O‘zmu xabarlari вестник нууз acta nuuz


ГЕНЕЗИС УЗБЕКСКОЙ РАССКАЗИИ


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet201/211
Sana08.05.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1443249
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   211
Bog'liq
NEMIS VA O‘ZBEK TILLARIDA UY HAYVONLARI NOMI BILAN SHAKLLANGAN DENGIZ HAYVONLARI

ГЕНЕЗИС УЗБЕКСКОЙ РАССКАЗИИ 
Аннотация 
В статье размышляется о генезисе повествования и жанровом учении. Поэтические законы повествования изучаются в 
сравнительно-типологическом аспекте божественных, мифологических, фольклорных источников и питания историй в 
восточной классической литературе. Также анализируется роль литературного течения и творческих методов в 
формировании повести как самостоятельного жанра, ее поэтическая связь с произведениями эпической системы 
мышления, а также ее синкретический характер. 
Ключевые слова: жанровые характеристики рассказа, генезис рассказа, жанровое преподавание рассказа, история и 
эпос, история и миф, история и нарратив, литературный поток и методы, первая история, сюжет рассказа, тезис, 
специфичный для рассказа, антетезис, схема синтеза. 
O‘ZBEK HIKOYASI GENEZISI 
Annotatsiya 
Maqolada hikoya genezisi va janr tadriji haqida mulohaza yuritilgan. Hikoyaning poetik qonuniyatlari ilohiy, mifologik, folklor 
manbalari va sharq mumtoz adabiyotidagi hikoyatlardan oziqlanishi qiyosiy-tipologik aspektda o‘rganilgan. Shuningdek
hikoyaning mustaqil janr sifatida shakllanishida adabiy oqim va ijodiy metodlarning o‘rni, uning epik tafakkur tizimidagi asarlar 
bilan poetik aloqasi hamda sinkretik tabiati tahlilga tortilgan. 
Kalit so‘zlar: hikoyaning janr xususiyatlari, hikoya genezisi, hikoyaning janr tadriji, hikoya va epos, hikoya va mif, hikoya va 
hikoyat, adabiy oqim va metodlar, ilk voqea, hikoya syujeti, hikoya xos tezis, antetezis, sintez sxemasi.
Kirish. Epik tafakkur tizimida oila, millat va ideal 
bashariyat tarixiga doir eng muhim o‘tmish kechmishlari 
hikoya janrida voqealanadi. Ayni jihat hikoyaning poetik 
ildizlarini uning janr xususiyatlarini olis epik o‘tmish 
poeziyasidan izlash kerakligini anglatadi. Hikoya ibtido, 
intiho, o‘tmish, bugun va kelajak voqeligini o‘zida mujassam 
qiluvchi yagona universal janr hisoblanadi. Bashariyat tarixiga 
doir samoviy xabarlarni hikoya qilish orqali kelajak avlodlarga 
yetkazilishi, oila va millat o‘tmishidagi ibratnamo voqealarni 
davrlar osha bugungi kunga qadar saqlanib qolishida 
hikoyaning o‘rni beqiyos ekanligi yuqoridagi qarashlarga asos 
bo‘ladi. Zotan, hikoya tarixiylik, an’anaviylik qonuniyatlarini 
o‘zida mujassam etishi uning xozirjavob, bugunbob janr 
ekanligi bilan ham belgilanadi. Hikoya diniy-ilohiy, 
mifologik, folklor va yozma manbalararo bugungi kunga 
qadar doimiy harakatdagi janr hisoblanadi. Shu sabab
zamonaviy o‘zbek adabiyotshunosligida hikoyaning janr 
xususiyati, poetik kanonlari uning individual jihatlarini mana 
shunday ulkan epik makon va zamon xronatop kengliklaridan 
izlash ehtiyoji borligi ko‘zga tashlanadi.

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling