
#1188451
  1   2
Bog'liq
Guruhiy jarayonlarda o\'zlikni anglash


Mavzu: Guruhiy jarayonlarda o'zlikni anglash


Reja:

  1. O'zlikni anglash nima.

  2. O'zlikni anglash bosqichlari.

  3. Guruhiy jarayonlarda o'zlikni anglash

Har bir xalqning taqdirida muhrlanib qoladigan tarixiy hujjatlar millat ravnaqi, davlatchilik poydevorining mustahkam bo‘lishi uchun xizmat qilganligi bilan ahamiyatlidir. Zero, ahamiyati jihatidan asrlarga tatigulik huquqiy hujjatlar qatorida “Mustaqillik deklaratsiyasi”, “O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini e’lon qilish to‘g‘risidagi” Qaror, “O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida”gi Qonun va O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini alohida ehtirom bilan tilga olamiz.
Jahon konstitutsiyaviy tajribasida alohida o‘rin tutuvchi, huquqiy pretsedent hisoblangan ushbu hujjatlarning yaratilish davri o‘ta murakkab tarixiy jarayonlar silsilasiga to‘g‘ri keldi. XX asrning 90-yillarida O‘zbekistonning siyosiy tizimida vujudga kelgan murakkab ijtimoiy munosabatlar mamlakat rahbariyati zimmasiga jiddiy sinovlarni olib keldi: sobiq “markaz” qonunlari va respublika qonunlari orasida jiddiy ziddiyat va tafovutlar mavjudligi tufayli qonunlar amalda ishlamas, o‘z qonunlarimizni qabul qilish uchun esa muayyan vaqt talab qilinardi. Bunday holat hokimiyat parokandaligi, millatlararo aloqalarning keskinlashuviga olib keldi. Buning natijasi o‘laroq, respublikaning iqtisodiy ahvoli ancha og‘ir, qimmatchilik va yetishmovchilik to‘xtovsiz ko‘tarilib borayotgan, ishsizlar soni oshib, turli darajadagi qonun buzilish illatlari ortib, shaharu qishloqlarimizda ayrim kimsalar tomonidan aksilinsoniy xatti-harakatlar, zo‘ravonlik tobora avj olayotgan, yetim-yesirlar, nogironlar, ko‘p bolali oilalarning iqtisodiy ahvoli keskin og‘irlashib borayotgan, bir so‘z bilan aytganda, dolzarb ijtimoiy muammolar hal etilmagan, xalqimiz ziddiyatli vaziyatni boshidan kechirayotgan davr edi.
Ichimlik suvi tanqisligi, sug‘oriladigan yerlarning yetishmasligi, oziq-ovqat mollari va sanoat mahsulotlarining tashqaridan olib kelinishi, ishsizlik – aholining 45 %dan ko‘prog‘ini tang ahvolda hayot kechirishiga sabab bo‘lgan edi. Inson amalda jamiyat taraqqiyotining markaziga emas, balki chekkasiga qo‘yilib, unga munosib turmush va mehnat sharoiti, ijtimoiy adolat, siyosiy erkinlik, shaxsning har tomonlama kamol topishi va ma’naviy jihatdan yuksalishi to‘g‘risidagi masalalar real hayotda hal qilinmagan edi. Hatto, mulkchilik masalasida respublika o‘z hududidagi yer osti, yer usti boyliklariga egalik qilolmas, o‘zi ulardan va ishlab chiqariladigan mahsulotlaridan erkin foydalana olmas edi.
Ana shunday tahlikali va xatarli sharoit, ijtimoiy-siyosiy vaziyatda davlat mustaqilligi uchun kurash, O‘zbekiston Respublikasining mustaqil davlat sifatidagi tarixi 1990 yil 20 iyunda O‘zbekiston SSR Oliy Sovetining ikkinchi sessiyasida tasdiqlangan “Mustaqillik deklaratsiyasi”dan boshlandi. Aynan shu hujjat asosida O‘zbekiston Respublikasining mustaqil davlat sifatidagi maqomini tasdiqlash uchun kurash yanada avj oldi.
1991 yilning mart oyida o‘tkazilgan referendum (birinchi referendum) natijalariga asosan sobiq ittifoqqa birlashgan respublikalarning ittifoq shartnomasini tuzishga oid ijtimoiy fikrni chalg‘itishga qaratilgan turli xildagi fikr-mulohazalari yangrayotgan bir paytda, bir guruh amalparastlarning 1991 yilning 19-21 avgust kunlari amalga oshirgan jinoyatkorona davlat to‘tarishining barbod bo‘lishiga doir voqealar, aniqrog‘i, ularning takrorlanishi mumkinligiga doir mulohazalar O‘zbekistonning o‘z taraqqiyot yo‘lini tanlab olishida tub burilish yasadi desak, aslo mubolag‘a bo‘lmaydi.
1991 yilning 31 avgustida “O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi. Unga asosan O‘zbekiston Respublikasi suveren respublika deb e’lon qilindi. Suverenitet – bu muayyan davlatning o‘ziga taalluqli bo‘lgan barcha masalalarni mustaqil hal etishidir. Respublika suverenligini e’lon qilish mustaqillikka qo‘yilgan dastlabki qadamlardan biri edi. Chunki suverenitetning o‘ziga xos siyosiy, yuridik va iqtisodiy tarkibiy qismlari mavjud. O‘zini suveren deb e’lon qilgan har bir respublika ushbu tarkibiy qismlarni o‘zida, albatta, mujassamlashtirishi zarur hisoblanadi.
Suverenitetning siyosiy tarkibi davlat suverenligini xarakterlovchi siyosiy hokimiyatning shunday tashkiloti mavjudligini nazarda tutadiki, bu – kuchli davlat apparati, davlatning shakllangan mexanizmi, milliy armiya, davlat ramzlari, davlat siyosati bilan bog‘liq omillar bo‘lsa, davlat suverenitetining yuridik tarkibi suverenitetning legitimlashtirilishi, ya’ni qonuniyligini nazarda tutadi. Bunda suverenitetning xalqaro hamjamiyat, BMT va boshqalar tomonidan tan olinishi asosiy omil hisoblanadi. Suverenitetning iqtisodiy tarkibi davlatning iqtisodiy tizimini rivojlantirishga xizmat qiladigan munosabatlarning mustaqil ravishda amalga oshirishini nazarda tutib, milliy budjet tizimi, milliy valyuta, mulkiy munosabatlar va boshqa omillar yetakchi o‘rinni egallaydi.
“O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida”gi Qonuni “davlat suvereniteti”, “xalq suvereniteti” kabi tushunchalarni e’tirof etish bilan bir qatorda, 15-moddada “O‘zbekiston Respublikasining barcha fuqarolari millatidan, elatidan, ijtimoiy kelib chiqishidan, qaysi dinga mansubligidan va imon-e’tiqodidan qat’i nazar bir xil fuqarolik huquqlariga egadirlar, respublika Konstitutsiyasi hamda uning qonunlari himoyasida bo‘ladilar” degan norma mustahkamlandi. Demak, O‘zbekiston millat suverenitetini qonunchilik doirasida belgilab, mamlakatdagi barcha millat-elat va xalqlarning huquq hamda manfaatlarini, obyektiv tarixiy holatlarini hisobga olgan holda milliy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy va boshqa xarakterdagi masalalarni hal etish mas’uliyatini o‘z bo‘yniga oldi.
Sobiq ittifoqdagi ko‘pchilik respublikalar o‘rtasidagi munosabatlar chok-chokidan so‘kilayotgan, millatlararo mojarolar avj olgan bir paytda, jumladan, Farg‘ona, Parkent, O‘shdagi voqealar aholining muayyan qismi o‘rtasida ertangi kunga ishonchsizlik tug‘dirmasligi maqsadida mustaqil O‘zbekistonda millat suverenitetining e’lon qilinishi ayni muddao bo‘ldi.
Suverenitetning barcha talablariga rioya etish mas’uliyatini o‘z zimmasiga olgan O‘zbekiston uchun ortga qaytishga yo‘l yo‘q edi. Mustaqil O‘zbekistonning siyosati – insoniylik va ezgulik qonunlariga asoslanishi hamda fuqarolarning osoyishtaligi va milliy murosa siyosatiga tayanganligini davlatimiz amalda isbotlashi zaruriyatga aylandi. Boz ustiga, “O‘zbekistonda taqchillik, ishsizlik, aholining asosiy qismi – o‘zbeklarning qashshoqligiga O‘zbekistonning hozirgi hukumati aybdor” tarzida otilayotgan har xil malomat toshlariga O‘zbekiston hukumati qat’iy harakatlar bilan javob berishi talab etilardi.
Buning uchun huquqiy bazani yangilash, davlatdagi mavjud muammolarni hal qilishga qaratilgan qonunlar qabul qilish zaruriyati tug‘ildi. Ushbu yo‘nalishda dastlabki e’lon qilingan “O‘zbekiston Respublikasida aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida”gi, “Nogironlarni ijtimoiy himoyalash to‘g‘risida”gi, “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to‘g‘risida”gi qonunlar o‘sha davr kun tartibidagi dolzarb masalalar yechimini topishga qaratilgan edi.
1990 yilning iyun oyida respublika Oliy Kengashining ikkinchi sessiyasida yangi Konstitutsiya loyihasini tayyorlash uchun konstitutsiyaviy komissiya tuzildi. Sobiq imperiya davrida bunday dadil siyosiy qadamni qo‘yishning o‘zi katta shijoat va mardlikni talab qilar edi.
Mazkur komissiya Konstitutsiya loyihasini umumxalq muhokamasiga qo‘yish to‘g‘risida qaror qabul qildi va u 1992 yil 26 sentabrda matbuotda e’lon qilindi. Ushbu loyiha bo‘yicha umumxalq muhokamasi keng jamoatchilik doirasida juda qizg‘in o‘tkazildi. Bildirilgan takliflar inobatga olinib, 1992 yilning 21 noyabrida Konstitutsiya loyihasi ikkinchi bor matbuotda e’lon qilindi. Natijada, olti mingdan ortiq taklif va mulohazalar bildirildi va loyihaga qator tuzatish hamda aniqliklar kiritildi. Ilgari odamlarning hayotiy manfaatlariga daxldor masalalar hammadan pinhon tutib tayyorlanar va qabul qilinar, jamoatchilik fikri esa hisobga olinishi u yoqda tursin, hatto pisand ham qilinmasdi.
Mustaqillik xalqimizning orzu-umidlarini o‘zida mujassam qilgan qadriyat sifatida, birinchi galda, respublika fuqarolarining siyosiy faolligi va demokratik jarayonning natijasi sifatida maydonga keldi. Mustaqillikning ijtimoiy-siyosiy qadrini mustahkamlash uchun respublikada demokratik ko‘ppartiyaviylik, partiyalararo muloqotga keng yo‘l ochilib, xalqning siyosiy faolligini oshirishga xizmat qiladigan barcha tadbirlarning qonunga asoslanib, qonun doirasida olib borilishiga erishildi.
1992 yil 8 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining o‘n birinchi sessiyasida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilindi. Konstitutsiyamizning diqqat markaziga inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari qo‘yilib, ushbu huquqlarni ta’minlash davlatimiz oldida turgan oliy mas’uliyat ekanligi uning asosiy g‘oyasi sifatida tanlab olindi. Konstitutsiyamiz, birinchi navbatda, Birlashgan Millatlar Tashkilotining qator hujjatlari, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi, xalqaro huquqning umume’tirof etilgan qoidalari va o‘zbek xalqining boy tarixiy tajribasiga asoslandi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning Konstitutsiyamizda “Jamiki dunyoviy ne’matlar ichida eng ulug‘i – inson degan fikrni ilgari surdik va shu asosda “fuqaro – jamiyat – davlat” o‘rtasidagi o‘zaro munosabatning oqilona huquqiy yechimini topishga intildik”, deb ta’kidlashiga to‘la asos mavjud. Zero, insonni ulug‘lash ruhi O‘zbekiston Konstitutsiyasining butun mazmun-mohiyatiga singdirildi.
Mustaqil O‘zbekiston Konstitutsiyasiga muvofiq, milliy qonunchilik tizimi ham asta-sekin qaddini rostlay boshladi. Mustaqillikka erishgan kunimizdan to hozirga qadar inson qadr-qimmati bilan bog‘liq bo‘lgan 400 dan ziyod qonunlar milliy parlamentimiz tomonidan qabul qilindi. Dastlabki yillarda insonning ijtimoiy himoyasi bilan bog‘liq omillar dolzarb hisoblangan bo‘lsa, so‘nggi yillarda inson qadr-qimmatining barcha jabhalariga e’tibor kuchaytirildi. Mazkur qonunlarning orasida o‘lim jazosini bekor qilish, “Xabeas korpus” akti, bola huquqlarining kafolatlari, siyosiy partiyalar rolini kuchaytirishga doir normativ-huquqiy hujjatlar, diqqatga sazovordir. Shu bois, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 12 iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma ikki yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi Qarori yaqin o‘tmishdagi tariximizni eslash orqali erishilgan yutuqlarimiz, o‘tkazgan tahlillarimizni sarhisob qilish va oldinda amalga oshirilishi zarur bo‘lgan masalalarimiz talaygina ekanligini unutmasligimiz lozimligini nazarda tutadi.
O‘zbekistonda qabul qilingan konstitutsiyaviy qoida hamda me’yorlarga asoslangan qonunlar va farmonlar islohotlarga, mamlakatning butun ijtimoiy tizimini yangilashga, odamlarning turmush tarzini o‘zgartirishga qaratildi. Ularning mazmuniga quyidagi negiz va prinsiplar kiritildi:
Birinchidan, jahonning yuksak darajada taraqqiy etgan demokratik davlatlari tomonidan e’tirof etilgan inson huquqlari va davlat suvereniteti g‘oyalari hamda prinsiplariga sodiqlik namunasini ko‘rsatishdek mas’uliyatni o‘z zimmamizga oldik. Zero, hayotda inson, uning ajralmas huquqlari va erkinliklari eng oliy qadriyat hisoblanadi.
