Ozmu ijtimoiy fanlar fakulteti falsafa yonalishi 3-kurs talabasi Xasanboyev Xasanboyning tabiatshunoslik fanidan tayorlagan mustaqil ishi


Download 1.71 Mb.
bet1/5
Sana25.01.2023
Hajmi1.71 Mb.
#1122337
  1   2   3   4   5
Bog'liq
mustaqil iw




OzMU ijtimoiy fanlar fakulteti
falsafa yonalishi
3-kurs talabasi
Xasanboyev Xasanboyning
TABIATSHUNOSLIK
fanidan tayorlagan


MUSTAQIL ISHI
TAYYORLADI:__________________
QABUL QILDI:___________________
Inson faoliyati turlarining rang-barangligi metod turlarining ham rang-barangligini belgilab beradi. Mazkur metodlami turli asoslar (mezonlar)ga ko'ra tasniflash mumkin. Eng avvalo, ma'naviy, ideal (shu jumladan, ilmiy) faoliyat metodlarini hamda amaliy, moddiy faoliyat metodlarini ko'rsatish zarur. Bugungi kunda metodlar tizimi va metodologiya ilmiy bilish sohasi bilangina cheklana olmasligi, ular mazkur soha doirasidan chetga chiqib, amaliyot sohasini ham qamrab olishi ayon bo'ldi. Fan metodlari masalasiga kelsak, ulami bir nechta asoslarga ko'ra, guruhlarga ajratish mumkin. Jumladan, ilmiy bilishdagi o'rni va ahamiyatiga qarab formal va mazmunli, empirik va nazariy, fundamental va amaliy, tadqiqot va bayon etish metodlariga ajratish mumkin. Fan o'rganayotgan obyektlar mazmuni tabiatshunoslik metodlarini ijtimoiy-gumanitar fanlarning meto~laridan farqlash uchun asos bo'lib xizmat qiladi. O'z navbatida, tabiiy fanlar metodlarini jonsiz tabiatni va jonli tabiatni o'rganish metodlariga ajratish mumkin. Shuningdek, son va sifat metodlari, bir ma'noli-aniqlovchi va ehtimoliy metodlar, bevosita va bilvosita bilish metodlari, original va hosila metodlar ajratadi.

Fan metodlari masalasiga kelsak, ulami bir nechta


asoslarga ko'ra, guruhlarga ajratish mumkin. Jumladan,
ilmiy bilishdagi o'rni va ahamiyatiga qarab formal va mazmunli, empirik va nazariy, fundamental va amaliy, tadqiqot
va bayon etish metodlariga ajratish mumkin. Fan
o'rganayotgan obyektlar mazmuni tabiatshunoslik metodlarini ijtimoiy-gumanitar fanlarning metodlaridan farqlash
uchun asos bo'lib xizmat qiladi. O'z navbatida, tabiiy fanlar
metodlarini jonsiz tabiatni va jonli tabiatni o'rganish metodlariga ajratish mumkin. Shuningdek, son va sifat metodlari, bir ma'noli-aniqlovchi va ehtimoliy metodlar, bevosita
va bilvosita bilish metodlari, original va hosila metodlar
ajratiladi.
Hozirgi zamon falsafiy-metodologik adabiyotlarda metodning bir nechta jihatlari farqlanadi. Ayrim tadqiqotchilar
fikricha, har bir metod uchta asosiy jihatga: obyektiv mazmun, operatsional va prakseologik jihatlarga ega. Birinchi jihat metodning bilish predmeti bilan nazariya vositasida
bog'lanishini ifoda etadi. Operatsional jihat metodning mazmuni bilish ob'yektidan ko'ra, ko'proq uning sub'yektiga, tegishli nazariya birgalikda metodni hosil qiladigan qoida, tamoyil va usullar tizimiga aylantirish layoqati hamda qobiliyatiga bog'liqligini qayd etadi. Metodning samaradorlik,
ishonchlilik, aniqlik, izchillik singari xossalari uning prakseologik jihatini tashkil etadi.
Har qanday ilmiy metodning o'ziga xos belgilari jumlasiga asosan
obyektivlik, evristiklik, zaruriylik, muayyanlikva boshqalar kiritiladi.
Masalan, XX asrning yirik ingliz faylasufi va matematigi A. Uaytxed metod haqida fikr yuritar ekan, har qanday metod muhimligini nazariya belgilaydigan ma'lumot va faktlar bilan ishlash usullari belgilashini qayd etadi: Mana shu nazariya metodni ham ilgari suradi. Metod hamisha muayyan bo'ladi, zero, uni faqat tegishli turga mansub nazariyalarga nisbatan qo'llash murnkin. Shuning uchun ham, Uaytxedning ta'biri bilan aytganda, har bir metod «muvaffaqiyatli soddalashtirish» ekanligiga qaramay, «har
qanday metod yordamida faqat ma'lum, unga mos keladigan
haqiqatlaming tagiga yetish va ulami faqat mazkur metod
belgilagan atamalarda ta'riflash mumkin»

Download 1.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling