O‘zmu xabarlari Вестник нууз acta nuuz falsafa 1/9/1 2023 99


Download 63.65 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/7
Sana23.11.2023
Hajmi63.65 Kb.
#1795188
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Suyunova Y FALSAFA

Tahlil va natijalar. “Texnik mexanika”ni о‘qitish 
bо‘yicha kurslar aniq belgilangan amaliy yо‘nalishda 
talabalarning tafakkur doirasini kengaytirish, mashg‘ulotlarni 
tashkil etish shakllarini takomillashtirish orqali ularni shaxs va 
bо‘lajak mutaxassis sifatida rivojlantirishga qaratiladi. 
Shuningdek, о‘qituvchining mashg‘ulotlarni rejalashtirish, 
materiallarni tanlash, alohida masalalarni chuqur о‘rganish, 
turli о‘qitish metodlarini qо‘llash imkoniyatlari kengayadi. 
“Texnik mexanika” kursi bо‘yicha mashg‘ulotlarni 
tashkil etishda atrof-borliq hodisalarni ajratish va tegishli 
kattaliklar bilan tavsif eta bilish, hodisalar zamiridagi 
qonuniyatlarni anglash hamda ulardan aniq bir vaziyatlarda 
foydalana olish kо‘nikmasini shakllantirishga asosiy e’tibor 
qaratilishi lozim. Shu bilan bir qatorda, atrof-borliq 
hodisalarini bilishda ma’lum bir mantiq (hodisani ajratish → 
uning sifatli modelini qurish → ta’rif vositalarini belgilash → 
hodisani miqdor jihatdan о‘rganish natijasining tavsifini 
keltirish) saqlanib qolishi kerak. 
Texnik mexanika bо‘yicha kurslarining asosiy vazifasi 
texnika ixtisosliklari talabalari orasida ma’lum bir ob’ektlar va 
hodisalarni о‘rganishda amaliy bilimlarni shakllantirish ekan, 
dasturlarni, sо‘ngra о‘quv qо‘llanmalarini ishlab chiqishda 
materialni 1-rasmda kо‘rsatilgandek guruhlash zaruriyati 
paydo bо‘ladi.
1-rasm. Ob’ekt va hodisalarni о‘rganish uchun amaliy 
bilimlarni shakllantirishda, dasturlar va ular asosida о‘quv 
qо‘llanmalarini ishlab chiqishda materiallarni guruhlash 
ketma-ketligi. 
Ilmiy 
bilimlarning 
bunday 
taqdim 
etilishi 
mavzularning mantiqiy tuzilmaviy sxemalarida hamda yaxlit 
“Texnik mexanika” kursida ham kuzatiladi. Quyida “Texnik 
mexanika” kursining umumtexnika kurslari tarkibiy tuzilmasi 
mantiqiy sxemalari keltirilgan (2-3-rasmlarga qarang). Mazkur 
sxemada quyidagilar о‘z aksini topgan: kursning о‘rganish 
sohasi va maqsadi; kursning tuzilmaviy tarkibi (qanday 
bо‘limlardan tashkil topganligi); har bir bо‘lim va umuman, 
kursning maqsad va asosiy vazifalari; kursni о‘rganishda 
inobatga olinadigan asosiy tushunchalar va kattaliklar; kurs 
(fan)ni о‘rganishda amal qilinadigan tamoyillar va 
asoslanadigan qonuniyatlar; kursni о‘rganish natijasida 
о‘zlashtirilgan bilimlarning qо‘llaniladigan aniq sohasi. 
Umumiy tarzda aytish mumkinki, kursning asosiy 
vazifasi mexanik harakat va muvozanat holatlarining umumiy 
qonuniyatlarini, mexanik harakatlarni keltirib chiqaradigan 
sabablarni, 
jismlarning 
deformatsiyasini 
о‘rganishdan 
iboratdir 
Jumladan, “Statika” bо‘limida moddiy nuqta va 
absolyut qattiq jismlar muvozanatining umumiy qonunlari, 
jismlar muvozanatining shakllari, og‘irlik markazi va uni 
aniqlash usullari kо‘rib chiqiladi. 
2-rasm. Tarkibiy tuzilmaning umumiy kо‘rinishi 
(Texnik mexanika). 
3-rasm. Tarkibiy tuzilmaning umumiy kо‘rinishi (Nazariy 
mexanika) 
Ta’kidlab о‘tilganidek, barcha hisob-kitoblarni amalga 
oshirishda statikaning asosiy holatlari va tushunchalaridan 
kelib chiqiladi. Statikaning mundarijasida amaliy bilimlarning 
salmog‘i yetarli bо‘lib, bu bilimlar talabalarda bilishga 
bо‘lgan motivatsiyani kuchaytirgani barobarida ijodiy-kasbiy 
motivatsiyani ham shakllantiradi. Ilmiy bilish mantig‘iga 
kо‘ra, talabalar statikaga oid asosiy tushunchalar va kattaliklar 
(moddiy nuqta, muvozanat, harakatning nisbiyligi, absolyut 
qattiq jism, tarkibiy qismlarga kuchlarni qо‘shish va ajratish
kuch 
momenti 
va 
shu 
kabilar)ni 
yetarli 
darajada 



Download 63.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling