O‘zmu xabarlari вестник нууз acta nuuz


O‘zMU xabarlari Вестник НУУз ACTA NUUz


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet204/211
Sana08.05.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1443249
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   211
Bog'liq
NEMIS VA O‘ZBEK TILLARIDA UY HAYVONLARI NOMI BILAN SHAKLLANGAN DENGIZ HAYVONLARI

O‘zMU xabarlari Вестник НУУз ACTA NUUz
 
FILOLOGIYA 
1/5 2023 
- 342 -
tasvirlanmish va tasvirlovchi zamonning mavjudligi. Hikoya 
qilinmish voqeaning o‘tgan zamonda ro‘y berishi kanonik 
xususiyat sifatida namoyon bo‘ladi. Hech shubhasiz 
hikoyaning janriy tadrijida muhim rol o‘ynagan bunday 
tipologik nuqtalar folklorning ertak, masal, latifa singari janr 
namunalarida ham ko‘rinadi. Masalan, xalq ertaklarida hikoya 
ikki shaklda: kiritma hikoya va ertak qahramonlarining 
o‘tmish hayoti bilan bog‘liq voqea hikoya qilinsa, latifa 
o‘zining obrazlar tizimi yagona lavha asosida qurilishi va 
ushbu lavha ko‘lamining ixchamligi bilan hikoyaga yaqin 
turadi. Agar masalning asosiy qismida hikoya kelishi hisobga 
olinsa, mazkur janrlar aro tipologik xususiyatlar mushtaraklik 
kasb etishini ko‘rish mumkin. Umuman olganda, folklor 
asarlari hikoyaning mustaqil janr sifatida shakllanishida
xususan hikoyat va hikoyaning tipologik hamda poetik 
takomili uchun tayanch manba hisoblangan. Ayniqsa, afsona, 
naql orqali hikoyaning samoviy asoslarini izlab uning tub 
genezisini 
ochiqlashga 
zamin 
hozirlaydi. 
Xalq 
ijodi 
namunalari hikoyaning janr xususiyatlarini uzoq epik o‘tmish 
zamonidan izlashga, shuningdek, uning tarixiy genezisini 
ilohiy axborot bilan bog‘liqligini asoslashda poetik ko‘prik 
vazifasini bajaradi.
Oltinchidan, hikoyaning poetik mansha’i, tarixiy 
genezisi ilohiy axborotdan to‘yinishini ta’kidlash kerak. 
Hikoyaning ilk tarixiy nazariy asoslari samoviy manbalar 
bag‘rida shakllanganini, bunda diniy hikoya va rivoyat, naql 
va afsonaning hissasi borligi ko‘plab ilmiy izlanishlarda e’tirof 
etilgan. Adabiyotshunos A.Qozixo‘janing yozishicha: “Agar 
adabiyot ilohiy manbadan uzilsa, u tubanlashib, eng quyi 
qatlamlarda ish olib borishga majbur, nafsoniy sifatlarni 
oqlash bilan ovora bo‘ladi. Insonga ato etilgan ilohiy ilhom 
uni ilohiy haqiqatlar sari yetaklaydi. Ilohiy haqiqatlar sari 
yetaklamaydigan ijod, qanday janrda bo‘lishidan qat’i nazar, 
e’tibordan tushib qolishga, unutilishga mahkum” [Қозихўжа 
2015:82-83].
So‘nggi 
yillarda 
zamonaviy 
o‘zbek 
adabiyotshunosligida muayyan adabiy hodisaning asosini 
ilohiy manbadan chiqarish an’anaga aylanmoqda. Boshqacha 
aytganda o‘zbek adabiyotshunosligi o‘zining mumtoz o‘zaniga 
qaytmoqda. S.Meli, Sh.Turdimov, A.Qozixo‘ja, D.Quronov, 
U.Jo‘raqulov, U.Rasulova kabi adabiyotshunoslarning ilmiy 
izlanishlarida mazkur munosabat ko‘zga tashlanadi. Sovet 