Ikkinchidan, demokratiya va ijtimoiy adolat g‘oyalariga sadoqatimizni namoyon qilib, xalq hokimiyatchiligini mustahkamlash, xalq vakilligi institutlarini rivojlantirish, referendum va saylovlar asosida davlat va jamiyat hayotiga oid muhim masalalarni hal qilish, demokratiya o‘chog‘i sanalgan milliy qadriyat – mahalla instituti orqali har bir insonning siyosiy-huquqiy qarashlarini yuksaltirish bosh vazifa sifatida qaralmoqda. Bunda ijtimoiy adolatni targ‘ib qilish hamda unga amal qilish barobarida jamiyat a’zolari o‘rtasidagi tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash, ularda bir-biriga mehr-muruvvat hissini uyg‘otish, kam ta’minlangan, parvarishga muhtoj, nogiron va boquvchisi bo‘lmagan insonlarni ijtimoiy himoya qilish kabi insoniy fazilatlarga tayanishni muhim omil, deb hisobladik.
Uchinchidan, O‘zbekiston fuqarolarining farovon hayot kechirishlarini ta’minlash maqsadida iqtisodiyotni bozor munosabatlari prinsiplari doirasida erkinlashtirish, barcha mulk shakllarining muqaddas va daxlsiz ekanligini e’tirof etish, mehnat qilish va tadbirkorlikni rag‘batlantirish, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish kabi qoidalar o‘rnatilishiga erishildi. Bundan keyin ham fuqarolarning moddiy turmush tarzini yanada yuksaltirish davlatimizning bosh vazifalaridan biri bo‘lib qoladi.
To‘rtinchidan, insonparvar demokratik huquqiy davlatni barpo etishni ko‘zlab, hamma narsa inson uchun, inson baxt-saodati uchun yaratilishini anglagan holda qonunlarimiz ruhiga insonparvarlik g‘oyalarini singdirish, jamiyat huquqiy tafakkurini yuksaltirish, qonunlarni hurmat qilish va ularga itoatda bo‘lish talablarini joriy etish orqali fuqarolik jamiyatini shakllantirishga erishishni davr talabi, deb bildik.
Beshinchidan, fuqarolar tinchligi va milliy hamjihatligini ta’minlash orqali davlatning oldida turgan asosiy funksiyasini bajarish maqsadida huquqni muhofaza qilish organlarini, mudofaa va xavfsizlik idoralarini ta’sis etishni muhim vosita deb bildik. Bunda milliy hamjihatlikni, bag‘rikenglikni, xalqimizning osoyishtaligini saqlash bosh mezonimiz bo‘lib qoladi.
Oltinchidan, milliy xususiyatlarimiz – qadriyatlarimizdan kelib chiqib, hozirgi va kelajak avlodlar oldidagi yuksak mas’uliyatimizni anglab, ajdodlarimiz qoldirgan boy merosni o‘rganish, ma’naviyatimiz va qadriyatlarimizni yanada yuksaltirish asosida bugungi va kelajak avlodlarimiz dunyo hamjamiyatida o‘zining munosib o‘rniga ega bo‘lishi uchun jon kuydirdik.
Yettinchidan, xalqaro huquqning umum’tirof etilgan qoidalari ustunligini tan olgan holda, milliy manfaatlarimizni ko‘zlab, xalqaro hamjamiyat bilan o‘zaro tenglik asosida siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy va madaniy hamkorlik qilish, xalqaro munosabatlarda to‘la huquqli a’zo sifatida har tomonlama sheriklik qilish, milliy huquq tizimimizni xalqaro huquq talablari darajasida shakllantirishni majburiyat, deb qabul qildik.
Shu o‘rinda “Ijtimoiy fikr” jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi tomonidan 2010 yilda o‘tkazilgan so‘rovga e’tibor qaratmoqchimiz. Respondentlarga “Sizningcha, mamlakatimiz fuqarolarining inson huquqlari va erkinliklariga bo‘lgan munosabati qanday o‘zgardi: ularni hurmat qilish oshdimi yoki kamaydimi?” degan savol bilan murojaat etilganda, respondentlarning 74,6 foizi “inson huquqlariga hurmat oshdi”, deya fikr bildirgan. Demak, O‘zbekistonda inson huquqlariga bo‘lgan hurmat barqaror oshib bormoqda. To‘g‘ri, oldimizda hali amalga oshirilishi zarur bo‘lgan ishlarimiz ko‘p, lekin, eng muhimi, davlat, jamiyat va shaxs hayoti qonun negizida hal etilayotir. Mustaqillik tufayli erishilgan mazkur huquqlar har bir kishi, oila, aholi va butun xalqimizning kayfiyatini belgilab beradigan hayotiy muhim ehtiyojlarni qondirishga yo‘naltirilganligi bilan ahamiyatlidir.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:




  1. Download 42.5 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling