O‘zmu xabarlari вестник нууз acta nuuz


Download 0.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/11
Sana21.02.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1217501
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Abdullayev N maqola

O‘ZBEKISTON MILLIY 
UNIVERSITETI
XABARLARI, 2023, [1/2/1]
ISSN 2181-7324 
 
FALSAFA 
https://science.nuu.uz/ 
Social sciences
 


O‘zMU xabarlari Вестник НУУз ACTA NUUz
 
FALSAFA 
1/2/1 2023 
- 45 -
aloqador muammolarni ancha erkin va bevosita hal etish 
imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Liderning faoliyat sohasi asosan u liderlik qilayotgan 
kichik guruhdir, rahbarning faoliyat sohasi ancha keng bo‘lib, 
u kichik guruhni ham nisbatan kengroq ijtimoiy tizimda 
ifodalaydi.
Shunday qilib, lider deganda guruhdagi norasmiy yoki 
qat’iy 
belgilanmagan 
shaxslararo 
munosabatlarni 
boshqaruvchi guruh a’zosi tushuniladi. Rahbar deyilganda esa, 
liderdan farqli o‘laroq guruhdagi rasmiy shaxslararo 
munosabatlarni boshqaruvchi shaxs tushuniladi. Shu sababli 
ham aksariyat hollarda liderni norasmiy etakchi, rahbarni esa 
rasmiy etakchi deb atashadi. Ba’zi hollarda rahbarning o‘zi 
norasmiy lider bo‘lishi ham mumkin. Ba’zida esa u guruh yoki 
jamoa tomonidan tan olinmagan bo‘lishi, ya’ni tor ma’noda 
chinakam lider bo‘lmasligi ham mumkin. 
Psixolog Fidler esa liderlarni vazifaga yo‘nalgan va 
jamoadagi o‘zaro munosabatlarga yo‘nalganlarga bo‘ladi. (1-
jadval) 
1-jadval 
Ishchan va emotsional liderlarning qiyosiy tavsifnomasi. 
Muayyan vazifaga yo‘nalgan lider (ishchan lider) 
Afzalligi 
Kamchiligi 
Ancha samarador, barcha kuch-quvvati asosan oldidagi vazifaga yo‘naltirilgan. 
Guruhning ayrim a’zolarida vahimalik darajasini oshirib yuborishi mumkin. 
Shaxsararo muloqotga kam vaqt sarflaydi. 
Maqsadga muvofiq ishtutish evaziga guruh a’zolarining o‘ziga bo‘lgan ishonchini va 
xotirjamligini qurbon qiladi. 
Muammolarni aniq va puxta hal etish talab etilgan vaziyalarda vazifalarni juda tez 
taqsimlay oladi. 
Nisbatan o‘rtacha stress vaziyatlarida, ya’ni guruh a’zolari o‘zaro muloqot qilishga 
intilayotganda nisbatan samarasi kamroq seziladi. 
Liderlik uchun juda qulay, vaziyatlarda juda samarador, ya’ni liderning kuchli ta’siri zarur 
bo‘lganda. SHuningdek lider uchun o‘tanoqulay vaziyatlarda – liderning ta’siri u qadar 
kuchli bo‘lmagan holatlarda, kutilmagan vazifalarni hal etishda guruh a’zolari norozilik va 
e’tirozlar bildirganda ham samarali faoliyat yurita oladi. 
Jamoa faoliyatida muhim o‘rin tutuvchi a’zolar bilan ishlashda u qadar muvaffaqiyatga 
ega emas, shuningdek, o‘zgalarning ikkilamchi liderlik borasidagi ehtiyojlarini qondira 
olmaydi. 
2-jadval 
Guruhga yo‘nalgan lider (emotsional lider) 
Afzalligi 
Kamchiligi 
Vazifa hal etilmagan vaziyatlarda vahima tuyg‘usini tushira oladi. 
Masalani muvaffaqiyatli hal etishga katta ahamiyat bermaydi.
O‘ziga ishonmagan kishilar bilan yaxshiishlaydi. 
Ekstremal stress vaziyatlarida yoki lider juda katta ta’sir kuchini ko‘rsatishi kerak bo‘lganda 
nisbatan samarasiz. 
Liderlik uchun nisbatan qulay bo‘lgan sharoitlarda yaxshi faoliyat yuritadi
shuningdek jamoa a’zolariga qaror qabul qilishda katta erkinlik berilgan holatlarda 
ham yaxshi faoliyat yuritadi. 
Vazifani hal etishga yo‘naltirilgan jamoa a’zolarida vahima tuyg‘usini keltirib chiqarishi 
mumkin 
Sport amaliyoti uchun liderlikni barqaror psixologik 
hodisa sifatida tushunish katta qiziqish uyg‘otadi. Doimiy 
liderlar jamoaning ikkita tarkibiga to‘g‘ri keladi: ishchanlik va 
emotsional. Ishchanlik bo‘yicha lider guruh oldida turgan 
vazifani hal etishga yo‘nalgan bo‘ladi; emotsional lider esa 
dam 
olish 
paytida 
yuzaga 
keladigan 
shaxslararo 
munosabatlarga yo‘nalgan bo‘ladi.
Xulosa. Murabbiylar hamjihatlikda sport faoliyatini 
yurita oladigan shaxslarni, birgalikda faoliyat olib borishni 
tashkil etish borasidagi liderlarni yaxshi farqlaydilar 
(tayyorgarlik 
mashg‘ulotlarida, 
musobaqalashuv 
faoliyatlarida).Ammo sportchilarning maishiy hayotlarida, 
shaxslararo munosabatlarni qaror toptirishda va tashkil etishda 
kimlar lider ekanligini yaxshi farqlay olmaydilar. Bu ayniqsa 
bolalar va o‘smirlar jamoalarida ko‘p kuzatiladi.
Ishchan liderlar (vazifaga yo‘nalgan) odatda 
shaxslararo munosabatlar bilan kam qiziqadilar. Ular yo juda 
qulay, yoki juda ham noqulay vaziyatlarda nihoyatda samarali 
faoliyat yuritadilar. O‘rtacha shart-sharoitlarda esa shaxslararo 
munosabatlarga yo‘nalgan liderlar ancha samarali faoliyat 
yuritadilar. Ularning rahbarlik uslubi ancha demokratik bo‘lib, 
ular jamoaning eng noshud a’zolariga ham hurmat bilan 
munosabatda bo‘ladilar.
Liderlikning 
ishchanlik 
va 
emotsional 
turlari 
shaxsning turli yo‘nalishlari negizida paydo bo‘ladi: ya’ni 
bular ishchanlik, shaxsiy va ijtimoiy yo‘nalishlardan iboratdir. 
Sportchilarning ishchan yo‘nalishiga ishchan liderlik muvofiq 
keladi. SHaxsiy va ijtimoiy yo‘nalishga esa – emotsional 
liderlik muvofiq keladi.

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling