O‘zMU Amaliy matematika va intellektual texnologiyalari fakulteti magistri Raxmonova Gulnura Hasanovnaning Amaliy matematika (sohalar bo‘yicha) mutaxassisligi magistri darajasini olish uchun yozilgan «Yopiq trayektoriyaga ega kubik dinamik sistemalarni aniqlash dasturiy ta’minoti» mavzusidagi magistrlik dissertasiyasiga
TAQRIZ
G.H.Raxmonovaning magistrlik dissertasiyasi koeffitsientlari {-1,0,1} ga tegishli bo’lgan uch o’lchovli dinamik sistemalardan yopiq trayektoriyaga ega sistemalarni aniqlash uchun bag’ishlangan. Muammo yetarli darajada o‘rganilib, natijalar olingan va tatbiq qilingan.
Magistrlik dissertasiyasi kirish, 3 ta bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati va ilovadan iborat. Kirishda qaralayotgan masala bo‘yicha qisqacha obzor berilgan.
Birinchi bobda, asosan, dinamik sistemalar, muammolar, qilingan ishlar o‘rganilgan.
Ikkinchi bobda qilingan ishlardagi kamchiliklar yetarli darajada yoritilib, o‘z yechimi taklif qilingan.
Uchinchi bobda kubik dinamik sistemanik yechimi sifatida dastur va mavjuq yopiq trayektoriyali sistemalarni formullari keltirilgan. Mavzuga mos dastur ishlab chiqilgan. Dasturni ishlab chiqish jarayoni C# dasturlash tilidan foydalanilgan.
Dissertatsiya ishining kamchiligi sifatida yaratilgan programma kompleksidan foydalanish ko‘rsatmasining berilmaganligini ta’kidlab o‘tish mumkin.
Xulosa qilib aytganda, G.H.Raxmonovaning magistrlik dissertasiyasi bunday ishlarga qo‘yiladigan barcha talablarga javob beradi va uning muallifi amaliy matematika (sohalar bo’yicha) mutaxassisligi bo‘yicha magistrlik darajasiga loyiq.
O’zbekiston Milliy Universiteti,
Amaliy matematika va kompyuter
tahlili kafedrasi : t.f.n.,dots. Xodiyev Shuhrat Ilxamovich
Do'stlaringiz bilan baham: |