o‘zbek adabiyotsunosligida adabiy tarixiy jarayonda janr 
tamoyillarini o‘rganishda mif, din, folklor va yozma adabiyot 
tarzida materialistik dunyoqarash kontekstida fikr yuritiladi. 
Bunga ko‘ra, har qanday adabiy-estetik hodisaning genezisini 
mifik tafakkur tarozisida o‘lchash an’anasi mavjud edi. Hozir 
ham bunday an’anaga sodiq adabiyotshunoslar talaygina.
Hikoya kompozitsiyasining tezis qismida muallif 
badiiy g‘oyasining ilk uchquni, hikoya syujetining qisqacha 
bayoni, badiiy matn mazmunining muxtasar tasviri o‘z 
ifodasini topsa, antitezisda hikoya syujetining batafsil bayoni 
obrazlar aro konflikt tasviri tezisdagi konsepsiyaga zid o‘laroq 
kontrast ifoda, sintezda syujet voqeasining yechimi, hikoya 
obrazlarining taqdiri, nuqtai nazarlarining yakuniy, uyg‘un 
ifodasi muallif badiiy g‘oyasi yaxlitlanadi. Yuqoridagi oyat 
Odam alayhissalom hikoyasining debochasi bo‘lib, hikoya 
ichida hikoya tarzida keladi. U Odam alayhissalom 
hikoyatining yadrosi ya’ni “xamirturish”i sifatida butun 
qissaning poetik xossalarini o‘zida mujassam qiladi. Baqara 
surasidagi mana shu 30-oyat keyingi oyatlarni bayon qilishda 
poetik markaz maqomida turadi. Baqara surasining 31-oyati 
haqida Shayx Muhammadyusuf Muhammadsodiq hazratlari 
quyidagicha yozadi. “Va Odamga ismlarning barchasini 
o‘rgatdi, so‘ngra ularni farishtalarga ko‘rsatib: “Agar 
rostgo‘ylardan bo‘lsangiz, manavilarning ismlarini menga 
aytib bering­chi”, – dedi” [Шайх Муҳаммад Содиқ 
Муҳаммад Юсуф 2018:6]. Ko‘rinadiki, bu tezis jumlada 
nafaqat 
Odam 
alayhissalom 
qissasi, 
balki, 
butun 
bashariyatning ibtidosidan intihosiga qadar ro‘y bergan va 
ro‘y berajak voqelikka dahldorligi oydinlashadi. Mazkur 
ilohiy axborotning biz nazarda tutgan antitezisida hikoya 
syujetiga xos tugun, voqealar rivoji, kulminatsiya va badiiy 
konflikt siqiq tarzda poetik ijoz maqomida bayon qilinadi. 
Ushbu ilohiy axborotdagi tugunning yechimi Baqara 
surasining 32-oyatida quyidagicha keladi: “(Ular:) “O‘zing 
poksan! Bizda Sen bildirgandan boshqa ilm yo‘q. Albatta, Sen 
O‘zing o‘ta ilmlisan, o‘ta hikmatlisan”, – dedilar” [Шайх 
Муҳаммад Содиқ Муҳаммад Юсуф 2018:6]. Shu tariqa 
Odam alayhissalom qissasidagi har bir voqea markaziy 
axborort bilan mazmunan bog‘lanishi kishini hayratlantiradi. 
Aslida, o‘tmish, kelajak va ayni zamon voqeligidagi tipologik 
xossalar mohiyatan bir butun holda, ilohiy xabar negizida 
mujassamlashadi. Hikoyada qissadan farqli o‘laroq badiiy 
syujet ulug‘vor voqea asosida qurilishi, hikoyachi va 
tinglovchi pozitsiyasi nuqtai nazaridan poetik aloqasini ta’min 
etuvchi, 
badiiy 
rishtani 
mavjudligi 
tasvirlovchi 
va 
tasvirlanmish zamonning farqli xususiyati janr qonuniyati 
sifatida e’tirof etiladi. Bu esa hikoya genezisi ilohiy axborotga 
borib taqalishiga dalolat qiladi. 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling