O‘zmu xabarlari Вестник нууз acta nuuz filologiya 1/4/1 2023 245
Download 1.27 Mb. Pdf ko'rish
|
12-88-PB
Tadqiqotning maqsadi. “O‘zbek tilining izohli
lug‘ati”da baynalmilal so‘zlarning maqsadga muvofiq to‘g‘ri yoritish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish. Tadqiqotning ob’ekti. “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”dagi baynalmilal so‘zlar. O‘tkazilgan tadqiqot natijalari va muhokamasi. Insoniyat sivilizatsion taraqqiyot natijasida ko‘pgina bosqichlarni bosib o‘tdi. Inson bu bosqichlarning silsilalari rivoji jarayonida tadrijiy shakllandi, barcha sinovlarga bardosh berdi. Shu davr mobaynida inson o‘ziga zarur bo‘lgan vositalarni, o‘zligini anglatuvchi urf-odat, qadriyatlarni yaratdi, shakllantirdi va ularni asrlar, yillar, davrlar ruhiga qarab, milliy takomillashtirib kelmoqda. Shu nuqtai nazardan Markaziy Osiyo xalqlari ham o‘ziga xos qadriyatlarni, ya’ni o‘z birligi, g‘ururi, jur’ati, sharafini ifodalovchi qadriyatlarni shakllantirdi. Xalqimiz milliy tilini, madaniyati va rasm- rusumlarini hurmat qiladigan, umuminsoniy qadriyatlarni e’zozlaydigan, ulardagi olijanob g‘oya va hikmatlardan oqilona hamda ijodiy foydalanadigan darajadagi kamolot bosqichiga erisha olmasa, mustaqillikning ma’naviy zamini baquvvat bo‘lmaydi. Agar dunyoda biron-bir muqaddas, abadiy va hayotiy tuyg‘u bo‘lsa bu har bir xalq va millatning milliy ongi, milliy o‘zligini anglashning birinchi belgisi milliy tildir. Millatni millat qiluvchi, uning betakror qiyofasini belgilab beruvchi, o‘zligini, o‘zgalardan farqi, ayni paytda, insoniyat oilasining uzviy qismi ekanini ko‘rsatuvchi uning tili, madaniyati, urf- odatlari va an'analaridir. Til millatning millat bo‘lib shakllanishida eng muhim shartlardan biridir. Til bo‘lmasa el ham, millat ham bo‘lmaydi. El bo‘lmasa, millat bo‘lmasa, turgan gapki, til xam yo‘qolib ketadi. Til – millat tirikligining, uning yashab turganligi va faoliyat ko‘rsatayotganligining asosi va mezonidir. Har bir millatning tili millat vakillariga o‘zligini anglashga katta ta'sir Download 1.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling