OzMU tarix fakulteti bakalaviaturasi va magistraturasi Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti (OʻzMU) — Oʻzbekistondagi eng yirik oliy oʻquv yurti va ilmiy tekshirish markazlaridan biri; Oʻrta Osiyo va Qozogʻistondagi birinchi universitet. 1918-yil Turkiston xalq universiteti sifatida Toshkent shahrida tashkil etilgan. Turkiston xalq universiteti 1920-yildan Turkiston davlat universiteti, 1923-yildan Oʻrta Osiyo davlat universiteti (SAGU), 1960-yildan Toshkent davlat universiteti (Toshkent Davlat Universiteti) deb nomlangan. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2000-yil 28-yanvardagi farmoniga muvofiq, universitetga milliy universitet maqomi berildi va u hozirgi nomi bilan ataldi. 1995-yil Mirzo Ulugʻbek nomi berilgan - Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti (OʻzMU) — Oʻzbekistondagi eng yirik oliy oʻquv yurti va ilmiy tekshirish markazlaridan biri; Oʻrta Osiyo va Qozogʻistondagi birinchi universitet. 1918-yil Turkiston xalq universiteti sifatida Toshkent shahrida tashkil etilgan. Turkiston xalq universiteti 1920-yildan Turkiston davlat universiteti, 1923-yildan Oʻrta Osiyo davlat universiteti (SAGU), 1960-yildan Toshkent davlat universiteti (Toshkent Davlat Universiteti) deb nomlangan. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2000-yil 28-yanvardagi farmoniga muvofiq, universitetga milliy universitet maqomi berildi va u hozirgi nomi bilan ataldi. 1995-yil Mirzo Ulugʻbek nomi berilgan
- Tarix fakulteti 1935 yilda tashkil etilgan bo`lib, unda Qadimgi dunyo tarixi, O`rta asrlar tarixi va Yangi zamon tarixi kafedralari faoliyat olib borgan. Uning tarkibiga keyinchalik "Arxeologiya", "O`rta asrlar va yangi tarix"(keyinroq "Jahon tarixi"), Manbashunoslik, arxivshunoslik va muzeyshunoslik, Etnologiya kafedralari ham kirdi. Fakultet faoliyati davomida I.Dodonov, D.Lobashev, A.Hamraev, X.Hamroev, L.Gentshke, G.Kovalyov, O.Toshmuhammedov, G.A.Hidoyatov, A.S. Sagdullaev, X.G`. G`ulomov, Z.U. Choriev, A.S. Tatibaev Z.R.Ishonxo`jaeva, M.M.Haydarovlar tomonidan boshqarilgan. Hozirgi kunda fakultetga A.Muminov rahbarlik qilib kelmoqda.
Ilmiy faoliyat - 2017 yil dekabr oyida kafedra professori A.S.Sagudullaevga Akademik unvoni berildi.
- Tarix fakultetining Arxeologiya kafedrasi qoshida 1940 yildan tashkil etilgan o`quv kabinet-muzeyi faoliyat yuritmoqda. 1940 yilda Arxeologiya kafedrasining ochilishi vaqtida asos solingan. Ushbu kabinet muzeyida talabalar turli arxeologik topilmalarni taxlil qilish, tiplarga ajratish, klassifikatsiyalash, fiksatsiya hamda restavratsiya qilish bo`yicha amaliy mashg`ulotlarni amalga oshirishadi. Shuningdek, muzeyda arxeologik fond mavjud bo`lib, unda kafedraning arxeologik dala topilmalari saqlanadi.
Arxeologiya kafedrasi qoshida zamonaviy asbob-uskunalarga ega bo`lgan GIS laboratoriyasi tashkil etilgan. Laboratoriya ilmiy va ilmiy-texnik tadqiqotlar uchun zamonaviy moddiy-texnik jihozlar bilan ta`minlandi. Hozirgi kunda Toshkent, Toshkent viloyati va Qarshi vohasi arxeologik yodgorliklarini zamonaviy jihozlar bilan tadqiqotlar asosida o`rganish keng yo`lga qo`yilgan. - Arxeologiya kafedrasi qoshida zamonaviy asbob-uskunalarga ega bo`lgan GIS laboratoriyasi tashkil etilgan. Laboratoriya ilmiy va ilmiy-texnik tadqiqotlar uchun zamonaviy moddiy-texnik jihozlar bilan ta`minlandi. Hozirgi kunda Toshkent, Toshkent viloyati va Qarshi vohasi arxeologik yodgorliklarini zamonaviy jihozlar bilan tadqiqotlar asosida o`rganish keng yo`lga qo`yilgan.
- Tarix fakultetida talabalar uchun tashkil etilgan "Xalqaro hayot" ilmiy-amaliy seminari doirasida 2018 yil 1 may kuni akademik A.S.Sagudullaevning "Markaziy Osiyo qadimgi xalqaro aloqalar tizimida" mavzusidagi workshop shaklidagi seminar mashg`uloti bo`lib o`tdi.
Professor o‘qituvchilar to‘g‘risida - Professor-o‘qituvchilar soni umumiy 67 tani tashkil etadi,jumladan:
- 1 akademik
- 13 nafar fan doktori
- 18 nafar fan nomzodi
- 15 nafar PhD
- 20 ilmiy darajasi yo‘q o‘qituvchilar
- Professor o‘qituvchilar tarkibi (erkak 41/ ayol 24)
Ta’lim dasturlari soni: - Ta’lim dasturlari soni:
- Bakalavr - 4 yo‘nalishda
- Magistratura - 6 mutaxassislikda
- Ilmiy darajalar beruvchi, 1 ta ilmiy kengash
- 1 ta mutaxassislikda (DSc, PhD)
- Bakalavr yo‘nalishlari(kunduzgi):
- 60220300 Tarix (mamlakatlar va yo‘nalishlar bo‘yicha)
- 60220400 Arxeologiya
- 60320300 Arxivshunoslik
- 60230500 Antropologiya va etnologiya
Bakalavr yo‘nalishlari(kechki): - Bakalavr yo‘nalishlari(kechki):
- 60220300 Tarix (mamlakatlar va yo‘nalishlar bo‘yicha)
- 60220400 Arxeologiya
- Bakalavr yo‘nalishlari(sirtqi):
- 60220300 Tarix (mamlakatlar va yo‘nalishlar bo‘yicha)
- 60320300 Arxivshunoslik
- Magistratura mutaxassisligi:
- 70220301 Tarix (yo‘nalishlar va faoliyat turi bo‘yicha)
- 70220302 Davlat va fuqarolik jamiyati institutlari boshqaruvi
- 70220303 Tarixshunoslik, manbashunoslik va tarixiy tadqiqot usullari (mamlakatlar bo‘yicha)
- 70220401 Arxeologiya
- 70230501 Etnografiya, etnologiya va antropologiya
- 70320301 Hujjatchilik, hujjatshunoslik va arxivshunoslik
Do'stlaringiz bilan baham: |